III. Infratuzilma va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish.
1. Telekommunikatsiya sohasini normativ-huquqiy tartibga solish tizimini, shu jumladan, davlat-xususiy sherikligi asosida tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokini kengaytirish orqali takomillashtirish.
2. 2021-yilgacha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlar eksporti ulushini ular umumiy hajmining 4 foiziga yetkazish.
3. Barcha operatorlar uchun xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlariga to’g’ridan-to’g’ri ulanishni erkinlashtirish.
4. Aholini axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalaridan foydalanishni rag’batlantirish.
5. Startap loyihalar uchun texnopark tashkil etish orqali mamlakatimizda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish tarmog’ini rivojlantirish.
IV. Ta’lim tizimini takomillashtirish va inson kapitalini rivojlantirish
1. O’quv-tarbiya jarayoniga yangi ta’lim dasturlarini, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va smart-texnologiyalarni joriy etish orqali ta’lim muassasalarida o’qitish sifatini yanada yaxshilash (elektron modullar tashkil etish va masofaviy o’qitishni joriy etish).
2. Nogiron bolalar ta’lim va tarbiyadan teng sharoitda bahramand bo’lishi uchun sharoitlar yaratish maqsadida inklyuziv ta’limni rivojlantirish, shu jumladan, ta’lim muassasalarida ko’tarish qurilmalari, panduslar, sanitar xonalarda maxsus moslamalar o’rnatish, tutqichlar, maxsus partalar, stollar va boshqa maxsus kompensator vositalari bilan jihozlash orqali «to’siqsiz muhit» yaratish.
Imkoniyati cheklangan bolalarni integratsiyalashgan holda o’qitish dasturlarini yaratish.
Ta’lim muassasalarini tegishli kadrlar (pedagog-defektologlar, bolalarni ruhiy-pedagogik qo’llab-quvvatlash bo’yicha mutaxassislar) bilan ta’minlash.
3. Hududiy va milliy darajada ta’lim jarayoni natijalarini tizimli monitoring qilish asosida ta’lim sifatini va uning mamlakat innovatsion rivojlanishi darajasiga ta’sirini baholashning milliy tizimini ishlab chiqish va joriy etish.
4. Mehnat bozoridagi tendensiyalar o’zgarib borishini hisobga olgan holda qayta tayyorlashga muhtoj yoshlar uchun kasb-hunar kollejlarida qisqa muddatli o’quvlar tashkil etish.
5. Aholining oliy ta’lim bilan qamrab olinishini oshirish.
6. Tabiiy va texnik fanlar yo’nalishlari bo’yicha talabalar ulushini ko’paytirish.
7. Chop etilgan ilmiy maqolalar soni, ulardan iqtibos keltirish indeksi, xalqaro konferensiyalar va seminarlarda ishtiroki, olingan patentlari soni bo’yicha tanlab olingan sohadagi eng faol oliy ta’lim muassasalarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining tadqiqot yo’nalishini kuchaytirish.
8. Tarmoq va mintaqaviy iqtisodiyot ssenariylar bo’yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida innovatsion faoliyat rivojini prognozlashtirish tizimining alohida bo’g’ini sifatida yetakchi oliy ta’lim muassasalarida forsayt markazlarini tashkil etish. Oliy ta’lim muassasasining ichki va tashqi muhitini ilmiy-texnologik prognozlashtirishni ta’minlash, ularning texnologik va innovatsion muhitini va ustuvor innovatsion yo’nalishlarini rivojlantirish.
V. Raqobatni rivojlantirish va ma’muriy to’siqlarni kamaytirish.
1. Xalqaro tajribani hisobga olgan holda korporativ huquqni rivojlantirish va korporativ boshqaruvning zamonaviy prinsiplarini joriy etish.
2. Iqtisodiyotni taraqqiyotning innovatsion yo’liga o’tishini ta’minlaydigan raqobatbardosh bozorni shakllantirish va resurslardan samarali foydalanish.
3. Monopoliyaga qarshi siyosatni, shu jumladan davlat-xususiy sherikligini joriy etish hisobiga takomillashtirish, barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun tabiiy monopoliyalar sub’ektlari tovarlari, ishlari va xizmatlaridan foydalanishda teng sharoitlarni ta’minlash, monopol korxonalar mahsulotlariga narx shakllanishining samarali mexanizmlarini joriy etish.
4. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun teng shart-sharoitlar yaratish va ichki bozorning monopollashuvining oldini olish.
5. 2021-yilga borib davlat kadastri ishlarini yuritishning to’liq raqamlashtirilishini ta’minlash va mulkni ro’yxatdan o’tkazish tartib-taomilini soddalashtirish.
6. Qayta tiklanuvchi va muqobil energiya manbalaridan foydalangan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish ulushini 2025-yilga borib 20 foizdan ziyodga oshirish.
2. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi – milliy taraqqiyotimizning yangi bosqichi. Harakatlar strategiyasi dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan masalalarni kompleks o’rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo’yicha ishlab chiqildi. Hujjat internetda e’lon qilinib, ekspertlar va jamoatchilikning keng muhokamasidan o’tib, Prezidentning 2017-yil 7-fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan.
Harakatlar strategiyasi besh bosqichda amalga oshiriladi, ularning har biri bo’yicha yil nomlanishidan kelib chiqqan holda alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlashni nazarda tutadi. Xususan, “2017-yil – Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilindi, shunga mos ravishda 2017-2021-yillarda O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasining Davlat dasturi qabul qilindi.
2017-2021-yillarda O’zbekistonni rivojlantirish Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo’nalishlarida quyidagilar nazarda tutilgan:
davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo’naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish;
qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo’naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to’laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash;
iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish;
ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog’lig’ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish;
xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo’naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O’zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo’shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash.
Farmon bilan 2017−2021-yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo’yicha milliy markaz va Milliy komissiya, shuningdek ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish bo’yicha komissiyalar tashkil etildi. Milliy komissiyaga Prezidentning o’zi boshchilik qiladi.
Hujjatda harakatlar strategiyasini o’z vaqtida va samarali amalga oshirish barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari faoliyatining birlamchi vazifasi va bosh ustuvor yo’nalishi hisoblanishi belgilangan.
Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun mas’ul davlat organlari va tashkilotlarga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni yo’lga qo’yishning yangi, samarali mexanizm va usullarini joriy etish, mansabdor shaxslarning aholi oldida hisobot berishi tizimini amalda tatbiq etish, shu asosda xalqning davlat hokimiyatiga bo’lgan ishonchini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratish topshirildi.
Farmonda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqishda byurokratik to’siq va g’ovlar yaratilishiga, aholi bilan muloqot jarayonini kampaniyabozlikka aylanishiga yo’l qo’ymasligi qayd etildi. Bundan tashqari, davlat dasturi doirasida o’tkazilayotgan tadbirlarning ochiqligi, ularda fuqarolar, barcha darajadagi davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar, ijodiy va ilmiy muassasalar vakillarining keng ishtirok etishini ta’minlash belgilangan.
2017-2021-yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasining yo’nalishlari:
Do'stlaringiz bilan baham: |