Don va don mahsulotlari iste’mol qiymatini oshirish usullari


Mikrob ferment preparatlari



Download 2,04 Mb.
bet15/34
Sana14.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#801198
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34
Bog'liq
DON VA DON MAHSULOTLARI ISTE’MOL QIYMATINI OSHIRISH USULLARI

Mikrob ferment preparatlari. ßqin vaqtlargacha o’simliklar, hayvon organlari va to’qimalari ferment preparatlarning manbai bo’lib hisoblanardi. So’nggi yillarda sanoat miqyosida ferment preparatlari turli xil mikroorganizmlardan (bakteriyalar, achitqilar, zamburug’lardan) mikrobiologik yo’l bilan tayyorlana boshlandi. Maxsus yaratilgan sharoitlarda bu mikroorganizmlar ma`lum bir ferment ko’proq faollikka ega bo’lgan fermentlar kompleksini sintezlaydi.
Fermentning qisqartirilgan nomi ferment preparat nomining birinchi qismini tashkil qiladi. Ferment preparat nomining ikkinchi qismi qisqartirilgan mikroorganizm nomini bildiradi.
Masalan, asosiy fermenti amilaza bo’lgan Asp.orizae zamburug’laridan olingan ferment preparati amilorizin deb ataladi. Agar preparat Bast.subtilis bakteriyalaridan olingan bo’lsa, amilosubtilin deb ataladi.
Mikrob ferment preparati nomidan so’ng P3x, P10x, P20x yoki G3x, G10x, G20x indekslari mavjud. Indekslarning birinchi harfi mikroorganizmlarning o’stirish sharoitlarini, ya`ni qattiq ozуqa muhitining ustida (P) yoki suyuq ozуqa muhitining ichida (G), 3x, 10x, 20x lar esa ferment preparatning tozalik darajasini bildiradi.
MDH mamlakatlari novvoylik sanoatida amilolitik ferment preparatlari (Amilorizin P10x va Amilosubtilin G10x) keng qo’llaniladi. Amilorizin P10x ferment preparati kompleks fermentlardan iborat. Bu kompleksning tarkibida kraxmalni qandlantiriladigan amilaza, oqsillarni parchalaydigan proteaza, yelim moddalarning gidrolizini katalizlovchi b-endopoliglyukanazalar mavjud.
Amilosubtilin G10x ferment preparati faol a-amilazadan tashqari yana kam miqdorda proteaza, b-endopoliglyukanaza va boshqalarga ega bo’ladi. Bakterial amilazaning farqli xususiyatlaridan, bo’lib yuqori termostabilligi va yuqori darajada dekstrin hosil qilish qobiliyatiga ega bo’lganligi tufayli, non eskirishining oldini olishi hisoblanadi.
YUqoridagi preparatlar kaltauziluvchan kleykovina, past qand hosil qilish qobiliyatiga ega bo’lgan undan xamir tayyorlanganda katta samara beradi. Amilorizin P10x va Amilosubtilin G10x ferment preparatlari turli navdagi non mahsulotlarini ishlab chiqarishda oparaga (oparali usulda) yoki xamirga (oparasiz usulda) qo’shish bilan va presslangan achitqilarni faollashtirish uchun ishlatiladi.
Fermentlar ta`sirida yuqori molekulali uglevodlar, oqsillar, achitqilar, sut kislotalari tomonidan yengil o’zlashtiriladigan oddiy qandlar va azot moddalarigacha gidrolizlanadi. Buning natijasida bijg’ish jarayoni tezlashadi. Preparatlardan foydalanilganda, aminokislotalar va redusiyalovchi qandlar o’zaro oksidlanish-qaytarilish jarayoni natijasida xushbo’y komponentlar hosil bo’lib, nonning ta`mi, hidi yaxshilanadi. Ferment preparatlardan, ayniqsa, Amilosubtilin G10x dan foydalanilganda, nonning yangiligi uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi.
Ferment preparatlardan foydalanishda, ularning monoferment preparatlar emasligini ham hisobga olish kerak. SHuning uchun ularni tarkibi va xossalarini hisobga olgan holda ishlatish lozim. Ularning asosiy xususiyati bo’lib, amilolitik xususiyati hisoblangan holda standart bo’yicha Amilorizin P10x uchun 2000 birlik|g, Amilosubtilin G10x uchun 3000 birlik|g. ni tashkil qiladi.
Standart amilolitik qobiliyati bo’yicha Amilorizin P10 x 100 kg unga 2 g miqdorda, Amilosubtilin G10x esa 100 kg unga 0,06-0,10 g miqdorda qo’shiladi. Opara yoki xamirga ferment preparatlari eritma holida qo’shiladi: 1 mg Amilorizin P10 x 1 ml suvga, 1 mg Amilosubtilin G10 x esa 10 ml suvga. Eritma tayyorlash uchun preparatning barchasi suvning bir qismida 35oS haroratda gomogen sistema hosil bo’lgunicha qorilib, keyin suvning qolgan qismi kerakli konsentrasiyaga ega bo’lgan eritma hosil bo’lguncha sekinlik bilan qo’shiladi.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish