Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati



Download 1,22 Mb.
bet2/10
Sana08.06.2022
Hajmi1,22 Mb.
#644953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Jahongir dis

Birinchi omil – baho jahon bozorida shakllanadi, ikkinchi omil “GTL” zavodini qurish uchun investitsiya texnik-iqtisodiy hisoblarni va tavakkalchilikning tahlil predmeti hisoblanadi.
Sintetik mator yoqilg‘isini jahonda ishlab chiqarishni 2002 yilgi holatini qaraydigan bо‘lsak, 2 mln.tonnadan (umumiy benzin va dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarishning 0,16% ni tashkil qilgan) oshmagan. “GTL” texnologiyasi bо‘yicha sintetik motor yoqilg‘isi ishlab chiqarishda belgilangan hamma loyihalar ishlab chiqarishga kiritilsa, XXI asrning boshlanishida umumiy ishlab chiqarilgan mahsulot 17 mln.t.yil-ni (1.4 % jahonda ishlab chiqariladigan benzin va dizel yoqilg‘ini tashkil qiladi) [26].
«OLTIN YO’L GTL» ishlatadigan texnologiyaning asosida «Sasol» kompaniyasining suspenzion distillyatsiya fazasining jarayoni (Sasol Slurry Phase Distillate Process™) (SPD jarayoni) yotadi. Bu jarayon uch bosqichdan iboratdir.
Birinchi bosqichda tabiiy gaz kislorod bilan bog'lanadi va sintez-gaz hosil bo'ladi. Shundan so'ng sintez gaz Fisher-Tropsh konversiyasi jarayonidan o'tib, natijada parafinli sintetik xom neft` olinadi. So'nggi bosqichda ushbu sintetik xom neft` kreking qilinib, tayyor mahsulot olinadi.Asosiy uch mahsulot dizel`, kerosin va naftadan iboratdir.
GTL dizeli. GTL dizeli yuqori texnik xarakteristikaga ega va tarkibida oltingugurt miqdori deyarli bo'lmagan, atmosferaga juda kam miqdorda otqin chiqaruvchi mahsulotdir. GTL dizelini toza holda mavjud dizel` dvigatellarida yoki an'anaviy dizel` mahsulotlari bilan aralashtirish maqsadida xom-ashyo sifatida qo'llash mumkin. GTL dizeli hom neftdan olinadigan standart dizel` yoqilg'isi bilan solishtirilganda ifloslantiruvchi moddalarni 70% gacha kam chiqaradi, uning toza va to'liq yonishi esa dvigatelda cho'kindilarni kamaytirishga yordam beradi. Bu esa, o'z navbatida, dvigatelning eskirishini kamaytiradi, uning xizmat muddatini uzaytiradi va moylash materiallarini almashtirish oralig'ini oshiradi. GTL dizelini shuningdek hom neftdan olingan standart dizel` yoqilg'isi bilan aralashtirish mumkin, bu neftni qayta ishlash zavodini qimmat turadigan qayta jihozlash zaruriyatisiz yoqilg'ining sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi.
GTL kerosini. Sayyoramiz ekologik toza havo transportiga muhtojdir, va GTL kerosini avialiniyalar operatorlariga atmosferaga chiqariladigan otqinlarni kamaytirishning xavfsiz va daromadli usulini taklif qiladi.
«OLTIN YO'L GTL». Ishlab chiqaradigan GTL kerosini O'zbekistonga dunyodagi eng zamonaviy aviatsion yoqilg'ining sanoqli ishlab chiqaruvchilardan biri bo'lish imkoniyatini beradi. Sintetik yoqilg'idan foydalanish hozirgi zamon aviatsiyasiga xos xususiyatidir, ammo texnik tasnifi va atmosferaga chiqaradigan otqinlar miqdori nuqtai nazaridan GTL kerosini hozirgi paytga qadar erishilgan barcha narsadan afzal bo'lish salohiyatga egadir. Aviatsiya sohasi GTL mahsulotlarining ulkan salohiyatini amalga oshirish mumkin bo'lgan yana bir qimmatli va turg'un jahon bozoridir.
GTL naftasi. GTL naftasi o'z toifasidagi eng zo'r mahsulotdir. Yuqori parafinli mahsulot bo'lgan GTL naftasi tarkibida amalda aromatik uglevodorodlar yoki oltingugurt yo'q, va, shu bilan birga, juda kam miqdorda metall aralashmalari bor. Yengil parafinli nafta turlari etilen krekingi uchun eng samarali xom ashyo hisoblanadi.Etilen esa neft-kimyo sanoatining asosiy tashkil etuvchi elementlaridan biridir; u polietilen, polistirol va hokazalar kabi turli plastmassa turlarini ishlab chiqarish uchun boshlang'ich hom ashyo hisoblanadi. Odatda parafin GTL naftasi tarkibining 98% tashkil etadi, bu parafin miqdori 65-75% tashkil etuvchi standart tasnifli oddiy nafta ko'rsatkichidan sezilarli darajada yuqoridir. GTL naftasining yana bir ustun jihati kreking jarayonida pech quvurlarining kokslanish koeffitsientining pastligidir.

Rasm - 1.1.1.
Tabiiy gaz
Toza gaz konlarining gazini tabiiy gaz deb nomlash qabul qilingan. Tarkibiy qismi bo‘yicha u yo‘ldosh gazlardan anchagina farq qiladi. Tabiiy gazda metanning miqdori yo‘ldosh gazdagidan ko‘p bo‘lib, 98% gacha yetishi mumkin; C2 va ayniqsa, C3 – C4 uglevodorodlarning miqdori tabiiy gazda, odatda, yuksak emas. Ko‘pgina tabiiy gazlarda ko‘proq miqdorda inert gazlar (N2,CO2 ) va kamyob gazlar (Ar,He va boshqalar) ham mavjud. Аyrim tabiiy gazlarning tarkibi 3a-jadvalda keltirilgan. Tabiiy va yo‘ldosh gazlar tarkibiga faqat to‘yingan uglevodorodlar kiradi.
Gaz holidagi olefinlarning qo‘llanilishi
Neftkimyo sintezi sanoatida gaz holidagi olefin uglevodorodlardan juda keng foydalaniladi. Polietilen, etil spirti, stirol va vinilxlorid olishda etilen ishlatiladi. Uni oksidlab atsetaldegid, etilen oksidlari olinadi. Propilen esa polipropilenni va u orqali quyi molekular polimer bo‘lmish sintetik yuvish vositalari xomashyosini, izopropil spirtini, glitserinlarni ham olishga ishlatiladi. Butilenni asosiy ishlatilish joyi – uni sintetik kauchuk uchun eng zarur monomer bo‘lmish butadienga degidrirlash, hamda spirtlar ishlab chiqarishdir; uni oksidlab va xlorlab ham qimmatli mahsulotlar olinadi. Izobutilen – sintetik kauchuk ishlab chiqarishda monomer hisoblanadi.
Izoamilenlar ham sintetik kauchuk ishlab chiqarishdagi izopren olishga yo‘naltiriladi.
Alternativ benzinni ishlab chiqarish
Uchta sanoat yo’nalishini ajratish mumkin.
Ko’mirdan benzin (ko’mirlarni destruktiv gidrogenlash).
Gazdan benzin (GTL – Gas Liquid);
Etanol.
Ko’mirdan benzinni olish jarayoni (ko’mirlarni destruktiv gidrogenlash) Ko’mirlarni destruktiv gidrogenlash nemis kimyogarlari F. Bergius va M. Pir tomonidan 1913-yilda kashf etilgan. Ko’mirga suv bug’i bilan yuqori haroratli ishlov berishga asoslangan bo’lib, quyidagi reaksiya bo’yicha boradi va keyinchalik sintetik benzinni tashkil qiluvchi suyuq uglevodorodlar olinadi. Bu texnologiya 450 C haroratda va 30 – 70 MPa bosimda vodorod ishtirokida suyuq yoqilg’ini olishga imkon berdi. 1926 yilda nemis kimyogarlari F. Fisher va G.Tropsh uglevodorodlarni suvli gazdan (suvli gaz deganda CO va H2 dan tarkib topgan gazni tushunadilar) olishga imkon beradigan katalizatorlarni taklif qildilar.



Rasm-1.1.2. Sintez gaz ishlab chiqarish reaktori
Ularning tadqiqotlari asosida Germaniyada sintetik yoqilg’i olishning sanoat jarayoni ishlab chiqilgan; shu bilan biriga gaz holidagi va suyuq holidagilar bilan birga qattiq uglevodorod (parafin) lar hosil bo’ladi. Sanoat katalizatorlari sifatida alyuminiy oksidiga cho’ktirilgan kobalt, nikel va VIII guruhning boshqa metallarni qo’llaganlar. Fisher Tropsh bo’yicha sintez jarayoni ko’mirlarni destruktiv gidrogenlash kabi ikkinchi jahon urushi vaqtida Germaniyada keng rivoj topdi: 1942 – 1944 yillarda qo’ng’ir va toshko’mir lar asosida sintetik suyuq yoqilg’ini ishlab chiqarish bir yilda 5 mln. m ga yaqinni tashkil qiladi.

Rasm-1.1.3. Fisher Tropsh sintez jarayoni reaktorining texnologik sxemasi

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish