18
24. Kolloidlarning barqarorligi haqida fizik nazariya.
Kolloiod eritma zarrachalarining bir-biri bilan qo`shilib, yiriklashish xodisasi koagulyatsiya
(koagullanish) deyiladi. Yiriklashgan zarrachalar og’irlik kuchi ta`sirida eritmaning yuqori qismlaridan
past qismlariga cho`ka boshlaydi, nixoyat zarrachalar eritmalardan ajraladi. O`z-o`zicha boradigan
koagulyatsiya ancha uzok vaqt davom etadi. Koagulyatsiyani turli vositalar yordamida tezlatish
mumkin:zolga elektrolit qo`shish;zolga boshqa kolloid qo`shish;zolni qizdirish bilan
tezlashtiriladi..Elektrolit qo`shilganda vujudga keladigan koagulyatsiyani mukammal o`rganish quyidagi
xulosalarga olib keldi.1.Agar kolloid eritmaga xar qanday elektrolitdan etarli mikdorda qo`shilsa,
koagulyatsiya sodir bo`ladi. Koagulyatsiya sodir bo`lganligini bevosita ko`rish mumkin bo`lsa, u ochiq
koagulyatsiya, ko`rish mumkin bo`lmasa, yashirin koagulyatsiya deyiladi.2.Ochik koagulyatsiya bo`lishi
uchun elektrolit kontsentratsiyasi koagulyatsiya kontsentratsiyasi qiymatidan ortiq bo`lishi kerak, ya`ni
elektrolit kontsentratsiyasi koagullanish ostonasi deb atalgan minimal miqdordan oshdi deguncha eritma
darxol koagullanadi.3.Koagulyatsiyaga elektrolitning faqat bir ioni sabab bo`ladi. Musbat zaryadli
kolloidlar anionlar ta`siridan, manfiy zaryadli kolloidlar esa kationlar ta`siridan
koagulyatsiyalanadi.4.Ayni kolloidning koagulyatsiya ostonasi birinchi navbatda
koagulyatsiyalanayotgan ion valentligiga bog’liq bo`ladi.Koagulyatsiyalanayotgan ionning valentligi
katta bo`lsa, uning koagulyatsiyalash xususiyati xam kuchliroq bo`ladi. Tajriba ko`rsatishicha, agar bir
valentli kationning koagulyatsiyalash xussiyati 1 desak, ikki valentli kationniki taxminan 70, uch valentli
kationniki esa taxminan 550 bo`ladi. elektrolitning koagulyatsiya kontsentratsiyasi (koagulyatsiya
ostonasi) 1 l zolga qo`shilgan elektrolitning millimol’ mikdorlari bilan ifodalanadi.SHul’tse va Gardi
elektrolit ionining valentligi bilan uning koagulyatsiyalash kuchi orasidagi bog’liqlikni aniqladilar.
SHul’tse-Gardi koidasi deyiladigan bu bog’liqlik quyidagicha ta`riflanadi:Koagulyatsiyalovchi ionning
valentligi qancha katta bo`lsa, uning koagulyatsiyalash kuchi shuncha ko`p va koagulyatsiya
kontsentratsiyasi shuncha kam bo`ladi.Bu koida takribiy xarakterga ega, chunki ba`zan bir valentli
organik asoslar ionlarini koagulyatsiyalash ta`siri 2 valentli ionlarnikidan yuqori bo`lishi mumkin. Bir xil
ionlar (masalan, NO
3
) bilan birikkan Li, Na, K, Rb, Cs kationlarini manfiy kolloidlarni koagulyatsilash
ta`siri quyidagi tartibda o`zgaradi:Cs
+
>Rb
+
>NH
+
>K
+
>Na
+
>Li
+
Kation bir xil bo`lganda Cl
-
, Br
-
, NO
3
-
,
J
-
ionlarini musbat kolloidlarni koagulyatsiyalash ta`siri quyidagi qatorga muvofiq keladi:Cl
-
>, Br
-
>,
NO
-
3
>, J
-
Bu qatorlar kolloid kimyoda liotrop qatorlar deyiladi.Dispers sistemalarning agregativ
barqarorligi va koagulyatsiyasi xaqidagi xozirgi zamon fizik nazariyasi 1945 yilda B.V.Deryagin va
L.D.Landau tomonidan taklif kilindi.Bu nazariyaga muvofiq dispers faza zarrachalari orasida o`zaro
tortishish va itarilish kuchlari ta`sir qiladi.Ushbu nazariyada kaysi masofadan boshlab itarilish (Vander-
Vaal’s molekulyar kuchlar) ta`siri Broun xarakati kuchidan yuqori bo`lishi ko`rsatib berilgan va
asoslangan. SHu bilan birga zarrachalar orasida "YOruvchi bosim" deyiladigan aloxida kuchlar ta`sir
etishi ko`rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: