Bog'liq Dizayn san’atini o’qitish usullari Êàëàíäàðîâà Êàðîìàò annotatsi
2. Texnologik tarbiya masalalari. Texnologiya va dizayn yo’nalishi kasb tanlashga yo’llash bo’limini 8-sinfda o’qitish da quyidagi mavzular bo`yicha mashg`ulotlar olib boriladi.
Kasblar dunyosi va inson salomatligi. Kasb tasnifini,kasblarda mehnat turlarining (odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgilitizim, odam-badiiy obraz) ta’rifi. Kasb-xunar egallashda inson salomatligiga qo’yilgan talablar.
Ta`lim tizimida o`quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish. O’zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimi. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo’nalishlari, ularning bir-biridan farqi, umumiy tamonlari. O’quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish.
Jamiyatning ehtiyojiga muvofiq kasb egallash va texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiyaga ega bo’lish bu asosan bilim, mahorat va qobiliyatni muvofiqligi bilan amalga oshadi.
Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berishga ijtimoiy jarayon sifatida qaralsa, kasb egallash texnologik ma’rifat, texnologik maslahat, ijtimoiy kasbga moslashuv va texnologik tarbiya kabi omillarni ham texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish tarkibiga kiritilsa o’z-o’zidan tushunarli bo’lib qoladi.
Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish ijtimoiy jarayonlarni jadallashishi, sanoatni rivojlanishi, ishlab chiqarish jarayonlarining takomillashuvi, kasbning maxsus turlarini paydo bo’lishi, ishchi kasblariga yoshlarni tayyorlash ehtiyojining paydo bo’lishi va shu kabilar natijasida paydo bo’ladi. Yoshlarni shaxsiy xususiyatlari va qobiliyatlarini e’tiborga olgan holda o’qitish, ishchi kuchlarini jalb etish, turli xil kasb operatsiyalariga taqsimlash masalasida amaliy ehtiyojlar paydo bo’ladi.
Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish rivojlangan nazariya va metodologiyaga tayangan holdagina uning maqsad va vazifalari to’la to’kis muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. Bu esa tasodif bo’lmasdan amaliy ishlar samaradorligini oshirish imkonini beruvchi tushunchalar nazariya va metodologiyasi, g’oyalar, qarashlar, tasavvur, shakllar, uslub va printsiplar tekshiriladi va texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya mazmuni o’zgartiriladi.
Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish bir necha faoliyatlar oqibatida sodir bo’ldi. Vaqt o’tishi bilan talablar ham o’zgarib boradi, ular bilan birga mazmun va tushunchalar ham o’zgaradi.
Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish mohiyati haqida, umuman olganda shakli, uslubi, vazifasi va maqsadi haqida tasavvur o’zgarishi bilan texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish ham rivojlanib boradi. Bu tushunchaning o’zgarib borishi mavjud ta’riflarda ham o’z ifodasini topadi. Bu ta’riflarni har biri texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiyaning u yoki bu qirralarini, ya’ni funktsiyasini ajratib ko’rsatish amaliy yoki nazariy rivojlanishi darajasini belgilash, pedagogika yoki psixologiya pozitsiyasidan qarash, boshqarish nazariyasi va shu kabilarni boshqarishga nisbatan yaxshiroq yoritishda ajralib turadi.
Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berishga umuman ta’rif berishdan avval, 3 ta asosiy tashkil etuvchilar haqidagi tasavvurni aniqlab olamiz. Ya’ni: "faoliyat", "kasb", "tayyorgarlik".
Falsafiy qarashlarda faoliyat insonni tashqi dunyo bilan faol munosabatini maxsus shakli sifatida ta’riflanadi, uning mazmuni tarkibida esa maqsadni o’zgartish va qayta tashkil etish yotadi. Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatirish va texnologik tarbiya berish tushunchasida ko’rilayotgan faoliyat kategoriyasiga kirish texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berishni amaliygina emas balki nazariy faoliyat ham ekanligini tasavvur qilishga imkon beradi. Bir qator bilimlar to’planishi va bu bilimlarni olishdagi faoliyatni aniqrog’i, fanlararo yo’nalishidir.
Amaliy faoliyat sifatida paydo bo’lgan texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish asta-sekin nazariya bilan boyib bormoqda, bu esa texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berishga amaliy va nazariy faoliyat birligida qarash imkonini beradi. Kasb (lotinchadan rrotessio-rasman ko’rsatilgan mashg’ulot, ixtisoslik, protiter-o’z ishim deb e’lon qilaman). Kasb faoliyati turi, mashg’ulot, yashash manbai hisoblanadi va ma’lum tayyorgarlik talab etadi.
"Tayyorgarlik" tushunchasi bir qator fanlarda ishlatiladi. Bu tushunchaga qanday ta’riflar berilishidan qat’iy nazar kasb egallash bo’yicha ko’rilayotgan holatda ularning hammasi asosiy kasb soxasini egallash bo’yicha faoliyat bilan bog’liq. Agar yosh inson kasblar dunyosida u yoki bu aniq bir kasbga o’zining hayotiy intilishlariga qanchalik darajada mos kelishiga harakat qilar va faol oydinlashtirishni boshlar ekan, bunday xollarda uning tayyorgarligi haqida gapirish kerak bo’ladi. Kasb egallash maqsadida agar u pedagog va boshqa ta’sirlar obyekti bo’lib qolsa "Texnologik tarbiya" haqida gapirilsa yaxshisi uning texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish ma’nosida qabul qilish kerak. Demak texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish faoliyat mohiyatini to’g’riroq aniqroq ifodalaydi. Biroq amaliyotda texnologik tarbiya haqida gapirganda texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish va boshqa ma’nolarda ifodalash an’ana bo’lib koldi.
Texnologik tarbiya tushunchasi haqida yagona fikrni yo’qligi boshqa sabablar bilan ham izoxlanadi. Masalan bu kompleks muammo bo’lib uni yechimini topish yo’nalishlari ham turlicha bo’lishi mumkin. Agar texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish o’qituvchi va o’quv jarayoni xodimlari ustivor ta’sirida pedagogik amaliyot prizmasi orqali, hamda bu fikrni bosh va yagona deb qabul qilinishi, texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish pedagogik obrazini yaratadi.
Agar bu jarayonni psixologiya fani prizmasi orqali ko’riladigan bo’lsa u yoki bu tanlovni o’ziga xos xususiyatini anglatuvchi psixologik tushuncha va kontseptsiyalar birinchi planga chiqib oladi. SHunday yondashish doirasida, o’zaro bog’liq ikki tomonni tashkil etuvchi, psixologik jarayon sifatida, texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiyaning tegishli obrazi shakllanadi:
a) o’z kasb tanlovi haqida o’quvchilar tomonidan qaror qabul qilinishi; b) bir vaqtning o’zida jamiyat ehtiyojlari va shaxs qobiliyati va qiziqishlari bilan mos keluvchi kasb egallashni amalga oshirish, kasbiy niyatlarni shakllantirish maqsadida o’quvchilar ruhiyatiga ta’sir ko’rsatish.
Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish jarayoni yoshlarni ijtimoiy yo’llash umumiy jarayonining bir qismi sifatida qaraladi. Mos ravishda texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berishga ijtimoiy guruhda, shartli umumiy hayot yo’nalishida jamiyat ijtimoiy tizimida aniq joyni egallashga shaxsning intilishidan dalolat sifatida qaraladi.
Yoshlarga u yoki bu texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish amaliy ishlari, texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berishga oid mohiyatini tushunish masalalari kabilardan fanlararo yondashishni amalga oshirish zaruriyati kelib chiqadi. Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish tushunchasining yuqorida aytilganidek nazariy va amaliy ishlar bilan birligi quyidagicha ta’rif berishga imkoniyat yartadi. Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish turli daraja kvalifikatsiya va turli kasbdagi kadrlarga jamiyatdagi ehtiyoj bilan bir vaqtning o’zida shaxsning qiziqishini moyilligini qobiliyatiga mos holda asoslangan kasb tanlovga yoshlarni tayyorlash bo’yicha maqsadli faoliyatdir.
Bu ta’rif amaliy faoliyat birligini o’zida ifodalab, faqatgina o’quv-tarbiya jarayonidagina emas, balki rivojlanayotgan nazariyada qo’llaniladi. Bunda nazariya muhim ahamiyatga ega.
Aynan shu yerda u yoki bu g’oya yo’nalishini o’zgartirib amaliy ishlarni ilmiy-amaliy ishlarga aylanishiga yordam beradi. Faoliyat bilan birgaliikda qoidaga ko’ra nazariya paydo bo’lmaydi. Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish amaliyotini takomillashtirishga ta’sir etuvchi nazariyani shakllantirish uchun izlanishlar, kuzatishlar, rivojlantirish yillari kerak bo’ladi. Masalani amaliy tomoni davlat va jamiyat tashkilotlari korxonalar, birlashmalar, maktab va ota-onalarning, jamiyat va shaxs manfaatlari yo’lida ijtimoiy va kasb o’z-o’zini anglash jarayonini takomillashtirish bo’yicha faoliyatlarini qamrab oladi.
Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish nazariyasini quyidagicha ko’rinishda ifodalash mumkin. Bu bildirilgan fikrlar majmui, texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish faoliyatini samarali amalga oshirishga qaratilgan g’oya va tasavvurlar, tanlangan shaklda aks ettirilgan kompleks qarashlardir.
O’quvchilarga texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish nazariyasining asosiy tarkibiy qismlariga dalillar, qonuniyatlar, printsiplar kiradi. O’quvchilarga texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berishda, ilmiy uslublar yordamida olingan va tekshirib ko’rilgan dalillar juda ham oz mikdorida. SHuning uchun asosiy vazifalardan biri yangi dalillarni yig’ish va ularni to’g’ri sharhlash hamda tushuntirib berishdir. Bu shunday holatlardagina mumkinki, qachonki yangi dalillarni izlash bir yoki bir necha gipotezalar yordamida olib borilishi zarur. Bu esa o’z navbatida nazariyaning bir qismini tashkil etadi. Masalan: aniq bir kasbga egallashga ta’sir etuvchi texnologik mazmunning o’ziga xos omillari bo’lishi mumkin. SHunday bo’lishi mumkin, omillar haqidagi gipoteza ilmiy izlanish metodlarini tashkil etishga yordam beradi, qiziqtirayotgan hodisalarga baho berish bu asosida o’quvchilar bilan texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish ishni yaxshilash bo’yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyatini yaratadi.
Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish nazariyasining muhim tarkibiy qismi –ta’riflangan qonuniyatlardir. Ularni qidirish esa umumiy ilmiy faoliyat maqsadiga xizmat qiladi. Ilmiy izlanishlar o’tkazish natijalaridagina qonuniyatlarni bilib olinadi va tariflar tekshirib ko’riladi. Topilgan qonuniyatlar odatda fanning maxsus tilida, tushuntirish vositalari yordamida yuqori aniqlik bilan farq qiluvchi, ko’rgazmaliligi, boshqa fan va ilmiy yo’nalishlar tushunchalarini texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish tushunchalari bilan bog’lash imkoniyatlarini kattaligi orqali ifoda etiladi.
Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish metodologiyasi deganda, kasb egallash masalalarida jamiyat va shaxs soxalarini optimallashtirish maqsadida yoshlarga ta’sir etish amaliy usullarini takomillashtirish haqidagi va kasbiy o’zini anglashni ilmiy muammolarini izlanish metodlari va tizimi, asosiy holatlari haqidagi bilimlarni o’rganish tushiniladi.
Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiyani to’g’ri amalga oshirish uchun zaruriy qobiliyat va qiziqishlarni sinchiklab hisobga olish, shaxsni tashhisli o’rganishga asoslangan texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish ishlarini tashkil etish g’oyasi barcha texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish ishlaridagi sezilarli ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omillar – holatlar qatoriga kiradi.
O’quvchilar bilan texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish ishlarini olib borishga deffirentsial munosabat g’oyasi metodologik tavsifdagi g’oyaga tegishlidir. Bu g’oya o’quvchilarni hayotiy va kasb rejalariga asosan, ularni dastlabki guruxlarga ajratish va bu guruxlarda tegishli tarbiyaviy ishlarni olib borishni ko’zda tutadi.
Deffirentsial munosabat texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish ishlarini samarali va maqsadga muvofiq tashkil ztish imkonini beradi.
Bu g’oyaga ko’ra kasb egallash texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish orqali emas, balki shaxsni jamiyatda o’ziga yoqqan o’rnini egallashga intilish va buning uchun qaysi kasbni egallash orqali unga erishishini qidirishi ko’zda tutiladi.
Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiyaning metodologik masalalariga texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish tizimi aniqlash va rivojlantirish masalalari ham kiradi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqib, jamiyatimiz talablarini qondira oladigan texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish tizimini ishlab chiqish vazifasi turibdi. Bunday tizimni ifodalashdan avval boshlang’ich ma’lumotlarni ko’rib chiqamiz:
1. Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish sistemali faoliyatni o’zida ifodalaydi va o’z tarkibiga maqsad, masala, printsip, shakl, metod, samaradorlik mezoni, daraja, yo’nalish, va boshqa tizim - tarkibiy elementlarni qamrab oladi.
2. O’quvchilarga texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish tizimi ularni kasb va kasbga tayyorlash umumiy tizimining bir bo’lagi hisoblanadi.
3. Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish tizimi - bu shaxsiy ijtimoiy yo’naltirish umumiy tizimining bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari ta’sirida shakllanuvchi bir qismi.
4. Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish jamiyatda amalda bo’lgan ijtimoiy tizimlar tarkibiga kiradi, jamiyatning turli muammolarini yechishga aloqador bo’lib, samarali bo’lishi uchun turli soha olimlarining hamkorlikda ish olib borishlarini talab etadi.
5. Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish ishlarini tashkil etish va boshqarish masalasi qiyinlik bilan amalga oshiriladi. Bu esa texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish tizimining murakkabligidan dalolat beradi.
Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish ishlari tizimining umumiy maqsadi shaxsiy qiziqishlar va jamiyat ehtiyojini qondirish imkonini beruvchi asoslangan texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berishga o’quvchilarni tayyorlashdir.
Bularni amalga oshirish quyidagi tashkil etuvchilarni o’z ichiga oladi: maqsad va vazifa, asosiy yo’nalish, o’quvchilarni texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish ishlari, uslub va shakllari, qo’yilgan vazifani samarali xal etish, har bir yo’nalish bo’yicha olib boriladigan ishlarning sifatiga bog’liq bo’ladi.
O’quv ustaxonalarida, o’quvchilar kasb uyushmalarida va shu kabilarda o’quvchilarga texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish ishlari amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish korxonalariga uyushtirilgan amaliyotlar texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish jarayoniga yuqori darajada ko’maklashadi.
Tanlab olingan kasbni egallash jarayonida burchni sezish, mas’uliyat, kasbga hurmat, kasbiy g’ururlarni o’quvchilarda shakllantirishni texnologik tarbiya jarayonida amalga oshiriladi.
Yuqorida sanab o’tilgan texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish tizimi yo’nalishlari bo’yicha faoliyat turlari bir-biri bilan bog’liq bo’lsada, o’z faoliyatlari sohasida bir muncha mustaqildirlar.
Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish ishlarini olib borishda texnologik jarayonlar haqida xikoya, suhbatlar, ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiya, qiziqishlar bo’yicha klublar tashkil etish, texnik ijodkorlik va qishloq xo’jaligi tajribachiligi to’garaklarini tashkil etish, anketa olish, testlarni qo’llash, o’quvchilar tomonidan referatlar tayyorlash, ular bilan turli xil o’yinlarni tashkil etish va shu kabi shakl va uslublardan foydalaniladi.
Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish ishlarining metodlari masalasida ish bir muncha murakkabroq holda. Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berishni ajratib ko’rsatish turli muhim belgilar ichida xususiy uslublarining mavjudligi bilan ifodalanadi.
Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish samaradorligi mezonlarini aniqlash masalasi muhim metodologik masalalar qatoriga kiradi.
Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiyaning samaradorligini belgilovchi turli mezonlar qatoriga ishlab chiqarishdagi yoshlar tomonidan taklif etilgan ratsionalizatorlik takliflari sonining yuqori darajada ekanligi orqali aniqlash ham kiritiladi. Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiyani amalga oshirishda omadga erishilganlik sifatli kasb natijalari, brakning yo’qligi, yuqori sifatli mahsulotlarning ziyoda ekanligi orqali ham aniqlanadi.
Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish ishlarining samarali tashkil etilganligini jamiyat, region, viloyat, tuman, shahar dolzarb ehtiyojlaridan kelib chiqib kasb egallayotgan, turli o’quv yurtlariga o’qishga, ishlab chiqarish korxonalariga ishga kirayotgan yoshlar o’rtasida muvozanatning mavjudligi orqali belgilanadi.