Don tozalash va saralashda innovatsion va amaldagi mashinalarning o’ziga xos jihatlarini o’rganish Amaliy mashg’ulot maqsadi



Download 0,86 Mb.
bet2/2
Sana15.02.2022
Hajmi0,86 Mb.
#449262
1   2
Bog'liq
Don tozalash va saralashda innovatsion va amaldagi mashinalarning o

Don tozalash mashinalari
Donni tozalash va saralash mashinalarining turlari juda ko‘p bo‘lib, quyida bevosita kombayndan chiqqan yoki dastlabki tozalashdan o‘tgan don mahsulotlarini tozalaydigan mashinaning ish tartibi keltirilgan (263- rasm).
Mashina, asosan, qirg’ichli transportyor-ta’minlagichdan, havo yordamida tozalash qismidan, g’alvirlar to‘plamidan, silindrik triyerlar va don uzatish elevatoridan tashkil topgan.
Transportyor-ta’minlagich 1o‘z qirg’ichlari bilan xirmondagi uyumdan oz-ozdan donni yerdan yuqoriga — mashinaning taqsimlovchi shnegi 3 ustiga ko‘tarib uzluksiz to‘kib turadi. Shnek 3 donni mashinaning kengligi bo‘yicha bir tekis taqsimlab, havo yordamida tozalaydigan birinchi aspiratsion kanal 5 ga tushiradi. Tozalanayotgan don kanaldan o‘tayotganida ventilyator yuqoriga haydayotgan havo oqimi yordamida yengil qo‘shindilar uchib tindirgich 6 ga tushadi. Sharoitga qarab, tunuka to‘siqchalar yordamida havo oqimi tezligini o‘zgartirish mumkin. Agar havo oqimining tezligi me’yoridan ko‘proq bo‘lsa, tindirgichga puch donlar bilan birgalikda to‘q donlar ham uchib tushadi. Tezlik kichik bo‘lsa, C1g’alvirga yengil qo‘shindilar tushib tozalash qiyinlashadi.

Don tozalash va saralash mashinasining ishlash sxemasi:
1— transportyor-ta’minlagich; 2 — shnekdan tushadigan tirqishni o‘zgartiradigan to‘siq; 3 — taqsimlovchi shnek; 4— don to‘plagich; 5—birinchi aspiratsion kanal; 6,8— tindirgich; 7 — ventilyatorlar; 9 — don ko‘tarish elevatori; 10,11— triyerlar; 12— ikkinchi aspiratsion kanal;
13 — mayda chiqindilar shnegi.
Aspiratsion kanaldan o‘tib, yengil qo‘shindilardan holi bo‘lgan don yuqorigi C1g’alvitga tushadi. Tebranayotgan va qiya o‘rnatilgan C1g’alviri kelayotgan donni o‘zaro teng ikkiga ajratadi. Yirik qismi C2g’alviiga o‘tib elanadi.
Asosiy don va mayda, ammo og’ir, qo‘shindilar C2g’alvir ko‘zlaridan o‘tib, uning tagidagi Dg’alvirga tushadi, yirik qo‘shindilar esa C2g’alvirining yuzasidan uchinchi chiqish noviga tushadi. Donning C1g’alvirdan o‘tgan qismi pastdagi B1g’alvir ustiga tushib elanadi va og’ir mayda qo‘shindilardan tozalanib, Dg’alvirga uzatiladi. Dg’alvirda C2 va B1 lardan kelgan mahsulotlar qo‘shilib birgalikda elanadi va mayda donlar g’alvir ko‘zidan o‘tib ikkinchi chiqish noviga tushadi. Dg’alvirda qolib tozalangan yirik donlar ikkinchi aspiratsion kanal 12 ga tushib, takroran yengil qo‘shindilardan xoli bo‘ladi va elevator yordamida silindrsimon triyer 10 ga yuboriladi. Agar don urug’lik uchun tayyorlanayotgan bo‘lsa, triyerlarda qo‘shimcha tozalanib, qisqa va uzun qo‘shindilardan ajratiladi. Oziq-ovqat uchun tozalanayotgan bo‘lsa, triyerlar ishlatilmaydi.
Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish