Quyidagi savollar bo’yicha fikringizni bildiring: 1. Shunday sharoitda bozor iqtisodiyotida soliq tizimini tashkil qilishning asosiy prinsiplari tariqasida nimalarni ko‘rsatish mumkin?
2. Soliq islohotini amalga oshirish rejalashtirilayotgan paytda qanday jihatlarga alohida e'tibor bermoq lozim?
3. Hozirgi paytda soliq organlarini modernizatsiya qilishning zarurligi qanday obyektiv omillar bilan belgilanadi ?
4. Hududiy soliq organlari uchun modernizatsiya qilishning majburiy komponentlari nimalardan iborat bo’lishi mumkin?
5. Soliq xizmatini modernizatsiya qilishning muhim komponenti mutaxassislar va soliq to’lovchilarni o'qitishdir. Mutaxassislarni o‘qitish qanday yo‘nalishlarda amalga oshirilishi mumkin?
Javoblar: 1. Shunday sharoitda bozor iqtisodiyotida soliq tizimini tashkil qilishning asosiy prinsiplari tariqasida nimalarni ko‘rsatish mumkin? yuridik va jismoniy shaxslaming daromadlari, ularning mulkiy ahvolini hisobga olish imkonini bemvchi soliq tizimi, ularning turlari, to‘g‘ri (bevosita) hamda egri (bilvosita) soliqlar nisbatining bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga mos tarzda rivojlanishi;
mulkchilik shakliga va uning tashkiliy-huquqiy shakllariga bog’liq bolmagan holda xo‘jalik yuritishning samaradorligi uchun barcha soliq to’lovchilarga nisbatan yagona talablarni o‘m atish maqsadida soliqqa tortish uslublarini universallashtirish;
daromad olishning manbayi, xo‘jalik yuritish sohasi va iqtisodiyotning tarmog'iga bog'liq bo‘lmagan holda soliq miqdorini hisoblashda bir xil yondashish;
soliqqa tortishning bir martalilik tamoyilini ta'm inlash va ikki martalik soliqqa tortishga yo’l qo’ymaslik;
soliq tolovchiga korxona va tashkilotning sog’lom rivojlanishini ta'minlaydigan, ishchi kuchini takror ishlab chiqarish imkonini benivchi soliqqa tortishning hissasini (qismini) hamdasoliq stavkasini belgilashning (o‘rnatishning, aniqlashning) ilmiy jihatdan asoslanganligi;
daromad darajasi yoki mol-mulkning qiymatiga va bir vaqtning o‘zida xo‘jalik yuritishning bozor asoslarini soglom rivojlanishiga sheiroit yaratib berishiga qarab soliq stavkalarini tabaqalashtirish (differensiatsiyalashtirish);
uzoq vaqt davomida soliq stavkalarining barqarorligini, ulami hisoblashning oddiyligini ta'minlash; tadbirkorlik faoliyatiga mablag‘larni investitsiyalashtirish jarayonini real rag’batlantiradigan va bir vaqtning o‘zida ijtimoiy adolat prinsiplariga javob beradigan, fuqarolarga kun (hayot) kechirish minimumini kafolatlaydigan soliq imtiyozlari tizimini o‘rnatish;
soliq to’lovchilarning bsircha toifalariga nisbatan soliq imtiyozlarining yagonaligi; kuchli, aniq ishlaydigan, texnik jihatdan yaxshi jihozlangan soliq xizmatini yaratish;
davlat boshqaruv darajasi bo’yicha soliqlarning aniq taqsimlanishi.