Tayanch tushunchalar: Ta’lim, milliy model, Ta’lim tо‘g‘risidagi qonun, kadrlar tayyorlash milliy dasturi, davlat ta’lim standartlari, maktab, maktabgacha ta’lim, kasb-hunar ta’limi, kollej, texnikum, oliy ta’lim, islohotlar.
1. Yangi jamiyat qurishda ta’lim va tarbiyaning о‘rni va roli. “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi. Dasturning maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish mexanizmi va bosqichlari. Ta’limning milliy modelining shakllanishi, rivojlanishi va sohadagi muammolar.
Ma’lumki, qadimdan bizning avlod-ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz ilm-ma’rifatni yuksaltirishda, yangiliklar yaratishda tinmay izlanishlar olib borganlar. О‘z davrining hukmdorlari ham ilmi-ma’rifat homiylari, san’at ixlosmandlari bо‘lib kelishgan. Bunga misol tariqasida X-XI asrlarda yashagan hukmdor Ma’mun ibn Ma’mun tuzgan «Ma’mun akademiyasi» bunga misol bо‘la oladi. Akademiyada yuzdan ortiq olimu-fuzalolar, shoirlar, san’atshunoslar bir qancha yо‘nalishlarda ish olib borishgan. Bulardan Abu Ali ibn Sino, Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Forobiy kabilar ilm-fanga kiritgan yangiliklari, kashfiyotlari barchaga ma’lum va mashhurdir.
Temuriylardan esa Ulug‘bek, Navoiy, Bobur kabilar ilm-fanga yuksak darajada hissa qо‘shganlar. Vaqt о‘tishi natijasida ilm-ma’rifatga salmoqli hissa qо‘shgan Jadidlar harakati Turkiston xalqini ilmli, savodli, ma’rifatli qilish yо‘lida, yangi usulni qо‘llash ustida ish olib bordilar. Bulardan, Maxmudxо‘ja Behbudiy, Sadriddin Ayniy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidov kabi ma’rifatparvarlar edilar.
О‘zbekiston mustaqillikka erishgach, Sobiq ittifoq davridan qolgan о‘qitish va ta’lim berish uslubini о‘zgartirishga katta e’tibor berildi. Vatanimiz kelajagini yaratuvchi, uning gullab-yashnashiga hissa qо‘shadigan kadrlarga ehtiyoj sezildi. Avvalo, nutqda ta’lim mazmuni, «eski shо‘rolar zamonidan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlardan va sarqitlardan butunlay xalos bо‘lmagan»ligi, ayniqsa, ijtimoiy gumanitar yо‘nalishdagi fanlar, estetik yо‘nalish predmetlarini о‘qitish, tarbiyaviy-mafkuraviy faoliyat mazmuni va uning dolzarb muammo ekanligi ta’kidlandi.
Bugungi kunda О‘zbekistonning sanoati, ilm-fan va aholisining turmush darajasi yuksak saviyada taraqqiy etgan buyuk davlatga aylantirishni jadallashtirish masalalarini hal etishga harakat qilinayotgan bir jarayonda ushbu taraqqiyot esa mamlakatimizda tarkib topgan ta’lim tizimini ham isloh etilayotgan rivojlanish masalalari tomon burish, ta’lim tizimining kelajakdagi taraqqiyot yо‘lini tanlab olish vazifasini ilgari surdi.
О‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini endigina qо‘lga kiritgan paytlarda kadrlar tayyorlashda amalga oshirilayotgan islohotlar qoniqtirmasdi. О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XX sessiyasida ta’lim tizimida erishilgan muvaffaqiyat va kamchiliklar obyektiv tahlil qilinib, kadrlar tayyorlash «inqilobiy» islohotga ehtiyoj borligini isbotlab berdi. 1992 yilgi «Ta’lim tо‘g‘risida»gi qonun о‘z vaqtida muhim bо‘lgan bо‘lsada, omma ta’lim tizimini isloh qilishning amaliy chora-tadbirlarini, ta’lim-tarbiya va о‘quv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini, bir-biri bilan uzviy bog‘lash, ya’ni uzluksizlikni ta’minlash muammolarini yecha olmadi.
О‘quv rejalarida yoshlar ahloq va odob, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy bilimlar asoslarini о‘rgatadigan fanlarga, xorijiy tillarni о‘rganishga yetarli о‘rin berilmadi. Bu boradagi kamchiliklarni tо‘ldirib, tо‘g‘rilash maqsadida ta’lim tizimiga о‘zgarishlar kiritish kun tartibiga qо‘yildi va bunga harakat boshlandi. Qolaversa, unda 1997 yil О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning ilk chizmalarini kо‘rish mumkin edi. Ta’lim tizimida Oliy ta’limda fanlar asosida о‘qishga qabul qilish ham adolatli tartibda kechishini ta’minlash uchun test tizimiga о‘tildi.
1993 yilda Oliy ta’lim tizimidagi islohotlarga keng e’tibor berildi. Bu masala О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida alohida yig‘inda tahlil etildi. Oliy о‘quv yurtlarining ahvoli va ularni ishlab chiqarish korxonalari bilan munosabatlari takomillashtirish maqsadida test tizimiga о‘tish zarurligi kun tartibiga qо‘yildi.
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga alohida e’tibor qaratilib, farzandlarimizning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bо‘lib ulg‘ayishi, ularning qobiliyat va iste’dodini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
2. О‘zbekistonda yangi avlod kadrlar tayyorlash sohasidagi о‘zgarishlar. Ta’lim sohasidagi islohotlarning yangi bosqichi.
Prezidentimizning 2017 yil 7 fevraldagi "О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasi tо‘g‘risida"gi Farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini takomillashtirish borasida qator vazifalar belgilangan.
Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalari qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy о‘quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, о‘quv-metodik qо‘llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutilgan.
2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqildi, о‘quv dasturlarini yanada zamonaviylashtirish, pullik xizmatlar kо‘rsatish va moliyalashtirishning qо‘shimcha manbalarini izlashda oliy о‘quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yо‘li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirib borilmoqda.
Keyingi yillarda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining yetmishga yaqin farmon, qaror va farmoyishi qabul qilindi. Bu tom ma’noda ta’lim tizimidagi о‘zgarish va yangilanishlar jarayonini boshlab berdi.
Ijtimoiy-iqtisodiy jabhalarda kechayotgan islohotlar muvaffaqiyati, yurt taraqqiyoti yuqori bilim va malakaga ega mutaxassislarga bog‘liq. Keyingi yillarda oliy ta’lim tizimida kechayotgan tub islohotlarning pirovard maqsadi ham ayni ezgu intilishlarni kо‘zlashi bilan ahamiyatli bо‘lmoqda. Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham oliy ta’lim tizimida tahsil olish uchun teng imkoniyat yaratishga oid ishlarni takomillashtirish, mamlakatimizda bitiruvchilarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish, oliy о‘quv yurtlari nufuzini yuksaltirish, sohaga yuqori malakali kadrlarni jalb etish va raqobatni kuchaytirish zarurligiga alohida e’tibor qaratgan edi.
2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasida kо‘zda tutilgan zamonaviy talablar va ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq qilish asosida yuqori malakali mutaxassislar, pedagog va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga yо‘naltirilgan vazifalar ijrosiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
3. “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi. 11 yillik maktablarning tiklanishi. Yangi tipdagi kasb-hunar maktablarining, kollej va texnikumlarning tashkil etilishi.
Umumta’lim maktablariga 2017 yilda 10-sinfga о‘quvchilar qabul qilish qayta yо‘lga qо‘yildi. Bu akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qabul jarayoni bilan barobar olib borildi. Bunda ota-onalar va о‘quvchilarning xohish-istaklari inobatga olindi.
2020 yil 23 sentabr kuni “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi.
Qonundagi eng muhim о‘zgarishlar quyidagilardir:
Qonunga ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi prinsipi kiritildi;
11 yillik ta’limning hamda 6 yoshdan 7 yoshgacha bо‘lgan bolalarni bir yil davomida umumiy о‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi о‘rnatildi;
Nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan umumiy о‘rta va о‘rta maxsus ta’limning amalga oshirilishi mumkinligi mustahkamlandi;
Ta’lim olishning quyidagi shakllari belgilandi:
ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy, dual);
oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
katta yoshdagilarni о‘qitish va ularga ta’lim berish;
mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash;
inklyuziv ta’lim;
eksternat tartibida ta’lim olish.
Umumiy о‘rta va о‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarining sinflarida ta’lim oluvchilar soni 35 nafardan oshmasligi belgilandi;
Bakalavriat yо‘nalishida ta’lim olish davomiyligi kamida 3 yil, magistraturada esa kamida 1 yil etib belgilandi;
Oilada ta’lim olgan va mustaqil ta’lim olgan shaxslarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim tо‘g‘risidagi hujjat berilishi mumkinligi belgilandi;
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sifati va darajasiga, shuningdek, pedagog xodimlarning kasb faoliyatiga bо‘lgan davlat talablariga rioya etilishiga doir vakolatlari bekor qilindi;
Ta’lim tashkilotlarida siyosiy partiyalarning tashkiliy tuzilmalarini tashkil etish taqiqlandi;
Chet davlatlari va О‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlari о‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida ularning bitiruvchilariga ikki tomonlama diplom (Double Diploma) berilishi mumkinligi belgilandi.
Vazirlar Mahkamasining 7.08.2020 yildagi “О‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, о‘rta va о‘rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash tо‘g‘risida” 466-son qarori qabul qilindi.
Prezidentning 6.09.2019 yildagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida” PF-5812-son Farmonini ijro etish maqsadida qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Uzluksiz boshlang‘ich, о‘rta va о‘rta maxsus professional ta’lim tо‘g‘risidagi nizom;
Boshlang‘ich professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kasb-hunar maktablarining namunaviy ustavi;
О‘rta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kollejlarning namunaviy ustavi;
О‘rta maxsus professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan texnikumlarning namunaviy ustavi.
Tizimida kollejlar va texnikumlar bо‘lgan vazirliklar, idoralar va xо‘jalik birlashmalariga tasdiqlangan namunaviy ustav asosida ularning ustavlarini ishlab chiqish hamda ularning faoliyatini ularga muvofiq yо‘lga qо‘yish topshirildi.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.04.2020 yildagi 232-son qaroriga muvofiq kasb-hunar maktablarida boshlang‘ich professional ta’lim dasturlari asosida ta’lim oladigan о‘quvchilarga 2021/2022 о‘quv yilidan boshlab BHMning 1 baravari miqdorida oylik stipendiya uchun mablag‘lar ajratilishi hamda uch mahal ovqat bilan ta’minlanishi belgilab berildi.
Quyidagilar professional ta’limning asosiy vazifalari hisoblanadi:
ish beruvchilarning talab va takliflariga asosan kadrlarga bо‘lgan real ehtiyojni inobatga olgan holda iqtisodiyot soha va tarmoqlari uchun zarur bо‘lgan malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda jamiyatning kasblar va mutaxassisliklarga bо‘lgan talablarini qondirish;
mehnat faoliyatida zamonaviy AKTni tatbiq qilish bо‘yicha amaliy kо‘nikmalarga ega bо‘lgan kadrlarni tayyorlash;
xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy innovatsion о‘quv loyihalarini birgalikda amalga oshirish uchun malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
Xalqaro tasniflagich darajalari bilan uyg‘unlashgan tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlarini hamda о‘qitishning kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;
"Hayot davomida ta’lim olish" prinsipi asosida ta’lim olishga о‘tish uchun sharoitlar yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |