4. Oliy ta’lim sohasida qabul qilingan Qonunlar va ularda belgilangan vazifalar. Oliy ta’limda ta’lim kvotalarining oshirilishi. Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikning yо‘lga qо‘yilishi: yutuqlar va kamchiliklar. Keyingi yillarda mamlakatimizda ta’lim tizimini izchil rivojlantirish borasida keng kо‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi qarori ta’lim tizimidagi islohotlarning mantiqiy davomi, о‘z vaqtida qabul qilingan muhim hujjat bо‘ldi. Qarorda oliy ta’lim tizimida bugungi kunda uchrayotgan og‘riqli nuqtalar ochiq-oydin sanab о‘tilgani holda, ushbu muammolarning yechimlari ham tо‘liq kо‘rsatib berildi. Hujjatga kо‘ra, alohida ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha о‘qish muddati kamida uch yil bо‘lgan bakalavriat hamda kamida bir yil bо‘lgan magistraturani joriy etish, 2018/2019 о‘quv yilidan boshlab tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan tegishli ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklari bо‘yicha о‘quv rejalari hamda dasturlarining kadrlar buyurtmachilari ehtiyojlariga kо‘ra, mustaqil ravishda ishlab chiqilishi hududlarda malakali kadrlar bilan bog‘liq muammolarga yechim topilmoqda.
Yana bir muhim jihati shuki, endi talabalarning bilimini nazorat qilish va baholash borasida yangicha yо‘l tutiladigan bо‘ldi. Bunda ta’lim yо‘nalishlarining о‘ziga xos jihatlari inobatga olingan holda, avtomatlashtirilgan, talabalar bilimini baholashning portfolio, test sinovlari, ijodiy ish, antiplagiat kabi zamonaviy, shaffof hamda adolatli usullarini joriy etish kо‘zda tutilmoqda. Muayyan fanlardan dars bergan о‘qituvchi-pedagoglarning yakuniy nazorat jarayonidagi ishtirokini istisno qiladigan tizimning qо‘llanilishi ham ta’lim tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlaydi.
2019/2020 о‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida “talabaning о‘zlashtirish darajasi — professor-о‘qituvchilar faoliyatini baholashning asosiy mezoni” tamoyilini joriy etila boshlandi. Bu ayrim о‘qituvchilarning kо‘r-kо‘rona dars о‘tib, о‘zining ham, talabaning ham, eng ayanchlisi, yetuk yosh kadrlarga kо‘z tikib turgan jamiyatimizning ham vaqtini о‘g‘irlashdek og‘ir oqibatlarni bartaraf qilishga imkon beradi. Qolaversa, Prezidentimiz qarori bilan oliy ta’lim muassasalarining professor-о‘qituvchilarini ularning vazifalari va faoliyat yо‘nalishlari bilan bog‘liq bо‘lmagan yig‘ilishlarga, tadbirlarga jalb etish taqiqlandi.
Bugungi davr talablari kechagi kunning mezonlaridan butkul farq qiladi. Hozir zamonaviy fikrlaydigan, eng sо‘nggi yangiliklar bilan hamnafas yashaydigan, kun sayin dunyoqarashini boyitib boradigan kadrlarni tayyorlashga ehtiyoj oshib bormoqda. Bu jarayonda, ayniqsa, oliy ta’lim tizimi zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi. Prezidentimizning mazkur qarorida belgilangan kompleks chora-tadbirlar yosh avlodni yetuk kadrlar etib tarbiyalashga qaratilgani bilan muhim ahamiyatga egadir.
Yurtimizda oliy ta’lim sohasida kechayotgan tub о‘zgarishlar jarayoni ota-onalar, о‘qishga ishtiyoqi baland bо‘lgan yoshlar, keng ma’rifiy jamoatchilikning fikri, taklif va mulohazalari asosida amalga oshirilayotgani e’tiborga molikdir. Jumladan, kunduzgi ta’lim bilan birgalikda kechki, sirtqi о‘qitish shakllarining qaytadan joriy etilgani, yangi-yangi oliy о‘quv dargohlarining tashkil etilayotgani, oliy ta’limda yoshlar qamrovining tobora kengayib borayotgani bu yо‘nalishdagi ezgu tashabbuslarning hayotiy ifodasidir.
Hozirgi kunda yurtimizda oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallari jami 126 taga, xorijiy oliy ta’lim muassasalarining filiallari 24 taga yetdi. Bu kо‘rsatkich 2016/2017 о‘quv yilida 77 tani, 2017/2018 о‘quv yilida esa 86 tani tashkil etgan.
Yoshlarni oliy ta’limga yanada kengroq qamrab olish maqsadida oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul kvotalari oshirilmoqda. Yangi yо‘nalishlar va mutaxassisliklar bо‘yicha kadrlar tayyorlash yо‘lga qо‘yilmoqda, yangi oliy ta’lim muassasalari hamda xorijiy davlatlardagi nufuzli universitetlar filiallari tashkil etilmoqda.
2018/2019 о‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi ta’lim shakli bо‘yicha qabul kvotalarining ortganligi bilan bir qatorda, 51 ta oliy ta’lim muassasasida sirtqi ta’lim, 22 ta oliy ta’lim muassasasida maxsus sirtqi ta’lim va 9 ta oliy ta’lim muassasasida kechki ta’lim shakllari bо‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash yо‘lga qо‘yildi.
Yurtimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, yangi ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklar bо‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2016/2017 о‘quv yilida 15 ta’lim yо‘nalishi va 14 ta mutaxassislik, 2017/2018 о‘quv yilida 8 ta ta’lim yо‘nalishi va 10 ta mutaxassislik bо‘yicha kadrlar tayyorlash yо‘lga qо‘yilgan bо‘lsa, bu kо‘rsatkich 2018/2019 о‘quv yilida bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha 66 tani, magistratura mutaxassisliklari bо‘yicha 48 tani tashkil etdi.
2019 yil holatida yurtimizda tahsil olayotgan talabalar soni 344790 nafarni tashkil etdi. Bu kо‘rsatkich 2016/2017 о‘quv yilida 264095 nafarni, 2017/2018 о‘quv yilida esa 279674 nafar edi.
Talabalar sonining oshishi, о‘z navbatida, professor-о‘qituvchilar sonining ham ortishini taqozo etmoqda. Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan professor-о‘qituvchilar 2016/2017 о‘quv yilida 23368 nafar, 2017/2018 о‘quv yilida 24904 nafarni tashkil etgan bо‘lsa, 2018/2019 о‘quv yilida professor-о‘qituvchilar soni 25418 nafarga yetdi.
2018/2019 о‘quv yilidan boshlab 11 oliy ta’lim muassasasida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qо‘shma ta’lim dasturi asosida kadrlar tayyorlash yо‘lga qо‘yildi. Hozirgi kunda qо‘shma ta’lim dasturi asosida jami 1130 nafar talaba tahsil olmoqda.
2017 yil fevralda Prezidentimizning ilmiy kadrlarni tayyorlashning ikki bosqichli tizimiga о‘tish tо‘g‘risidagi Farmoni qabul qilindi va unga kо‘ra birinchi bosqich falsafa doktori (PhD) xalqaro talablarga muvofiq tayyorlana boshladi. Doktoranturaga qabul kvotasi ikki barobar oshdi. Dissertatsiyani kо‘rib chiqish tartibi soddalashtirildi. Ilmiy ishlar himoyasi 2017 yilda 2016 yil bilan solishtirganda 2 martaga va 2018 yilning yarim yil natijalari bо‘yicha 2,5 marta kо‘paydi.
Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati 2017/2018 о‘quv yilida о‘tgan yillarga nisbatan sezilarli darajada ortdi. Shu bilan birga tizimdagi rahbar va pedagog kadrlarning malakasini oshirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. 2017 yildan oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimiga masofaviy о‘qitish shakllari joriy etildi, bugungi kunga qadar 1855 nafar tinglovchi mazkur kurslarda malakasini oshirdi. Ayni paytda masofaviy kurs tinglovchilari uchun vebinar texnologiyalar asosida onlayn ma’ruzalar tashkil etilishi yо‘lga qо‘yilgan.
2018 yil davomida maktabgacha ta’lim muassasalarini oliy ma’lumotli kadrlar bilan ta’minlash maqsadida 14 tayanch oliy ta’lim muassasasida kasbiy qayta tayyorlash kurslari faoliyati tashkil etilib, bugungi kunga qadar 15110 nafar tinglovchi bu kurslarni muvaffaqiyatli yakunladi va maktabgacha ta’lim muassasalariga ishga yuborildi. Ayniqsa “Defektolog (logoped)”, “Amaliy psixolog”, “Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi” kabi ixtisosliklar bо‘yicha tahsil olgan yoshlar joylarda muvaffaqiyatli ishga joylashmoqda.
Bularning barchasi mamlakatimizda oliy ta’limni davr talabi, ijtimoiy-iqtisodiy soha talabidan kelib chiqqan holda isloh etish, yoshlarning oliy ta’limga bо‘lgan ehtiyojini qondirish, yurtimizni jadal ravnaq toptirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning yorqin ifodasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |