Googleda Django uchun hosting
Google App Engine Python bizga Djangoning istalgan talqini("versiyasi") bilan ishlash imkonini beradi.
Google App Engine Pythonda Django bilan ishlash bilan bo'gliq afzalligi:
Django freymvorki Google-cloud-sql bilan ishlay oladi. Bu freymvorkning barcha imkoniyatlarini ishga solishga, shu jumladan oddiy relyutsion ma'lumotlar ombori bilan ishlash imkoniyatini bera oladi.
P.S Agarda siz djangoda veb ilova yaratgan bo'lsangiz, uni google app engine hostingiga joylashingiz va bepul domen olishingiz mumkin.Misol uchun: vebilova.appspot.com.
Django veb dasturchilarining oylik ish haqlar(ba'zi misollar)
Misol tariqasida hh.ru saytidan olgan ba'zi ma'lumotlarimni keltirib o'tsam:
Python Django backend dasturchi. Oylik ish haqi 17000000 so'mdan 28000000so'mgacha. Talablar:Django,Django rest freymvorki, Postgres SQL.
Python Django veb dasturchi. Oylik ish haqi 21000000 so'm. Talablar:python (kamida 2yillik tajriba), Django veb freymvorki va internet protokollari.
Python dasturchi(Django). Oylik ish haqi: 21000000so'mdan 28000000so'mgacha. Talablar: Python(kamida 3yillik tajriba), Djangoda mukammal ishlay olish, asinxron servislar WebSockets va hokazolar.
Full stack veb dasturchi. Backendga: Django, frontendga:vue JS freymvorklari.Oylik ish haqi:17000000so'm. Talablar: Python 2 yoki 3, Django backend freymvorki va frontend uchun birgina JS freymvork.
Shuni eslatib o'tishim kerakki, bu bo'sh ish o'rinlari Rossiya Federatsiyasida ammo siz rus tili va o'z sohangizni professionali bo'lsangiz, masofadan ham ishlashingiz mumkin.Demak biz Django veb dasturchining o'rtacha oylik ish haqini 18million so'm deb baholasak bo'ladi. O'zbekistonda o'rtacha oylik ish haqi 2million so'm desak, Django veb dasturchilarning oylik ish haqlari undan deyarli 9 barobarga ko'p.
Django veb freymvorki o'rganishni nimadan boshlash kerak?
Django veb freymvorkini o'rganishingiz uchun siz avvaldan Django bilan tanish bo'lishingiz shart emas. Sizda faqatgina veb-dasturlash(server qismi) va veb freymvorklarni haqida umumiy tushunchalar bo'lishi kerak. Yana bir muhim jihat, bu freymvorknig o'ranishingizdan avval python dasturlash tilini yaxshi bilish kerak. Chunki Djangoning o'zi pythonda yozilgan.
Python dasturlash tili hozirgi kunda boshlang'ich dasturchilar uchun o'qish va tushunish uchun qulayligi, o'rganish uchun yengilroq dasturlash tilidir. Agarda siz bu modul(Django freymvorki)ni chuqurroq o'rganishni xohlasangiz pythonni albatta mukkamal bilishingiz maqsadga muvofiq. Hozirgi kunda internet tarmoqlarida python uchun ko'plab kurslar, kitoblar mavjud. Veb dasturlashni o'rganmoqchi bo'lganlar uchun "One million Uzbek coders" loyihasi doirasida men sizlarga Full stack trekini tavsiya etgan bo'lardim. To'g'ri,u yerda Django o'rgatilmasada, lekin yana bir ajoyib freymvork , Djangoning analogi bo'lmish flask o'rgatiladi. Agar sizda yetarli bilim va ko'nikmalar bo'lsa ikkala freymvorkni ham o'zlashtirib olasiz :)
Do'stlaringiz bilan baham: |