Qimmatli qog'ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtiirsh va nazorat qilish Markazi.
28
O'zbekiston qimmatli qog'ozlar bozori qisqa, lekin o'zining boy tarixiga ega
va bundan kuzatish mumkinki, mamlakatda iqtisodiyotning real sektorining
investitsion rivojlantirish uchun qulay sharoitni ta'minlovchi yuqori darajada
tashkillashgan qimmatli qog'ozlar bozorini tuzishga aloxida ahamiyat berilgan.
Xozirgi kunda milliy qimmatli qog'ozlar bozorining zaruriy infratuzilmasi tuzilgan
bo'lib, buning omili bo'lib amalga oshirilgan keng miqyosli iqtisodiy isloxotlar
xizmat qildi. Qimmatli qog'ozlar bozori rivojlanishining katalizatori bo'lib
xususiylashtirish e'tirof etildi, lekin afsuski u qimmatli qog'ozlar bozorini tez
sur'atlar bilan rivojlanishida samarali xizmat qilmadi. Shunga qaramasdan so'nggi
yillarda qimmatli qog'ozlar bozorining operatsion strukturasi tashkil etildi,
muomaladagi qimmatli qog'ozlar turlari va ularning bozori kengaydi. O'zbekiston
qimmatli qog'ozlar bozorining rivojlanish dinamikasi 1-5 jadvallarda keltirilgan.
Ta'kidlanganidek, qimmatli qog'ozlar bozorining asosiy funktsiyalaridan
xisoblangan taqsimlovchi va qayta taqsimlovchi funktsiya bo'lib, uni ham o'z
navbatida guruxlarga ajratish mumkin. Ulardan biri bu moliyaviy resurslarni bozor
faoliyatining soxalari va tarmoqlari o'rtasida taqsimlash hamda qayta taqsimlash
bo'lib, O'zbekistonda qimmatli qog'ozlar bozori mazkur funktsiyasini bajarish
darajasini yuqoridagi jadval orqali kuzatish mumkin. Misol uchun, birinchi
navbatda qimmatli qog'ozlarning savdo xajmi ko'rsatkichiga e'tibor qaratsa bo'ladi.
Ya'ni resurslar tarmoqlar o'rtasidagi taqsimoti avvalo birlamchi bozor orqali, qayta
taqsimoti esa ikkilamchi bozor orqali amalga oshiriladi:
Albatta 2014 yil davomida ikkilamchi bozor ulushining o'sishi bu resurslarni
samarali qayta taqsimlashda qimmatli qog'ozlar bozori o'z funktsiyasini bajara
boshlagan deyish mumkin, lekin bunda e'tibor qaratiladigan yana bir jihat ham
borki, bu umuman bozor xajmi va uning iqtisodiyot uchun qay darajada salmoqli
ekanligi. Bu jihatdan biz O'zbekiston qimmatli qog'ozlar bozorini taxlil qilishda
bozor kapitalizatsiyasi ko'rsatkichi yordam beradi. Bu ko'rsatkich bozor xajmini
mamlakaat yalpi ichki maxsulotiga nisbati orqali aniqlanadi. Jaxon amaliyotida
qimmatli qog'ozlar bozori yuqori darajada taraqqiy etgan davlatlarda mazkur
ko'rsatkichni yalpi ichki maxsulot xajmiga teng yoki uning 1,2 barobari o'rtasida
29
bo'lishligi tavsiya etiladi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda O'zbekiston
qimmatli qog'ozlar bozorining kapitalizatsiya darajasi 2014 yilda o'zining eng
yuqori ko'rsatkichiga erishgan bo'lsada(2,3 foiz), bu juda past ko'rsatkich
xisoblanadi.
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: