3. O’quvchilarni kasbga yo’llashda texnologik tarbiya ishlarini tashkil etish.
O’quvchilarni kasbga yo’llash va texnologik tarbiyani amalga oshirishda o’quvchlarga yordam berish va ularni muayyan kasb sirlarini o’zlashtirishga yo’naltirish o’quvchilar bilan olib boriladigan ishlarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. O’quvchining kelgusida jamiyatda tutadigan o’rni va taqdiri u kasbga qanchalik to’g’ri moslashuviga va kasb sirlarini egallashiga bog’liq.
O’quvchilar bilan kasb sirlarini egallash yuzasidan suxbatlar olib borilayotganda ularning e’tiborini mazkur muammoning quyidagi psixologik aspektlariga qaratish kerak.
1. Ish ob’ektining ijtimoiy maqsadga muvofiqligi.
2. Texnologik jarayonni o’ziga xos xususiyatlari.
3. Buyum sifatini ta’minlash imkoniyatlari.
4. Maxsulotni baholash
5. Texnologik jarayonda hal qiluvchi axamiyatga ega bo’lishi mumkin bo’lgan shaxsiy xususiyatlar va qobiliyatlar.
O’quvchilarni kasbga yo’llash va texnologik tarbiya berishdan maqsad o’sib kelayotgan avlodni kasbga ongli ravishda tayyorlashdir. Buning uchun maktab o’quvchilarida kasb egallash bilan bog’liq ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan ichki (psixik) xulq-atvor va faoliyat regulyatorlarini shakllantirish, kasbni o’zi egallashda ijtimoiy ahamiyatli aktiv faoliyatining tashqi va ichki shart-sharoitlarni yaratish lozim.
O’quvchilarni kasbga yo’llash va texnologik tarbiya berishga yoshlarning kasbni erkin va mustaqil egallashining ilmiy va amaliy sistemasi sifatida qarash lozim. U har bir shaxsning induvidual xususiyatlari, hamda xalq xo’jaligi manfaatlari nuqtai nazaridan texnologik resurslarni to’laqonli ta’minlash zarurligini hisobga olish kerak.
Kasbni mustaqil egallash-shaxsning rivojlanish jarayonidir. Uning ichki mohiyati barcha kasb turlari to’g’risida bilimlar tizimini shakllantirishdan, texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berishdan, amaliy layoqat va ko’nikmalarini ijtimoiy ahamiyatli faoliyatini uddalay bilish va unga ko’nikma hosil qilishdan iborat.
Maktab o’quvchilari shaxsini o’rganish doimiy e’tiborni talab qiladi. Bunda bir marta pala-partish o’rganish bilangina cheklanib qolmaslik kerak. Har bir kishining biron bir sohada iste’dodi bo’ladi. Maktab o’quvchisiga o’z mayillariga qobiliyatlari shakllanishi va namoyon bo’lishida iloji bo’lgan hamma imkoniyatlarini yaratib berish lozim, bu bir tomondan, ikkinchi tomondan esa shaxsning iste’dodining vaqtida payqab, tuzatib, xuddi ana shu sohada rivojlantirib, kamolga yetkazib borish zarur.
O’quvchilarni kasbga yo’llash va texnologik tarbiya berishga bunday yondashuv yoshlarda umumiy ish uchun qobiliyati va intilishlarini tarbiyalashni talab qiladi. Maktab o’quvchilarini kasbga yo’llash va texnologik tarbiya berishga tayyorlash jarayonida ularni bilim bilan qurollantirish, ijtimoiy foydali unumli mexnatga va ijtimoiy munosabatlarga kirishib ketishga o’rgatish va texnologik tarbiya muhimdir. Bu o’z navbatida, maktablardan kasbga yo’llash va texnologik tarbiya berishning shunday shakllarini izlab topishni taqozo etadiki, ular ixtisoslashish va ishlab chiqarish elementlarini o’z ichiga olgan bo’lishi, o’quvchilarni xalq xo’jaligi tizimi to’g’risidagi hozirgi zamon bilimlari bilan qurollantirish, kasb egallash, iqtisodiy, axloqiy, tibbiy jihatlari bilan tanishtirish lozim.
Maktablarning hozirgi rivojlanish sharoiti bosqichida kasbga yo’llash va texnologik tarbiya berish bu ishning bir maromda olib borishni; bu masalani xal etishda ishtirok etuvchi davlat va jamoat tashkilotlari maktab, oila va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishni; kasbga yo’llash va texnologik tarbiya berishning sub’ektlari va ob’ektlari o’rtasidagi vazifalarni uzluksiz va o’z vaqtida xal etishni; ijtimoiy-iqtisodiy mo’ljalni hisobga olgan holda har bir maktab o’quvchisiga ta’sir ko’rsatishni, kompleks ta’sir ko’rsatishni talab etadi.
Kasbga yo’llash va texnologik tarbiya berish ishiga stixiyali yondoshishdan voz kechish zaruriyat talab etilsa, korxonalar, o’quv muassasalari kasbga yo’llash va texnologik tarbiya berish bilan o’z xolicha shug’ullanib, har kim bilganicha yaxshiroq va ko’proq reklama qilish bilan ovora bo’lardi.
Kasbga yo’llash va texnologik tarbiya berishni uzoq muddatli kompleks programmalar asosida amalga oshirilishi kerak.
Kasb egallashning asosiy bosqichlaridan biri o’quvchilarga kasb haqida ma’lumot berish va kasb maslahatlardir.
Kasb haqida ma’lumot berish o’quvchilarni turli xil kasb bilan, kasblarning o’ziga xos xususiyatlari, rivojlanish tendentsiyalari, mamlakat va mazkur iqtisodiy tuman xalq xo’jaligining kadrlarga bo’lgan ehtiyojlari bilan tanishtirishdir.
Bu jarayonda o’quvchilar kasblar olamida to’g’ri yo’l topishga imkon beruvchi bilimlarni egallaydilar va ob’ektlarga o’zlari baho berish asosida qat’iy qarorga keladilar.
Kasb haqida ma’lumot berish maktabning kasb egallash ishidagi bir muncha ishlab chiqilgan yo’nalishlaridan biridir. Ko’pincha kasb haqida ma’lumot berish ishlari maktab o’quvchilarini iloji boricha ko’proq kasblar bilan (dunyoda 40 mingdan ortiq kasb bor) tanishtirish asosida bo’lib, xalq xo’jaligiga ko’proq zarur kasblarga e’tibor kuchaytiriladi. Biroq kasb haqida ma’lumot berish amalda ba’zan kasblar to’g’risida duch kelgan ma’lumotlar berishga aylanib qolmoqda. Kasb haqida tartibsiz ma’lumot berishdan qochish uchun o’quvchilar barcha kasblar to’g’risidagi oladigan bilimlarni tizimga solish kerak. Buning uchun kasb predmeti bo’yicha kadrlar klassifikatsiyasidan foydalanish mumkin.
Bunday klassifikatsiya printsipini asos qilib olib o’quvchilarni kasblarning bir muncha keng davrasi bilan tanishtirish mumkin. Bunday yondashish o’quvchilarga faoliyatning u yoki bu sohasiga kiruvchi kasblarni mustaqil ravishda tahlil etish, kasbdagi eng muhim tomonini ajratib olish, kasbgang predmeti, maqsadlari qurollari va sharoitlarini hamda odamlar oldiga kasbning muayan tipi qanday talablar qo’yishini anglab olish imkonini beradi.
Kasb maslahatlarning maqsadi o’quvchilarga kasb egallashda yordam berishdan iborat bo’lib, ularning qiziqishlari, moyilliklari, qobiliyatlari va boshqa xususiyatlarini o’rganishga tayanadi va quyidagi uch yo’nalishda amalga oshiriladi: Ma’lumotnoma – axborot berish ishlari, psixalogik-pedagogik masalalar bo’yicha maslahatlar va tibbiy-kasb maslahat.
Kasb maslahat, odatda, individual xarakterda bo’lib o’quvchilarda kasb egallash paytida vujudga keladigan qiyinchiliklarni nazarda tutadi. Tabiiyki, har bir o’quvchiga individual maslahat berish shart emas. Biroq bunday maslahatlar zarur bo’lganlar jiddiy ravishda yakka tartibda ish olib borish kerak.
SHu narsa aniqlanganki, maktab o’quvchilarining kamida 50% individual kasb maslahatga muxtojdir. Bularga quyidagilar kiradi:
1. U yoki bu sabab bilan mustaqil kasb tanlay olmagan o’quvchilar.
2. Ota-onalari bilan ziddiyat paydo bo’lgan o’quvchilar.
3. O’zining tanlagan kasb yo’lining to’g’riligini isbot qilish istagida bo’lgan o’quvchilar.
4. O’sib-ulg’ayish o’zgacharoq bo’lgan va xulq-atvori boshqacharoq o’quvchilar.
Ma’lumotnoma-axborot beruvchi maslahatlar o’quvchilarning kasb va kasb faoliyati to’g’risidagi bilimlarini kengaytirish, maxsus ma’lumot olish va ishga joylashish imkoniyatlari xususida konkret ma’lumotlarni bildirishga qaratilgan. Ma’lumotnoma axborot beruvchi maslahatni maslahat berishga ixtisoslashgan maslahatchilar yoki soha mutaxassislari tomonidan o’tkaziladi. Agar maktablarda kasbga yo’llash va texnologik tarbiya berish o’quv-metodika kabinetlari tashkil etilgan bo’lsa, bunday maslahatlarni kabinet rahbari o’tqazadi.
SHakllantiruvchi tipdagi psixologik-pedagogik maslahat o’quvchi shaxsini har tomonlama o’rganish asosida unga o’zi uchun bir muncha mos ish sohasini egallashda yordam ko’rsatish, kasbga yo’llash va texnologik tarbiya berishga tayyorlashda shaxsning o’z faoliyatini aktivlashtirishni nazarda tutadi.
Yakka tartibda kasb maslahat ishini maktablarda tashkil etilgan kasbga yo’llash va texnologik tarbiya berish o’quv-metodika kabineti bazasida o’tkazish maqsadga muvofiqdir. U yerda barcha kerakli metodik materiallar bo’ladi, hamda maktabda bilim olayotgan davrda o’quvchi to’g’risida to’plangan ma’lumotlar saqlanadi. Fan o’qituvchilari, kasbga yo’llash va texnologik tarbiya berish kabineti rahbari kasb maslahatchi vazifasini bajarishi mumkin. O’qish va o’qishdan tashqari ishlar jarayonida o’quvchini uzoq vaqt kuzatish, kasblar va o’quv yurtlarini yaxshi bilish maslahatlar asosi hisoblanadi.
Tibbiy-kasb maslahat o’tkazish lozim, chunki o’quvchilarda qat’iy bilimga qiziqish paydo bo’ladi, bu qiziqish mustahkamlanib keyinchalik kasb qiziqishiga aylanishi mumkin. Agar o’quvchi salomatligida o’zi qiziqayotgan kasbni egallashda xalaqit berishi mumkin bo’lgan o’zgarishlar sodir bo’lsa bu haqda uni oldinroq ogoxlantirib qo’ygan ma’qul. Odatda, agar qiziqish qat’iy bo’lib qolganda, boshqa kasbga qayta yo’naltirishni o’quvchi yomon qabul qiladi. Unda o’zining erkin emasligi hissi paydo bo’lishi mumkin. Bu holda vrach va pedagogning ishi juda qiyinlashadi. SHuning uchun o’quvchida dispontserlashtirish jarayonida sog’ligida nuqson aniqlanishi bilanoq, maktab vrachi kasbga yo’llash va texnologik tarbiya berish kabineti mudiri bilan birga o’quvchi bilan maslahat o’tkazishi lozim. Vrachning vazifasi qanday kasblar nima uchun unga to’g’ri kelmasligini o’quvchiga tushuntirib berishdan iborat. Kasb maslahatchi o’quvchiga kasblar juda ham ko’p va xilma xil ekanligini va sog’ligida kamchilik bo’lishiga qaramay o’quvchi o’zi uchun hamma vaqt ko’ngliga yoqadigan ish topa olishi mumkinligini ko’rsatib berishi kerak.
O’quvchilarga ko’pgina ijtimoiy omillar ta’sir ko’rsatadi va bu omillar ularning kasb niyatlarini shakllantirishga bevosita va bavosita bog’liq bo’ladi. O’quvchilar barcha kasblardan ham xabardor bo’lavermaydilar, odatda ular jamiyatga zarur kasblarni ham biladilar yoki ular haqida tasavvurlari yetarli bo’lmaydi. Maxsus tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, o’quvchilar binokorlik, kimyo sanoati, gazlamalurgiya va sanoatning boshqa sohalariga, qishloq xo’jaligiga doir qator kasblarning borligini deyarli bilmaydilar. Ular faqat matbuotda, kino orqali targ’ib qilinadigan kasblardan xabardor bo’ladilar. Biroq bu xabardorlik mazkur kasbning, umumiy vazifasi haqidagi tasavvurlardan nariga o’tmaydi. O’quvchilar bu kasblarning kundalik hayotidagi ahamiyatini juda kam biladilar. Bularning hammasi o’quvchilarning kasbkor niyatlari tasodifan paydo bo’lishini taqozo qiluvchi omillardan biriga aylanadi va oqibat natijada bu niyatlar bilan jamiyatning mutaxassislarga ehtiyojlari o’rtasida nomutanosiblik vujudga keladi. Maktab kasblar to’g’risida juda oz axborotga egadir, ya’ni kasblar sohasidagi kasb faoliyatining mazmuni haqida, ularning imkoniyatlari va istiqbollari to’g’risida ma’lumotga yetarli darajada ega emas. SHuning uchun ham maktablarni kasblar to’g’risidagi amaliy axborot bilan ta’minlab borish zarur, ana shu maqsadda kasb ma’rifat ishlarini kuchaytirish, kasb targ’ibot va kasb tashviqot samaradorligini ta’minlovchi, kasblari haqida xikoya qiluvchi arzon narxdagi va moxirona tayyorlangan kitoblar turkum nashr etish zarur.
Tatqiqotlarning ko’rsatishicha, yoshlarning kasblarga qiziqishi ko’p jihatdan kasblar haqida jamoatchilik fikriga, targ’ibot va tashviqot ishlarining intensivligiga bog’liq bo’ladi. Lekin kasblarning obro’-e’tibori vaqtinchalik omil bo’lib, u ommaviy axborot vositalarining ta’siri ostida qaror topadi va hamisha ham jamiyatning ehtiyojlariga mos bo’lavermaydi. SHuning uchun ham kasbga yo’llash va texnologik tarbiya berish ishida, tashviqot va targ’ibot masalasida, kasbning obro’-e’tiborini, ahamiyatini oshirib yuborish kerak emas.
Ma’lumki, tarbiya jarayoni - bu o’quvchiga tashkiliy ta’sir etish bo’lib, natijada uning shaxsiy sifatlarini shakllantiriladi. O’quvchi yoshlarni g’oyaviy-siyosiy, kasb, axloqiy, jismoniy va estetik tarbiyalash bilan bir qatorda ularga kasb tarbiya berish ham muhim ahamiyatga ega. Kasb tarbiya o’quv, o’qishdan tashqari jarayonlarda, o’quvchilarni kasb egallash va tanlagan kasblarini o’zlashtirib olishlarida o’quv-tarbiya jarayonining pedagogik yo’naltirilganligi bilan ta’minlanadi.
SHunday qilib kasb tarbiya deganda o’quvchilarda kasbga va kasb faoliyatga ehtiyojni shakllantirish jarayoni tushuniladi.
Ijtimoiy faol shaxsni va garmonik rivojlangan yagona kompleksda kasb va tarbiyani shakllanishini ta’limga qo’shilib ketishi vositasi kasb tarbiyasi bo’ladi. SHaxs ilmiy qarashlarini paydo bo’lishiga, moddiy yo’nalganlik, maqsadga intiluvchanlik, tirishqoqlik, uyushqoqlik, tashabbuskorlik, o’z qarashiga egalik, axloqlilik, shaxs va jamoatchilik mulkini extiyot qilish kabi omillarni shakllanishiga olib keladi.
Tarbiyaning barcha shakllarini quyidagi uch guruxga birlashtirish mumkin: individual, gurux va ommaviy. Bularga maktab darslari, fan to’garaklari, suhbatlar, qiziqishlar bo’yicha klublar, turli temadagi kechalar, ko’riklar, konkurslar, olimpiadalar, disput va shu kabilar kiradi.
Xuddi shuningdek kasb tarbiya metodlarini ham uch guruhga ajratish mumkin:
-shaxs ongini shakllantirish uslublari. Bularga suhbat, ma’ruza, disput, misol keltirish va shu kabilar kiradi.
-ijtimoiy munosabat tajribasini shakllantirish va faoliyatni tashkil etish metodlari. Bunga o’rgatish va texnologik tarbiya, majbur qildirish va shu kabilar kiradi.
-faoliyat va munosabatni rag’batlantirish metodlari. Bunga mukofotlash, jazolash va shu kabilar kiradi.
Nazariy va amaliy mashg’ulotlar o’quvchilarda kasb burchi, kasb sha’ni, kasb mas’uliyati va kasb etikasi singari fazilatlarni shakllantirish imkonini beradi.
Kasb burchi - kasb burchining bir turidir. Bu burchga ko’p vazifalar yuklanishi uning o’ziga xos xususiyatidir.
Kasbiy burch u yoki bu kasb namoyondalari bajaradigan ma’naviy (axloqiy) talablarni belgilaydi hamda umuman kasb egalarining jamiyatga, kasb faoliyati ob’ektiga, bir-biriga munosabatlarini, ularnining mo’ljallarini mujassamlashtiradi.
Kasb ta’limi - odamning mutaxassis sifatida o’ziga va o’z kasbiga munosabatini, mutaxassisga jamiyatning munosabatini yoritadigan fazilatlaridir. Kasb ta’limi odamning konkret ijtimoiy axvoliga, faoliyatining turi va xizmatlarining tan olinishiga bog’liqdir. Kasb ta’limi odamning o’zi uning jamoasi erishgan obro’-e’tiborni qo’llab-quvvatlanishini talab qiladi.
Kasb mas’ulyati - shaxs kasb faoliyatining kasb burchiga muvofiqligidir.
Kasb etikasi - odamning kasb faoliyatidan kelib chiqadigan o’zaro munosabatlarning axloqiy xususiyatini ta’minlovchi xulq-atvor qoidasidir.
Axloqiy talablar umumiy bo’lishiga va gurux yoki jamiyatning yagona kasb axloqi mavjudligiga qaramay, kasb faoliyatning faqat ayrim turlari uchun maxsus xulq-atvor normalari ham mavjud.
Tarbiyaviy ishda maqsadga erishish uchun faol kuch g’ayrat sarflash lozim bo’ladi. Pedagogning birorta ish-harakati maqsadsiz bo’lmasligi kerak. CHunki maqsadni bildirmay turib, jamiyat uchun qanday kishilarni yetishtirish zarurligini tasavvur qilib bo’lmaydi.
Qo’yilgan shu maqsadlar va muayyan tarbiyaviy vazifalar bo’lmasa o’quvchilar kasb tarbiyasining mazmunini belgilash va uning tashkiliy shakllarini egallash qiyinlik tug’diradi. Bunda pedagogik ta’sir ko’rsatish muntazam va izchil amalga oshmaydi, bu esa o’quvchilar shaxsining shakllanishiga xalal beradi, to’sqinlik qiladi. O’quvchilar ta’lim jarayonida tobora murakkablashadigan topshiriqlarni, ishlarni, bajarishlari va muayyan ijtimoiy munosabatlarga kirishishlari kerak. Bunday munosabatlar ularning ijtimoiy o’rni va roli o’zgarishiga yordam beradi, ijtimoiy tajribalarni asta-sekin kengaytiradi.
Hozirgi ishchi, muxandis, texnik kasbining unumdorligi, ularning faqat kasb mahoratiga, texnikaviy va kasb bilimlariga, malaka darajasiga emas, balki o’z kasblari va ishlab chiqarish jamoalari kasbini tashkil qila olishlariga ham bog’liqdir.
O’quvchilarni tashkilotchilar, faol xodimlar qilib tarbiyalash zarurligining sababi, jamiyatimiz rivojining yangi bosqichlari davlat va xo’jalik apparatining bo’g’inlari o’z o’rnini o’zini-o’zi boshqarish organlariga berishini taqazo etadi. SHuning uchun yoshlar keyinchalik davlat va ishlab chiqarishni boshqarishda g’oyat faol qatnashadigan bo’lishi kerak.
O’quvchilarni jamoatchilik ruhida tarbiyalash vazifasi alohida ahamiyat kasb etadi. Kasb axlini hurmatlash, ularga doim iltifotli bo’lish, o’rtoqlarining manfaatlari uchun o’z manfatlaridan voz kechish, ularga o’z vaqtida yordam qo’lini cho’zish, bilim va mahoratni boshqalarga ham o’rgatish va texnologik tarbiya va hakazolar jamoaga qo’shiladigan yosh kasbchi uchun zarur fazilatlardir.
O’quvchi shaxsini har tomonlama psixologik-pedagogik o’rganish davomida u bilan birga kasbga yo’llash va texnologik tarbiya berishga tayyorlashning oqilona yo’llarini topish kerak. Bu jarayon o’quvchiga maktabda ta’lim berilayotgan dastlabki yillarda maxsus dastur bo’yicha amalga oshirilishi lozim.
O’quvchilar shaxsini o’rganish uning hamma jihatlarini: yo’nalishi, qobiliyati, xarakteri, temperamentini qamrab olishi zarur.
Yo’nalish hayotning nurli tomonlariga shaxsning munosabatlarini, uning ma’naviy-axloqiy xislatlarini birlashtiradi. U bevosita tabiiy asosga ega emas, balki tarbiya jarayonida shakllanadi. U qiziqishlar, moyilliklar, e’tiqod, niyatlarni o’z ichiga oladi.
Kasbga yo’llash va texnologik tarbiya berish bo’yicha olib boriladigan ish pedagog va vrachning, albatta, birgalikda ish ko’rishini nazarda tutadi. Maktab o’quvchilari tanlayotgan kasbga ularning sog’ligi to’g’ri keladimi-yo’qmi ekanligini oldindan bilishlari kerak.
Kasbga moslashuv - insonning kasb o’z-o’zini anglash jarayonining muhim bosqichidir. Bu bosqichda avvalgi kasb tayyorgarlik va kasbga yo’llash va texnologik tarbiyaning kamchiliklari aniqlanadi, kasb sohasidagi qiziqishlar, ehtiyojlar, yangicha yo’l tutishining shakllanishi jarayoni amalga oshiriladi, va nixoyat hayotiy rejalarning qanchalik haqiqatga mos kelishi ma’lum bo’ladi. SHuning uchun yoshlar bilan olib boriladigan kasbga yo’llash va texnologik tarbiya berish ishlarida moslashuv o’ziga xos mezon hisoblanadi.
Ba’zi tadqiqotchilar shaxsning kasbga moslashuvi bosqichini 4 ga ajratadi: maktabda kasbga tayyorgarlik, kasb egallash, kasb tayyorgarlik, kasb faoliyatining boshlanishi. Boshqa tadqiqotchilar esa ikki bosqichga ajratadilar: Ishlab chiqarishga kirishgungacha bo’lgan davrgacha (maktab, o’quv yurtlari, o’quv amaliyotlari) va ishlab chiqarishdagi faoliyatini boshlashi bilan boshlanadigan davrga (ishlab chiqarish sharoitida bevosita ish jarayonida).
SHaxsning kasbga moslashuvining uning bolalik davrlaridan boshlanadi deyish mumkin, chunki u o’sha davrlarda turli xil ishlarni, ya’ni gul o’stirish, xayvon boqish, qushlarni parvarishlash, ota-onalarga yordam berish va ana shu kabilarni bajaradi. Maktabda fan asoslarini o’rganishda, kasb ta’limi darslarida, kasb ta’limi jarayonida, maktabdan tashqari ishlar jarayonida uning kasbga moslashuvi jarayonining rivojlanishi davom etib boradi.
SHaxsning kasbga moslashuvi deganda uning ijtimoiy-iqtisodiy moslashish jarayoni ham tushuniladi. Kasbga moslashish jarayonida o’zining kim bo’lsam ekan degan savoliga to’g’ri javob bergan, bermaganligini aniqlaydi, kasbga yo’llash va texnologik tarbiya berish ishlari bo’yicha yo’l qo’yilgan kamchiliklar topiladi. Kasbga moslashuv jarayonida shaxs u yoki bu ijtimoiy guruxga, kasb egalari guruhiga faol kirishib ketishi sodir bo’ladi, bu guruhning ijtimoiy-psixalogik munosabatlarini o’zlashtirib oladi.
Kasbga yo’llash va texnologik tarbiya berish ishlari kasb jarayoni va uning o’ziga xos tomonlari haqida ma’lumot berishdan boshlanadi. Kasb ma’lumot haqida biz avvalgi mavzularimizda gapirib o’tgan edik. SHuning uchun kasb ma’lumot masalalariga to’xtalib o’tirmay kasb haqida ma’lumot berish shakllari haqida, kasbga yo’llash va texnologik tarbiya berish shakl va uslublari haqida fikr yuritamiz.
Kasb haqida ma’lumot berish shakllari nixoyatda xilma-xil bo’lib quyidagilarni o’z ichiga oladi: kasb qahramonlari va faxriylari bilan uchrashuvlar, kasb bo’yicha eng yaxshi ishlarga konkurslar, baxslar, ilmiy-amaliy va o’quvchilar anjumanlari, og’zaki, jurnallar, gurux soatlari va xokazolar. Bunday mashg’ulotlarda ko’rgazmali vositalardan foydalaniladi. Bular kinofilmlardan parchalar, radioeshittirishlar, teleko’rsatuvlar, plakatlar, maxsus bezatilgan kinematik stendlar, yig’ma kitoblar, magnitofon yozuvlari, professogrammalar, alьbomlar, rasmlar, sxemalar, diogrammalar, modellar, mo’lyajlar va boshqalar. Ko’rgazmali qo’rollardan foydalanish kasb haqida ma’lumot berishning muhim sharti hisoblanadi, chunki ular o’quvchilarning tuyg’ulariga har tomonlama ta’sir etadi, atrof-borliq to’g’risidagi tushunchalarning shakllanishiga yordam beradi, o’quvchilarning hissiyotini rivojlantiradi, bu xol o’z navbatida ularning turli tuman kasblarga shaxsiy munosabati jarayonini aktivlashtiradi.
Kasblarni targ’ib qilish yoshlarni kasbga yo’llash va texnologik tarbiya berish ishini tarkibiy qismi hisoblanib, maktab o’quvchilarining g’oyaviy-siyosiy, kasb va axloqiy tarbiyalash asosida qo’yilgan zaminga tayanadi.
4. «Texnologiya va dizayn yo’nalishi kasb tanlashga yo’llash bo’limi» bo’yicha o’quv amaliyoti
Do'stlaringiz bilan baham: |