Suggestiya - uqtirish, to`la ishonch hosil qilish.
Suhbat - kuzatuv chog’ida etarli darajada aniq bo`lmagan zarur axborotni olish uchun qo`llanadigan tadqiqot uslubiyoti.
Shaxs - 1) kishilarning ijtimoiy xulqi, insonlar orasida o`zini tutishini aks ettiradigan ruhiy sifatlari majmuini bildiruvchi tushuncha; 2) turli-tuman sifatlar tizimidagi kishining ruhiy, ma’naviy mohiyati; 3) ijtimoiy mohiyat kasb etgan va o`z-o`zini anglash qobiliyatiga ega bo`lgan kishi.
Shaxsiy fazilat - shaxs tomonidan o`zining axloqiy-ruhiy va ishchanlik qobiliyatining ijtimoiy ahamiyatini, jamiyatdagi o`rnini anglay olishi.
Tarbiya - aniq maqsad asosida shaxsda ijobiy xislatlarni shakllantirishga qaratilgan faoliyat.
Do'stlaringiz bilan baham: |