Donishmand uldirkim, eshshak xayliga do 'nrnas Na martaba, na xushomad, na a 'yonи maqtovdan. Alisher Navoiy Hokimiyatning maqsadi — hokimiyatdir


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING PREZIDENTI



Download 75,72 Kb.
bet3/24
Sana09.06.2022
Hajmi75,72 Kb.
#647138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
9 sinf huquq fanidan dars ishlanmala

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING PREZIDENTI

          1. modda.

O'zbekiston Respublikasining Prezidenti O'zbekiston Respub- likasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig'idir.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi.

          1. modda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o'ttiz besh yosh- dan kichik bo'lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylov- gacha kamida 10 yil O'zbekiston hududida muqim yashagan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi murnkin. Bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O'zbekiston Respublikasining Prezidenti bo'lishi murnkin emas.
O'zbekiston Respublikasining Prezidenti O'zbekiston Respub­likasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to'g'ridan-to'g'ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo'li bilan besh yil mud- datga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi O'zbekiston Respubli­kasining qonuni bilan belgilanadi.

          1. modda.

Prezident o'z vazifasini bajarib turgan davrda boshqa haq to'lanadigan lavozimni egallashi, vakillik organining deputati bo'lishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishi murnkin emas. Prezidentning shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi.

          1. modda.

Prezident O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yig'ilishida quyidagi qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab o'z lavozimiga kirishgan hisoblanadi:
"O'zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, Respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etishga, fuqaro- larning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman".

          1. modda.

O'zbekiston Respublikasining Prezidenti:

            1. fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonun- larga rioya etilishi kafilidir;

            2. O'zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy-davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlami amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko'radi;

            3. mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O'zbekiston Respublikasi nomidan ish ko'radi; . •

            4. muzokaralar olib boradi va O'zbekiston Respublikasining shart- noma va bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning majburiyatlariga rioya eti- lishini ta'minlaydi;

            5. o'z huzurida akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik va boshqa vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;

            6. O'zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod qiladi;

            7. respublika Oliy Majlisiga har yill ichki va xalqaro ahvol xususida ma'lumotnoma taqdim etadi;

            8. ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi; respublika oliy hokimiyati va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini ta'minlaydi; O'zbekiston Respublikasi vazirlirlarini, davlat qo'mitalarini hamda davlat boshqaruvining boshqa organ - larini tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni OUy Majlis tasdig'iga kiritadi;

            9. Bosh vazir, uning birinchi o'rinbosari, o'rinbosarlarini, Vazirlar "Mahkamasi a'zolarini, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o'rinbosarlarini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalani Oliy Majlis tasdig'iga kiritadi;

            10. Oliy Majlisga Konstitutsiyaviy sud raisi va a'zolari, Oliy sud raisi va a'zolari, Oliy xo'jalik sudi raisi va a'zolari, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;

            11. viloyat, tuman, shahar va xo'jalik sudlarining sudyalarini tayin­laydi va lavozimlaridan ozod etadi;

            12. viloyatlar hokimlarini va Toshkent shahar hokimini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi, bu masalalarni tegishli xalq deputat- lari Kengashining tasdig'iga qo'yadi; Konstitutsiyani, qonunlami buzgan yoki o'z sha'ni va qadr-qimmatiga dog' tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident o'z qarori bilan lavozimidan ozod qilishga haqli;

            13. respublika boshqaruv organlarining, shuningdek, hokimlarning qabul qilgan hujjatlarini to'xtatadi va bekor qiladi;

            14. O'zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi; qonunga o'z e'tirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish uchun va ovozga qo'yish uchun Oliy Majlisga qaytarishga haqli. Agar Oliy Majlis ilgari o'zi qabul qilgan qarorni uchdan ikki qismdan iborat ko'pchilik ovoz bilan tasdiqlasa, Prezident qonunni imzolaydi;

            15. favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini ta'minlashni ko'zlab, O'zbekiston Respubhkasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi, qabul qilgan qarorini uch kun mobaynida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tasdig'iga

kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgiianadi;

            1. respublika Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo'mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qo'mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi; oliy harbiy unvonlarni beradi;

            2. O'zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburi- yatlarini bajarish zarurati tug'ilganda urush holati e'lon qiladi, qabul qilgan qarorini uch kun mobaynida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tasdig'iga kiritadi;

            3. O'zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorlig'i bilan mukofotlaydi, O'zbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini beradi;

            4. O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni hal etadi;

            5. amnistiya to'g'risidagi hujjatlarni qabul qiladi va O'zbekiston Respublikasining sudlari tomonidan hukrn qilingan fuqarolarni afv etadi;

            6. milliy xavfsizlik va davlat nazorati xizmatlarini tuzadi, ularning rahbarlarini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi hamda o'z vakolatiga kiradigan boshqa masalalarni hal qiladi.

Prezident o'z vakolatlarini bajarishni davlat idoralariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga haqli emas.

          1. modda.

O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiya va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublika- ning butun hududida majburiy kuchga ega bo'lgan farmonlar, qaror- lar va farmoyishlar chiqaradi.

          1. modda.

O'zbelyston Respublikasi Oliy Majlisi tarkibida uning normal faoliyatini tahdidga soladigan, hal qilib bo'lmaydigan ixtiloflar yuz berganda yoxud u bir necha marta Konstitutsiyaga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda, Prezidentning Konstitutsiyaviy sud bilan bamaslahat qabul qilgan qarori asosida Oliy Majlis tarqatib yubori- lishi mumkin. Oliy Majlis tarqatilganidan so'ng unga yangi saylov uch oy mobaynida o'tkaziladi.
Oliy Majlis favqulodda holat joriy etilgan davrda tarqatilishi mumkin emas.

          1. modda.

O'zbekiston Respublikasining Prezidenti betobligi sababli o'z vazifasini bajara olmasligi Oliy Majlis tuzgan davlat tibbiy komis- siyasi xulosasi bilan tasdiqlangan taqdirda o'n kun muddat ichida Oliy Majlisning favqulodda yig'ilishida deputatlar orasidan O'zbe­kiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi say- lanadi. Bu holda uch oy muddat ichida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining umumxalq saylovi o'tkazilishi mumkin.

Download 75,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish