Djafarova Nigina Alisherovna “turizmda statistik ma’lumotlarni yig’ish metodologiyasini xalqaro standartlarga moslashtirish yo’llari”


hujjatidan tortib, yangilangan IRTS-2008 gacha



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/66
Sana30.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#194409
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   66
Bog'liq
turizmda statistik malumotlarni yigish metodologiyasini xalqaro standartlarga moslashtirish yollari

hujjatidan tortib, yangilangan IRTS-2008 gacha 
2001, Van-kuver (Kanada) 
TYH  ni  dunyo  mamalakatlarida  keng 
qoʻllashni 
siljitish 
maqsadida 
turizm 
statistikasiga 
bagʻishlangan 
Xalqaro 
konferensiya oʻtkazildi. 
2005, Iguasu-Follz (Argentina, Braziliya
Paragvay) 
BTT  tomonidan  “Turizmning  yordamchi 
hisobi (TYH): turizmni anglash va rivojlanish 
strategiyasini aniqlash”  mavzusidagi  Xalqaro 
konferensiya tashkil etildi. 
2008-hozirgi davr: turizm statistikasi yoʻnalishlariga xalqaro standartlarni joriy qilish 
2008 
BMT  Statistik  komissiyasining  XXXIX 
sessiyasida IRTS – 2008 hamda “Turizmning 
yordamchi 
hisobi: 
tavsiya 
etiladigan 
metodologik  asos”  hujjatining  yangi  varianti 
tasdiqlandi. 


37 
 
Manba:  Александрова  А.Ю.  Статистика  туризма.  Учебник.  -    М.:  Федеральное 
агентство по туризму, 2014. — 31-32 стр. 
Davrlar:  Miloddan  avvalgi  3000  yildan  –  XVII  asrlarning  oʻrtalarigacha, 
1654-1746 yillar, 1747-1899 yillar, 1900 yil – hozirgi davr. Statistikada chuqur 
oʻzgarishlar 3 davrda, statistika fani nazariyasi vujudga kelgan va hozirgi kunga 
kelib rivojlanishi va mukammallanishiga asos solindi. (1.1-jadval) 
XIX  asr  oxirida  Avstriyada  turizm  sohasi  statistikasining  ilk  kuzatuvlari 
tashkil  etilgan.  Undan  oldin,  1852-yili  Shveysariyada  turizm  statistikasini 
rasmiy  ravishda  tashkil  etish  masalasi  koʻtarilgan.  XIX-XX  asrlar  oraligʻida 
turizm yoʻnalishi boʻyicha mufassal tadqiqotlar olib borilgan, bunga misol qilib 
avstriyalik  olim  R.  Engelmanning  turizm  toʻgʻrisidagi  statistik  ma’lumotlarni 
ilmiy  tahlilda  keng  qoʻllaganligini  keltirish  mumkin.  Yuqoridagi  misollardan 
koʻrish  mumkinki,  turizm  statistikasining  vujudga  kelishida  Avstriya  va 
Shveysariya  mamlakatlari  asosiy  turtki  boʻlgan.
 
Ular  turistik  harakat  koʻlami 
hamda  turizmning  davlat  ijtimoiy-iqtisodiy  tuzilmasida  yuqori  ahamiyat 
egallaganligi  bilan  ajralib  turganlar.  Oʻsha  davrda  Avstriya  va  Shveysariya 
xalqaro  turistik  tashriflar  hajmi  boʻyicha  peshqadam  mamlakatlardan  biri 
boʻlgan.  
Turizm  sohasida  statistik  kuzatuvlar  2  asosiy  usullar  orqali  namoyon 
etilgan:  chegaradagi  qaydlar  va  joylashish  xizmatini  taklif  etuvchi 
tashkilotlaridagi tashriflarni roʻyxatga olish. Bundan tashqari, bank usuli hamda 
tanlovli tekshirish ham qoʻllanilishi mumkin [21, 32-34]. 
Turizm  statistikasi  keng  koʻlamli  masalalar  yechimini  oʻziga  qamrab 
oladi. Turizm statistikasining vazifalari quyidagilarni oʻziga qamrab oladi: 

 
Turistik  ma’muriyatni  konsepsiya,  strategiya  va  turizmni  rivojlantirish 
tadbirlarini ishlab chiqish va ularni hayotga tadbiq etishda vujudga keladigan 
bir  qator  savollar  boʻyicha  qarorlar  qabul  qilish  uchun  zarur  axborotlarni 
yetkazish; 

  Turistik  industriya  tashkilotlari  rahbarlari  hamda  menejerlariga  makro 
turistik  bozorlarda  biznesni  samarali  olib  borish,  investitsiya  toʻgʻrisidagi 


38 
 
qarorlarini  qabul  qilish,  ishlab  chiqarishni  kengaytirish,  xizmatlarni  sotish 
bilan  bogʻliq  qarorlar  qabul  qilishda  zarur  boʻlgan  ma’lumotlarni  taqdim 
etish; 

  Keng ommani,  ilmiy  va oʻquv  muassasalarni,  alohida shaxslarni turizm 
sohasining soʻnggi yakunlari va oʻzgarishlar toʻgʻrisida xabardor qilish

 Xalqaro  tashkilotlarni,  shu  qatori  BTT  ni,  turizm  sohasida  xalqaro 
hamkorlik bilan bogʻliq muammolarni yechishda axborot bilan ta’minlash.  
Soʻnggi  yillarda  dunyoda  turizm  statistik  hisobining  amaliyoti  hamda 
metodologiyasida  sezilarli  rivojlanishlar  kuzatilmoqda.  Bunga  axborotga 
boʻlgan  talabning  oʻsishi  va  uning  zamonaviy  informatsion  jamiyatdagi  tutgan 
oʻrni  sababdir.  Koʻpgina  insonlar  statistik  ma’lumotlardan  xabardorlik 
saviyalarini  oshirishda  yoki  korxona  faoliyati  bilan  bogʻliq  qarorlar  qabul 
qilishda foydalanishadi. Ayniqsa boshqaruv faoliyatida axborotning oʻrni oshib 
bormoqda.  Boshqaruvning  barcha  darajalarida  –  mikrofirmalar  hamda  alohida 
korporatsiyalardan  tortib  hududiy  va  davlat  darajasida  -  qarorlar  qabul  qilish 
uchun  ishonchli,  aniq,  ommabop  va  toʻliq  statistik  koʻrsatkichlar  zarurdir. 
 
Statistika  boshqaruvda  talab  etiladigan  iqtisodga  doir  xabarlarni  yigʻish, 
tartibga solish va tahlil qilish kabi vazifalarni bajaradi. 
Har bir statistik tadqiqot kabi turizm statistikasi 3 bosqichni oʻz ichiga oladi: 
  statistik kuzatuv – birinchi darajali statistik axborot yigʻimi; 
  yigʻilgan statistik ma'lumotlarni hamda kuzatuvlar  natijasini umumiylash 
va guruhlarga ajratish  
  olingan natijalarni tahlil qilish. 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish