TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTI
TA`LIM VA TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI (MAKTABGACHA TA`LIM)
BAJARILISHI REJALASHTIRILAYOTGAN DISSERTATSIYA ISH MAVZUSI
Maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘git va hikmatlar orqali dunyoqarashini shakllantirish yo‘llari mavzusidagi
DISSERTATSIYA ISHI
ILMIY RAXBAR: PhD.M.M.Berdiyeva
TADQIQOTCHI: ______________________
REJA:
KIRISH.
I BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA O‘GIT VA HIKMATLAR ORQALI DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI DOLZARB MASALA SIFATIDA.
1.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘git va hikmatlar orqali dunyoqarashini shakllantirish to’g’risida olimlarning fikrlari va qarashlari
1.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘git va hikmatlar orqali dunyoqarashini shakllantirish ning o’ziga xosligi
1.3. Maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘git va hikmatlar orqali dunyoqarashini shakllantirish bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari.
Birinchi bob bo`yicha xulosa
II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA O‘GIT VA HIKMATLAR ORQALI DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHNING METODLARI VA TEXNOLOGIYALARI.
2.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘git va hikmatlar orqali dunyoqarashini shakllantirishning shakllari.
2.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘git va hikmatlar orqali dunyoqarashini shakllantirish ning texnologiyalari
2.3 Maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘git va hikmatlar orqali dunyoqarashini shakllantirish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
Ikkinchi bob bo`yicha xulosa.
III BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA O‘GIT VA HIKMATLAR ORQALI DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISH TAJRIBADA O’RGANISH .
3.1. Tajriba sinov ishlarini tashkil etish va olib borish.
3.2. Tajriba sinov ishlari natijalari.
Uchinchi bob bo`yicha xulosa
UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
ILOVA.
Mavzuning dolzarbligi. Mavzuning dolzarbligi. Jamiyatimizning buguni, ertasi va kelajagi ko‘p jihatdan yoshlarimiz tarbiyasiga bog‘liq. Shuning uchun ham yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularning faolligini oshirib, dunyoqarashini shakllantirishda asosiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunida maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning birinchi bo‘g‘ini sifatida e’tirof etilib, uning 8-moddasida maktabgacha ta’lim bolalarni jismoniy, ma’naviy, aqliy, axloqiy, xullas, har jihatdan ta’limning keyingi turida, ya’ni maktabda o‘qishga tayyorlashi lozimligi ta’kidlanadi. Zero, O‘zbekistonning kelajak taraqqiyoti, salohiyati ma’lum ma’noda bolalarga maktabgacha ta’lim yoshidanoq maqsadli ravishda ta’lim-tarbiya berish, rivojlantirish va maktabga tayyorlashga bog‘liqdir.
Bolalarni tarbiyalash — davlat ahamiyatidagi vazifadir. Uning to‘g‘ri hal qilinishi tarbiya ishining qo‘yilishiga kompleks yondoshishga, tarbiyaviy muassasalarning, oila va jamoatchilikning to‘liq o‘zaro ta’siri va harakatining birligiga bog‘liq.
Hozirgi vaqtda maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnovchi bolalarni ham, qatnamaydigan bolalarni ham oilada har tomonlama milliy ruhimizda tarbiyalashning mazmuni va usullarini takomillashtirish, bolalar tarbiyasida oilaning ahamiyati haqidagi masalalarni o‘z milliy qadriyatla-rimiz asosida yaratish, maktabgacha tarbiya yoshidagi bola-larning oila va MTT sida tarbiyalanishidagi axloqiy, milliy o‘zaro ta’sirini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarni jadallashtirish juda zarur. Endilikda hayotimizning barcha sohalarida respublikaning milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, avlod ajdodlarimizning azaliy turmush tarzi, an’analari, urf odatlari va ko‘nikmalarini hisobga olib, bolalarimizda xalqimizga, o‘z vataniga mehr, samimiylik, his-tuyg‘ularini shakllantirish, ularni rivojlanitirish, tarbiya nazariyasi va amaliyotiga tadbiq etish, ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish muhim dolzarb muammoga aylanmokda.
MTT va oilada bolaning savodxonligini oshirish uchun turli vositalardan (ermak-o‘yinlar, maqollar, kitob mutaola qilish, birgalikda rasm chizish, topishmoqlar aytish kabilar) o‘z o‘rnida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha yoshdagi bolalar dunyoqarashini shakllantirishda o‘git va hikmatlardan foydalanish muhim hisoblanadi.Bu esa mavzuning dolzarbligi ko‘rsatib turibdi.
Tadqiqot ishining maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘git va hikmatlar orqali dunyoqarashini shakllantirish usullarini ochib berish.
Tadqiqot ishining vazifalari:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘git va hikmatlar orqali dunyoqarashini shakllantirish innovatsion texnologiyalardan foydalanish.
2.Maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘git va hikmatlar orqali dunyoqarashini shakllantirishning o’ziga xosligi va muhim jihatlari ochib berish.
3. Maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘git va hikmatlar orqali dunyoqarashini shakllantirishning shakllari va metodikasini o’rganish.
4. Maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘git va hikmatlar orqali dunyoqarashini shakllantirish yuzasidan texnologiyalar qo’llash.
Tadqiqot ishining predmeti Maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘git va hikmatlar orqali dunyoqarashini shakllantirish.
Tadqiqot ishining obyekti: Termiz shahridagi 28-20-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarning o‘git va hikmatlar orqali dunyoqarashini shakllantirish jarayoni.
Tadqiqot ishining metodlari: pedagogik kuzatish, suhbat, tajriba sinov, so’rovnoma,
Tadqiqot ishining tuzilishi: Kirish, 3-bob, 8-paragrf, har bir bob uchun xulosa, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar, ilovalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |