Dizartriya nutq nuqsonini bartaraf etishninng korreksion vazifalari 403-guruh talabasi Qosimova Nafosat Annotatsiya


Tovushlar talaffuzini korreksiilash



Download 27,91 Kb.
bet7/8
Sana10.07.2022
Hajmi27,91 Kb.
#768809
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
maqola dizartriya

Tovushlar talaffuzini korreksiilash
Tovushlar talaffuzini to‘g‘irlashda individual yondashish tamoyilidan foydalaniladi. Tovushlarni to‘g‘rilash va nutqqa qo‘yish individual tanlanadi. Bir nechta tovushlar ustida ishlash ishda izchillikni talab etadi. Tuzatish ishida birinchi navbatda artikulyatsion jihatdan oson talaffuz etiladigan tovushlar yoki tuzatish oson bo‘lgan tovushlar tanlab olinadi. Bu tovushlar; a, p, u, m, k, n, x, B, o, t, s, l. Ushbu tovushlar ustida ishlash jarayonida ularni talaffuz normasigacha keltirish mumkin. Yuqorida ko‘rsatilgan tovushlar ustida ishlash bilan bir vaqtda fonematik eshituvni rivojlantirish va tovushlar analizi malakalarini shakllantirish ustida ham ish olib boriladi.
Artikulyatsion buzilishlarning og‘ir hollarida tovushlarni nutqga qo‘yish maxsus yordamni talab etadi. Bunda logoped ko‘rish, taktilvibratsion sezishdan foydalangan holda u yoki bu tovushning talaffuzi uchun zarur bo‘lgan harakatni bajarishni bolaga tushuntiradi va yordam beradi. Masalan, anartriyada logoped «u» tovushi artikulyatsiyasini hosil kilish uchun bola lablariga qo‘lini yaqinlashtiradi.
Tovushlarni nuqtaga qo‘yish ustida ishlaganda logoped aniq bo‘lmasa ham tovushni to‘g‘ri talaffuz darajasiga yaqinlashtirishi lozim. Dastlabki vaqtlarda normal talaffuzga erishish qiyin. Bu vaqtda bolaning o‘xshash tovushlarni o‘zlashtirishi, ularni farqlashi juda muhimdir. Tovushlarni normal talaffuziga yaqinlashtirish darajasi artikulyatsion apparatning jarohatlanish darajasi bilan aniqlanadi. Har bir yangi tovush ustida ishlashda, uning artikulyatsion xususiyatlarini o‘rganish zarurdir, ya’ni artikulyatsiyaning asosiy xarakterli belgilari, uning boshqa tovushlardan farqli tomoni, artikulyatsiyani boshqalari bilan solishtirish.
Muntazam mashqlar olib borilishi tovushni kerakli artikulyatsion tartibga yaqinlashtiradi va to‘liq tovush talaffuziga o‘tiladi. Logoped sekin-asta o‘rganilayotgan tovushni aniq va turli talaffuz etishni talab etib boradi.
Artikulyatsion motorika va tovushlarni nutqga qo‘yish ustida ishlashdan tashqari, fonematik eshituvni rivojlantirish uchun ham muntazam ravishda ish olib boriladi. Bunda bolalar unli tovushlar qatoridan kerakli unli tovushlarni, undosh tovushlar qatoridan undosh tovushlarni ajratishga va analiz qilishga o‘rganadilar. Bolalar o‘rganadigan tovushlarni turli bo‘g‘inlar birikmalarida qaytarishga, bo‘g‘in va so‘z hosil qilgan tovushlarni aytish, ularning ketma-ketligini aniqlashga o‘rganib boriladi.
Talaffuz mashg‘ulotlarida artikulyatsion apparat a’zolarini rivojlantirishga qaratilgan ishlar frontal tarzda olib boriladi. Foydalaniladigan mashqlar bolalarning individual rivojlanishlari nutqiy holatlarini hisobga olgan holda tanlab olinadi. Bundan tashqari mashg‘ulotlarda nafas mashqlari ham olib boriladi. Mashg‘ulotlarning asosiy qismi o‘rganilgan tovushni alohida va bo‘g‘inlar birikmasida talaffuz etishga, mustahkamlashga ajratiladi. Logoped o‘tilganlarni bola qanday o‘zlashtirganligini doimo tekshirib bormog‘i lozim. Buning uchun boladan u yoki bu tovush uchun xarakterli bo‘lgan artikulyatsiya a’zolari holatini aytib berish yoki ko‘rsatib berish taklif etiladi, so‘ng tovushni alohida va so‘zlarda talaffuz etish so‘raladi. Tovushlar ustida olib borilayotgan mashqlar ko‘ruv va taktil idrok etish ostida nazorat qilib boriladi.

Download 27,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish