Osmotik bosim.
Agarda eritma bilan erituvchi yarim o‘tkazgich parda-tusik (membrana) yordamida ajratib kuyilsa, bu yarim o‘tkazgichdan erituvchi molekulalari bemalol o‘ta oladi, ammo erigan modda molekulalari o‘ta olmaydi. Bunda diffuziya bir tomonlama bo‘ladi. Bunday yarim o‘tkazgich parda vazifasini tirik organizmning ichak devorlari, terisi hamda o‘simliklarning bargi, sun’iy tayyorlangan membranalar (jelatina, cellofan va boshqalar ) bajaradi.
Erituvchining eritmaga bir tomonlama diffuziyasi osmos deyiladi . Yarim utkazgich–membrana sirti birligiga to‘g‘ri keladigan osmos kuchi eritmaning osmotik bosimi deyiladi.
Osmos hodisasini bevosita osmometrda kuzatish mumkin. Agar erituvchili idish(V) ga eritmali idish (A)ni tushirsak, erituvchining molekulalari yarim utkazgich tusik orqali o‘ta boshlaydi va natijada ichki idish(A)dagi suyuqlikning satxi ingichka qismi buyicha k o‘tarila boradi. Eritmaning bunday kutarilishidan hosil bo‘lgan ustun(h) ning gidrostatik bosimi erituvchinng sirtdan ichkariga kirayotgan mole-k o‘lalarning yarim o‘tkazuvchi t o‘sik orqali sirtki idishga chiqshga 1 yordam beradi. Nixoyat ichki dish (A) da eritmaning ko‘tarilishi to‘xtaydi. Suyuqlik k o‘tarilgan ustun h eritmaning konsentratsiyasiga va temperaturaga bog‘liq bo‘ladi.
Sistemadagi muvozanat holatga to‘g‘ri keladigan ushbu gidrostatik bosim osmosning miqdoriy har akteristikasi bo‘lib, osmotik bosimni tashkil kiladi. Shunday qilib, osmotik hodisasini tuxtatadigan gidrostatik bosim osmotik bosimga teng bo‘ladi. Osmotik bosimni miqdoriy ulchamlari birinchi marta V.Pfeffer (1877 y) tomonidan o‘tkazilgan va u quyidagi qonuniyatni yaratdi:
O‘zgarmas temperaturada eritmaning osmotik bosimi erigan modda konsentratsiyasiga to‘g‘ri proporsionaldir.
Osmotik bosim eritmaning absolyut temperaturasiga proporsionaldir.
Pfeffer qoidalari bilan Boyl-Mariot, Gey-Lyussak va Avagadroning gazlarga oid qonunlari orasida to‘la uxshashlik borligini birinchi marta 1886 yilda Vant-Goff e’tibor berdi. U bu qonunlarni birlashtirib osmotik bosim uchun xuddi ideal gaz tenglamalariga o‘xshash tenglama yaratdi: u quyidagi ko‘rinishga ega:
Р=С×R×Т
Bu erda: C-eritmaning molyar konsentratsiyasi, R-gaz doiymiyligi, T- absolyut temperatura , P –osmotik bosim .
Gazlar bilan eritmalar orasida o‘xshashlik Vant-Goff qonuni deb yuritiladi va u quyidagicha ta’riflanadi; eritmaning osmotik bosimi erigan modda ayni temperatura gaz holatida bo‘lib, eritma hajmiga teng hajmini egallaganda kuzatiladigan gaz bosimiga tengdir.Suyultirilgan eritmalar uchun Avogadro qonuni quyidagicha ta’riflanadi; teng hajmida olingan va bir xil osmotik bosimga ega bo‘lgan eritmalarda erigan modda molekulalar soni bir xil bo‘ladi. Agar 22,4 l erituvchida 0°S da 1 mol modda eritilsa, eritmaning osmotik bosimi bir atmosferaga teng bo‘ladi. Osmotik bosim kattaligi atmosferalar bilan o‘lchanadi. Bir xil osmotik bosimga ega bo‘lgan eritmalar izotonik eritmalar deyiladi .
Erituvchi osmotik hodisasida, konsentratsiyasi kam bo‘lgan eritmadan, konsentratsiya yuqori bo‘lgan eritmaga o‘tadi, ya’ni osmotik jarayonlarda erituvchi yarim o‘tkazgich orqali bir-biriga tegib turgan ikki eritmaning konsentratsiyasini tenglash tomon diffuziyalanadi Osmotik bosim hayvon va ayniqsa o‘simliklar hayotida juda muhim rol uynaydi. Masalan, xayvonlarda oziq moddaning xazm bo‘lish jarayonlari, buyrakdan moddalarning ajralishi, o‘simliklar ildiziga er osti eritmalarining o‘tishi va ularning o‘simliklar tanasiga tarqalishi va hokazolar jarayonlar osmos bilan aloqadordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |