5-ma’ruza. Mavzu: Kanallardagi rostlovchi inshootlar. Reja: Kanal. Kanallarning vazifalari



Download 320,1 Kb.
bet1/3
Sana26.02.2022
Hajmi320,1 Kb.
#468235
  1   2   3
Bog'liq
5-ma'ruza


5-ma’ruza.
Mavzu: Kanallardagi rostlovchi inshootlar.
Reja:

  1. Kanal. Kanallarning vazifalari.

  2. Kanallardagi rostlovchi inshootlar.

Bir joydan ikkinchi joyga suv o‘tkazish vazifasini bajaradigan to‘g‘ri kesimli ochiq sun’iy o‘zanlarga kanal deb ataladi.


Vazifasi bo‘yicha kanallar energetik, kema o‘tkazuvchi, ichimlik suvini o‘tkazuvchi, sug‘orish, zah qochirish, yaylovlarga suv yetkazuvchi, yog‘och oqizuvchi va kompleks vazifalarini bajarishga mo‘ljallangan turlarga bo‘linadi.
Energetik kanallar suv omborlari yoki daryodan gidroenelektorastansiyaga suv yetkazish vazifasini bajaradi. Energiya yo‘qotilishini kamaytirish maqsadida ular ko‘pincha ancha kichik nishablik bilan loyihalanadi. Ularning o‘zanligi odatda 20…25 km dan, suv o‘tkazish sarfi esa 2000 m3/s dan oshmaydi.
Kema o‘tkazuvchi kanallar. Suv transport tizimlari tarkibiga kiradigan kema o‘tkazuvchi kanallarning shakli va ko‘ndalang kesim o‘lchamlari o‘tkaziladigan kemalarning o‘lchamlariga va ular uchun ruxsat etiladigan oqim tezligiga bog‘liq ravishda qabul qilinadi.
Ichimlik suvini o‘tkazuvchi kanallar yirikroq aholi maskanlari va sanoat korxonalariga suv yetkazib berish uchun xizmat qiladi. Ular yuqori ishonchlikka ega bo‘lishi va yil davomida uzluksiz ishlay olish imkoniyatini ta’minlay olishi lozim.
Sug‘orish kanallari sug‘orish tizimlariga suv keltirish uchun mo‘ljallanadi. Ularning joylashuvi va sath belgilari maydonlarga kafolatlangan suv yetkazish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
Zah qochirish kanallari botqoqliklarni quritish, sug‘orish maydonlarini ikkilamchi shurlanishdan saklash va drenaj suvlarini chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi. Ular relefning past joylaridan o‘tkaziladi.
Yaylovlarga suv chiqaruvchi kanallar suv bilan ta’minlanmagan yoki kam ta’minlangan qishloq xo‘jaligi, jumladan, chorvachilikka iqtisoslashgan hududlariga suv yetkazish uchun barpo etiladi.
Baliq o‘tkazuvchi kanallar baliqlar urug‘ qo‘yadigan havzalarga suv keltirish va baliqlarni gidrotexnika inshootlariga kiritmasdan o‘tkazib yuborish uchun xizmat qiladi.
Yog‘och o‘tkazuvchi kanallar yog‘ochni qayta ishlash hududlariga yog‘och yotkazib berish uchun mo‘ljallanadi.
Kompleks kanallar bir vaqtning o‘zida turli vazifalarni bajaradi va ular tabiiy zahiralardan kompleks foydalanish uchun qo‘llaniladi.

Download 320,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish