Diyot instituti o’zbekistonning eng yangi tarixi теxnik yo’nalishdagi barcha oliy o’quv yurtlarining bakalavriat talabalari uchun darslik 2021-yil



Download 0,5 Mb.
bet41/92
Sana25.02.2023
Hajmi0,5 Mb.
#914664
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   92
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi q

Tashqi siyosat sohasida:
1. Xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish.
2020-yilning birinchi yarim yilligida O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyatida ham bir qator samarali chora-tadbirlar va sa’y-harakatlar amalga oshirildi.
Jumladan, 2020-yilning 19-20-fevral kunlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo’g’anning taklifiga binoan, rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo’ldi. Tashrif doirasida ikki davlat rahbarlari o’rtasida tor doirada muzokara bo’lib o’tdi. Unda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va savdo-investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, Prezidentlar raisligida Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining birinchi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig’ilishi natijalari to’g’risida qo’shma bayonot, shuningdek, iqtisodiyot, savdo, texnologiyalar sohasiga oid hujjatlar imzolandi.
Bundan tashqari, 2020-yilning 23-iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushida erishilgan g’alabaning 75 yilligi munosabati bilan bo’lib o’tgan g’alaba paradida ishtirok etish uchun Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahriga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Prezident Sh. Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V. Putin bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuv davomida siyosiy, iqtisodiy, xavfsizlik va madaniy sohalarda birgalikda olib borilayotgan ishlarga to’xtalib, ushbu sohalarda bugungi kunga qadar erishilgan yutuqlar ta’kidlab o’tildi. Shuningdek, Prezident V. Putin o’zbek xalqining Ikkinchi jahon urushidagi g’alabaga qo’shgan ulkan hissasini alohida ta’kidlab o’tdi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan qo’shnichilik aloqalarini hamda barcha sohalardagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish sohasida ham samarali sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan mintaqaviy hamkorlik doirasida turizmning har xil turlarini rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlandi.
Qolaversa, joriy yilning birinchi yarim yilligida xorijiy mehmonlarning 10 ta qabuli amalga oshirildi. Pandemiya sharoitida 20 dan ortiq oliy darajadagi onlayn-muloqot tashkillashtirildi (Markaziy Osiyo mamlakatlari, Rossiya, Xitoy, Turkiya, Koreya Respublikasi, Afg’oniston, Abu Dabi Amirligi, Eron davlatlari rahbarlari hamda Vengriya bosh vaziri, Yevropa Kengashi Prezidenti, Belarus Prezidenti bilan muloqotlar).
O’zbekiston manfaatlarini ilgari surishga qaratilgan 80 dan ortiq yuqori darajadagi hamda idoralararo tashrif va uchrashuvlar, onlayn muloqotlar tashkillashtirildi. Ularda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, ko’pqirrali hamkorlik, avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiya, energetika, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalar, ta’lim va boshqa ustuvor yo’nalishlardagi hamkorlik masalalari muhokama etildi.
Mamlakat tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal qilishda parlament diplomatiyasining roli hamda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik kuchaytirildi. Hisobot davrida parlamentlar hamda xalqaro tashkilotlar darajasidagi jami 48 ta tashrif va uchrashuvlar, onlayn muloqotlar tashkillashtirildi.
O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi va tegishli Davlat dasturida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida O’zbekiston hukumati rasmiylari va tashkilotlari delegatsiyalarining 48 ta xorijiy davlatga tashrifi tashkillashtirildi. Ular doirasida hamda O’zbekiston vakolatxonalarining kundalik faoliyati mobaynida tegishli savdo-sotiq, iqtisodiy idoralar rahbarlari va vakillari bilan 252 dan ziyod uchrashuv va maxsus ahamiyatga ega bo’lgan sarmoyaviy tadbirlar, biznes-forumlar, O’zbekistonning iqtisodiy salohiyati taqdimotlari uyushtirildi.
Shuningdek, vazirlik darajasidagi delegatsiyalarning 15 dan ortiq xorijiy davlatning iqtisodiy va savdo vazirlik hamda mutasaddi tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlar uyushtirildi.
Xorijiy davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida bugunga qadar 130 dan ortiq “Yo’l xaritasi” tasdiqlanib, amalga oshirilmoqda. Qishloq xo’jaligi, sanoat, kommunal xizmatlar, qurilish, tibbiyot, farmatsevtika, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda 635 ta investitsion loyiha bo’yicha 945,4 mln AQSh dollari miqdorida sarmoyalar o’zlashtirildi.
Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash, uning mamlakatimiz hududida keng tarqalishini oldini olish hamda uning mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida 57 ta loyiha asosida O’zbekistonga Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, XXR, Singapur, Ukraina kabi mamlakatlardan asbob-uskunalar keltirildi. Keltirilgan yuklar tarkibida yuqori texnologiyali tibbiyot jihozlari, zamonaviy shpritsli nasoslar, antiseptik vositalar, avtomat mexanizmli tibbiy karavot va ko’p funksiyali ko’rpalar, IVL apparati, tibbiy niqoblar, himoya xalatlari va himoya ko’zoynagi, dori-darmonlar hamda PSR diagnostika test tizimlari mavjud.
Shu bilan birga, 9 ta mamlakatga O’zbekistonning gumanitar yuklari yetkazildi (Ozarbayjon, Belarus, RF, XXR, Eron, Vengriya, Qirg’iziston, Tojikiston, Afg’oniston). O’zbekistondan boshqa mamlakatlarga yuborilgan yuklar tibbiy vositalar va oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat bo’lib, ularning orasida mobil tibbiy konteynerlar, himoya kombinezonlari, tibbiy niqoblar, tibbiy doka, ko’zoynaklar, suyuq natriy gipoxlorid, respirator, steril tibbiy qo’lqoplar, pirometrlar hamda un, turli xil oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa mahsulotlar mavjud.
Xalqaro nufuzli reytinglarda mamlakatning o’rnini yaxshilash, uning xalqaro maydondagi imijini yuqori darajalarga ko’tarish hamda mamlakatni xorijiy investorlar uchun jozibador sarmoyaviy makonga aylantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to’g’risida”gi Farmoni qabul qilindi.
2. Nufuzli xalqaro tashkilotlar doirasida ko’p tomonlama hamkorlikni jadallashtirish. Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarni rivojlantirish va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Markaziy Osiyo bo’yicha Yevropa Ittifoqining yangilangan Strategiyasini amalga oshirishda O’zbekistonning faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
O’zbekiston va Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik shartnomasining savdo qismini muhokama qilish bo’yicha navbatdagi muzokaralar davrasini tashkil etish masalasini tezlashtirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
2020-yilning 11-may kuni bo’lib o’tgan Oliy Majlis Senatining to’rtinchi yalpi majlisida O’zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi davlat maqomida ishtirok etish taklifi maqullandi hamda mazkur masala bo’yicha Senatning tegishli qarori qabul qilindi. Agarda O’zbekiston Ittifoqqa kuzatuvchi sifatida qo’shilsa unda ittifoq organlari yig’ilishlarida ishtirok etish va qabul qilingan qarorlar bilan tanishish huquqiga ega bo’ladi. Ta’kidlash joizki ushbu tashkilot bilan hamkorlik tashqi savdo hajmining o’sishi, mamlakatimizda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, hududiy klasterlar, sanoat va savdo zonalarini tashkil etishda mintaqalararo aloqalarni rivojlantirish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan mamlakat o’z tarixida birinchi marta 2020-yilda Mustaqil davlatlar hamdo’stligi raisligini qabul qildi. Ko’p tomonlama hamkorlikni izchil kengaytirish va samaradorligini oshirish raislikning asosiy ustuvor yo’nalishi sifatida belgilandi.
Shu munosabat bilan, 12-may kuni O’zbekiston Respublikasi tashabbusi bilan videokonferensaloqa rejimida MDH ishtirokchi davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi bo’lib o’tdi. Majlisda transport, ta’lim, turizm, jismoniy tarbiya va sport sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar ko’rib chiqildi va ma’qullandi.
2020-yilning 3-aprel kuni O’zbekiston Respublikasining Jenevadagi BMT vakolatxonasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakolatxonalari Jahon savdo tashkiloti (JST) vakillari bilan O’zbekistonning ushbu tashkilotga kirish masalalarini muhokama qilish uchun videokonferensiya o’tkazdi. Videokonferensiya chog’ida JST kotibiyati bilan o’zaro hamkorlik masalalari hamda O’zbekistonning JSTga kirishi bo’yicha ishchi guruhining navbatdagi yig’ilishiga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi «Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo’yicha idoralararo komissiya to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 339-sonli qarori qabul qilindi. Qaror bilan Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo’yicha Idoralararo komissiya tuzildi.
Mazkur komissiya O’zbekistonning JSTga a’zo bo’lishi bo’yicha ishlarni muvofiqlashtiruvchi va yo’nalishlarni belgilaydigan kollegial organ hisoblanadi. Nizom bilan Idoralararo komissiyaning vazifalari va funksiyalari, tarkibi, faoliyatini tashkil etish va ishlash tartibi belgilandi.
O’zbekiston Respublikasi Mustaqil davlatlar hamdo’stligi davlatlari Sanoat xavfsizligi kengashining to’laqonli a’zosiga aylandi. MDH davlatlarining sanoat xavfsizligi kengashi tarmoqlararo hamkorlik organi bo’lib, xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan avariya hamda baxtsiz hodisalarning oldini olish harakatlarini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi.
O’zbekiston Xalqaro xususiy huquq bo’yicha Haaga konferensiyasi Ustavini ratifikatsiya qildi. Xalqaro xususiy huquq bo’yicha Haaga konferensiyasi xalqaro hukumatlararo tashkilot bo’lib, 1893-yilda tashkil etilgan. Haaga konferensiyasiga a’zolik O’zbekistonda qabul qilinayotgan qonunlarni xalqaro qonunlarga unifikatsiya qilishga yordam beradi. Shuningdek, mamlakatning xalqaro maydondagi imijini yaxshilash, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvida muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston YuNESKOning Madaniy ifodalarning turli xil shakllarini muhofaza qilish va qo’llab-quvvatlash to’g’risidagi konvensiyasi ishtirokchisiga aylandi. Konvensiyaning asosiy maqsadi – madaniy o’zini ifodalashning turli xil shakllarini himoya qilish va rag’batlantirish, ushbu sohada xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo’li bilan turli madaniyatlarning o’zaro erkin aloqa qilishi va rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
3. Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini hal etish. Harakatlar strategiyasining beshinchi yo’nalishida nazarda tutilgan davlat chegarasini qo’shni davlatlar bilan hamkorlikda muvaffaqiyatli delimitatsiya va demarkatsiya qilishda ham joriy yilning birinchi yarim yilligida samarali chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, 2020-yilning 7-yanvar kuni Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi Qo’shma demarkatsiya komissiyasining birinchi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda O’zbekiston-Tojikiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish uchun asos bo’ladigan normativ-huquqiy va texnik hujjatlar tasdiqlandi.
17-21-fevral kunlari esa Olmaota shahrida Qo’shma demarkatsiya komissiyasida O’zbekiston Respublikasi va Qozog’iston Respublikasi hukumatlari delegatsiyalarining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasining Navoiy viloyati va Qozog’iston Respublikasining Qizilo’rda va Turkiston viloyatlari chegaralari tutashgan uchastkada davlatlararo chegarani demarkatsiya qilishning yakuniy hujjatlari loyihalari tayyorlandi.



Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish