Interfaol mashg’ulot - o`qituvchi va o`quvchilar o`zaro faol ishtirok etadigan mashg’ulot; jarayon hamkorlikda kechadi.
Izohli lug’at - so`zlarning mazmunini izohlaydigan, har bir so`zning grammatik, etimologik va stilistik tavsifi berilgan, ularni qo`llashga oid misollar va boshqa ma’lumotlar keltirilgan, qo`shimcha adabiyot sifatida foydalaniladigan ta’lim muassasalarining ilmiy (pedagogik) kengashi tavsiyasi asosida chop etiladigan nashr.
Individuallik - insonning bioijtimoiy o`ziga xosligi, uning takrorlanmasligi.
Ishontirish - tarbiya usuli, uning vositasida o`ziga yo`naltirilgan qoidalar, talabalarni shaxs ongli o`zgartirishga erishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |