Dizayn talablaro darajasida ro`ZG`orbop xaridorgir buyumlar tayyorlash texmologiyasi. Reja



Download 24,21 Kb.
bet3/4
Sana26.02.2022
Hajmi24,21 Kb.
#469006
1   2   3   4
Bog'liq
DIZAYN TALABLARO DARAJASIDA RO`ZG`ORBOP XARIDORGIR BUYUMLAR TAYYORLASH TEXMOLOGIYASI.

Sidirish (protyajkalash). Sidirish protsessi sidirish sta­noklarida tegishli profildagi protyajkalar — kup tigli asboblar vositasida bajariladi. Sidirishning ichki va sirtki sidirish turlari bo’ladi.
Kesish jarayonining uchta asosiy turi bor. Kesib ajratish.Kesish jarayonining bu turi pona rasmidagi asbob bilan bajariladi, bunda material ikki bo’lakka bo’linadi. Misol (Zubila bilan qirqish)
Kesib olish. Bu xolda kesish jarayoni ikkita kesuvchi asbob vositasida amalga oshiriladi va bunda xam material ikkiga bo’linadi ( misol kaychilar mexaniq va kulda kesuvchi) .
Qirindi ajratish. Bunda kesish jarayoni xar xil kesuvchi asboblar (keskich, parma, metchik, zenker, razvertka va x.k.z.) erdamida tayerlanma sirtidan materialning ma`lum qatlamini qirindi tarzida ajratib olishdan iborat
Birinchi xolda ta`sir ettiriladigan kuch kesuvchi asbob tanasidan utib, o’tkirlik burchagi β ni teng ikkiga bo’ladi, buning natijasida tigning ikkala yuzasiga kariyib bir xil nagruzka tushadi, bunda qirindi xosil bo’lmaydi.
Ikkinchi xolda . Kesish kuchi asbobning yuzalaridan biri buylab o’tadi va kesish kuchlanishi xosil qiladi, bunda xam qirindi xosil bo’lmaydi.
Uchinchi xolda. Kesish kuchi asbobning oldingi yuzasiga tushadi, buning natijasida esa materialning ma`lum kavati qirindi tarzida ajraladi.
Metall kesish dastgoxlarida buyumlar ishlashda buyum va asbob bir-biriga nisbatan siljiydi, bu siljish (xarakat) asosiy xarakat, boshkacha aytganda, kesish xarakati bilan surish xarakatiga bo’linadi.
Kesish jarayonining sodir bo’lishiga olib keladigan xarakat asosiy xarakat eki kesish xarakati deb ataladi.
Asosiy xarakat tokarlik stanogida buyumning uz uki atrofida aylanishdan, parmalash stanogida parmaning aylanishidan, frezalash stanogida frezaning aylanishidan, kundalang-randalash dastgoxlarida esa polzunning ilgarilama-kaytar xarakatidan iborat.
Asbobning yunilaetgan materialga botib qirishini ta`minlovchi xarakat erdamchi xarakat eki surish xarakati deb ataladi.
Tokarlik stanogida surish xarakati keskichning yunilaetgan buyum buylab siljishidan parmalash dastgoxlarida-parmaning uz uki buylab surilishidan, frezalash dastgoxlarida esa yunilaetgan buyumning aylanuvchi freza tomon surilishidan iborat.
Buyum yunilaetgan yuzasining asbob kesuvchi qirrasiga nisbatan asosiy xarakat yunalishida vakt birligi ichida utgan yuli uzunligi kesish tezligi deyiladi.
Kesish jarayoni shundan iboratki, bunda kesuvchi asbob uziga kuyilgan R kuchning ta`siri bilan ishlanadigan materialga botishiga intilib, oldin unda elastik kuchlanishli (elastik deformatsiya) xolatini, keyin plastik deformatsiyani yuzaga keltiradi. Asbobning botishi chuko’rlasha borib, kesiluvchi kavatda kuchlanish oshadi. Bu kuchlanish ishlanadigan materialning mustaxkamligidan oshgandan keyin, uning zarrachalari ajralib chikadi. Materialdan deformatsiyalanib va kesilib chikqan kavat qirindi deb ataladi. Kesish davomida materialdan qirindi elementlari uzluksiz ajralib chikishi natijasida, tayerlanma chizmada berilgan ulcham va rasmni ola boshlaydi. Metallarni va boshka materiallarni kesib ishlashda bir-biridan kattaligi va rasmi bilan fark kiladigan turli xil kesuvchi asboblar ishlatiladi, birok ularning xammasida kesuvchi qismining ishlashi takriban bir xil bo’lib, kesuvchi qism pona rasmida tuzilgan. Kesuvchi asboblardan tokarlik va randalash keskichlari asosiylari bo’lib, bo’lar oddiy tuzilishga ega. SHu sababdan, fizikaviy asoslarni keskichlarda ko’rib utamiz va bu natijalar boshka turdagi asboblarga xam tegishli bo’ladi.
Umumiy tasnifbo'yicha metall kesuvchi stanoklarning 2-guruhiga parmalash va teshik kengaytirish stanoklari kiritilgan bo'lib, ular zago-tovkalardagi turli o'lcham va shakldagi teshiklarga ishlov berish uchun mo'ljallangan. Bu guruh stanoklari barcha metall kesuvchi stanoklarning 20% ga yaqinini tashkil etadi.
Parmalash stanoklarida yaxlit materialda bir tomoni berk va ikkala tomoni ochiq teshiklarni ochish, mavjud teshiklarning diametrini par-malab kattalashtirish (рассверливание), teshiklarni yo'nib kattalash­

Universal parmalash stanoklarining quyidagi turlari mavjud:



  1. Stol (yoki verstak) ustiga o'rnatilgan stanoklar — kichik dia-metrli (3, 6, 12 mm gacha) teshiklarga ishlov berish uchun. Model-1ап2Д103П, 2Г106П, 2Д112П, 2M112vaboshqalar. Bustanoklarning shpindeli yuqori aylanish chastotalariga ega (16000 ayl/min gacha) bo'lib, ular priborsozlikda qo'llaniladi.

  2. Vertikal va radial-parmalash stanoklari—diametri 18, 25, 35, 50 va 75 mm gacha bo'lgan teshiklarga parmalab ishlov beradi.

  3. Ko'p shpindelli parmalash stanoklari, ularning ish unum-dorligi bir shpindelli stanoklarnikiga qaraganda birmuncha ortiq bo'ladi.

  4. Gorizontal-parmalash stanoklari—katta chuqurlikka ega bo'lgan teshiklarga ishlov beradi

  5. Zagotovkalarning yon qismida markaz teshiklarini hosil qilish uchun mo'ljallangan stanoklar.

Parmalash stanoklarining asosiy o'lchami sifatida parmalashning eng katta diametri, shpindel konusining o'lchami va uning eng katta yurish yo'li ko'rsatiladi.
Ixtisoslashtirilgan parmalash stanokIariga agregat stanoklarini kiri-tish mumkin, ular maxsus jihozlar (moslamalar, maxsus kesuvchi asboblar va boshqalar)ga ega bo'lib, odatda ko'p seriyali va keng ko'lamli-oqimli ishlab chiqarishda qo'llaniladi.
Maxsus parmalash stanoklari bir mahsulot turida bir yoki bir necha operatsialarni bajaradi. Ular odatda boshqa mahsulot turiga qayta moslan-maydi.

Download 24,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish