1.1-rasm. Tabiiy yoki yо‘ldosh gazni qayta ishlash sxemasi
1.2 –rasm. Qurilmaning tarkibiy qismlari
U yerda texnologik jarayonlarda sovitish agregatlaridan foydalanib gazni va propan-butan fraksiyasini, metanni va tarkibiy tashkil etuvchilarni ajralishi olib boriladi. Keyingi bosqichda olingan propan-butan aralashmasi suyultiriladi va standart konteynerlarga yuklanadi, metandan esa elektr energiyasini olishda foydalaniladi yoki suyultirilgan tabiiy gazni (STG) olish uchun yо‘naltiriladi.
Bugungi kunda mash’ala va yо‘ldosh gazlar, metan gazini qayta ishlash asosida dunyodagi neft va gaz qazib olish bilan shug‘ullanadigan bir qator davlatlarda suyultirilgan tabiiy gaz va sintetik suyuqlik yoqilg‘isini olish bо‘yicha yangi texnologiyalar qо‘llanilmoqda hamda yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish yо‘lga qо‘yilgan.
1.2 Metanni konversiyalash reaktor qurilmalarini boshqarish qurilmalarini avtomatlashtirish va boshqarish tizimining masalalari
Sintetik yoqilgi olishda metanni konversiyalash jarayonlarini va o’xshash jarayonlarni boshqarish usullarini taxlil qilish.
Sintetik suyuq yoqilg’i ishlab chiqarishda Sintetik yoqilgi olishda metanni konversiyalash jarayonini boshqarishga bag’ishlangan maqolalarning ko’pligi, bu masalalarning dolzarb ekanligidan darak beradi [1,2,3,25,26,77,78,79,83]. Xozirgi vaqtda Sintetik yoqilgi olishda metanni konversiyalash jarayonini boshqarish (rostlash) local avtomatik sistemalarda amalga oshiriladi. Bular asosida qatiy algoritm bilan (PID-rostlagichlar, mantiqiy algoritmlar va boshqalar ) ishlaydigan boshqaruvchi qurilmalar yotadi. Bunday boshqarish sistemalari sodda sinfga taalluqli [15,62], xarorat va barometrik rejimni xamda moddiy oqimlar sarfini rostlash uchun mo’ljallangan, teskari aloqa prinsipida ishlaydi va jarayonning kechishiga qarab operator tomonidan korreksiya (tuzatish) kiritiladi.
Sintetik yoqilgi olishda metanni konversiyalash jarayonini rostlashning quyidagi mavjud avtomatik sistemalarini taxlil qilamiz:
Mixayilov V.F, Xloponin B.A. va Gereminovich V.A [79] Sintetik yoqilgi olishda metanni konversiyalashash kolonnasiga kiritiladigan karbonat angidrid va ammiak miqdorlarini ma’lum nisbatda ushlab turishni va bu nisbatni kolonnaning yuqori qismidagi gaz-suyuqlik muhitining xarorat rejimiga qarab korrektlashni taklif etishgan.
Tutyushnikov A.B va Kaminskiy V.M pH ning qiymatiga qarab chuktirish kolonnasida suspenziyani ajratib oladigan rostlagich ishlab chiqishgan [79], biroq, bunda zaruriy shart – kolonnaning quyi qismida o’zgarmas bosimni tutib turish bo’ladi. Bu shartni bajarish ancha murakkab, chunki u, o’z navbatida, kolonnadagi suyuqlik satxiga va kiritilayotgan ugrelod oksid miqdoriga bog’liq.
Sintetik yoqilgi olishda metanni konversiyalash jarayonini boshqarishdan maqsad va boshqarish sifatining mezonlari.
Sintetik yoqilgi olishda metanni konversiyalash jarayonini o’tkazishning sifati quyidagi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
1) Kimyoviy reaksiya natijasida (sintez gazni cho’ktirish ) metanni to’liq ishlatilishi – natriyni utilizatsiyalanish darajasi. Bu ko’rsatkich cho’ktirilgan metan gidrokarbonat tarkibidagi natriy miqdorining, Sintetik yoqilgi olishda metanni konversiyalash kolonnasiga berilayotgan ammoniylashgan tuzli eritmadagi natriy miqdoriga nisbatini ifodalaydi. Sintetik yoqilgi olishda metanni konversiyalash kimyoviy reaksiyasida natriy gidrokarbonat kristallari bilan ekvivalent miqdorda ammoniy xlorid xosil buladi. Ammoniy xlorid karbonisatsiyalash kolonnasidan chiquvchi suspenziyaning tindirilgan qismida bo’ladi. Sintetik yoqilgi olishda metanni konversiyalash ga tushayotgan natriyning umumiy miqdori, kolonna chiqishidagi suspenziyaning tingan qismidagi xlor konsentratsiyasi buyicha aniqlanadi, ya’ni xlor bilan natriy konsentratsiyalari ekvivalent xisoblanadi;
Nazariy jihatdan, Metanni konversiyalashlovchi gazdagi karbonat angidrid gazining bosimi 98kPa va Metanni konversiyalashlovchi aralashmaning harorati 32 gradus bo’lganda,sintez gazdan qoldiqning yo’qotilish darajasining maksimal imkoniyati 84% gacha etishi mumkin. Bunda aralashma nafaqat metanga, balki kislorod va ammoniy gidrokarbonatlarga xam to’yingan bo’lishi kerak. Ishlab chiqarish sharoitlarida metanning utilizatsiyalanish darajasi 75% dan oshmaydi.
Metanning utilizatsiyalanish darajasi – Sintetik yoqilgi olishda metanni konversiyalash jarayonining asosiy sifat ko’rsatgichi bo’lib, bu ko’rsatgich kolonnaga tushayotgan boshlang’ich moddalar konsentratsiyasi, aralashtirish tezligi va harorat rejimiga bog’liq.
2) Sintetik yoqilgi olishda metanni konversiyalash darajasi – kislorod gazining to’liq ishlatilishidir, buni uglerod ikki oksid gazining absorbsiyalanish miqdori tavsiflaydi. Sistemaning Sintetik yoqilgi olishda metanni konversiyalash darajasi (% da o’lchanadi) suyuq va qattiq fazadagi yutilgan barcha uglerod ikki oksidining suyuq fazadagi umumiy ammiak miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi. Qattiq fazadagi CO2 miqdori NaHCO3 molekulasiga bitta NH4 CI molekulasi to’g’ri keladi. Ishlab chiqarish sharoitlarida distillanish darajasi 187%-190% ni tashkil etadi.
Kristal ko’rsatkichlar faqat o’ta tuyingan aralashmalardan xosil bo’ladi. Kristal ko’rsatkichlar shakllana boshlagandagi o’ta tuyinish kattaligi xaroratga bog’liq: xarorat qanchalik kichik bo’lsa, shunchalik katta o’ta to’yinish katta bo’ladi.
Karbonizatsiyalash jarayonida kolonnaning ichki yuzasi sekin-asta aralashmadan kristallanuvchi NaHCO2 qobig’I bilan qoplanib boradi. Kristallar bilan qoplangan yuzalarda kristallanuvchi oqim bevosita qattiq g’adur budur yuzaga yopishib, harakati sekinlashadi, bu kolonna devorining tashqi yuzasi va sovutish yuzasi umumiy suyuqlik massasi xaroratiga nisbatan ancha kichik bo’lishiga olib keladi. Bu esa aralashmaning o’ta tuyinish darajasini va bevosita kollonna qattiq yuzalarida kristallanish tezligini orttiradi. Yuzaga yopishgan kristallar keying Kristal qobiq xosil bo’lishini osonlashtiradi, shuning uchun borgan sari devorda cho’kma qatlami ortib, gaz va suyuqlik o’tishi uchun ochiq kesim kichrayib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |