17
23.Kolloid eritmalarning barqarorligi
Dispers faza bilan dispersion muxit orasida kuchsiz o`zaro ta`sir mavjud bo`lgan liofob kolloid sistemalar
beqaror bo`lib, vaqt o`tishi bilan ularning disperslik darajasi o`zgaradi, ya`ni yiriklashadi. Yiriklashish
jarayonining tezligi turli kolloid sistemalarda turlicha bo`ladi.Liofob zollarda disperslik darajasining
kamayishi ikki yo`l bilan sodir bo`lishi mumkin:
1.qayta kristallanish natijasida mayda zarrachalardan yirik zarrachalarga birikish yoki singish jarayoni
sodir bo`lsa;2.dispers faza zarrachalarining bir-biriga yopishib yiriklashuv natijasida.
Kolloid zarrachalarni molekulyar kuchlar ta`sirida o`zaro birlashib yiriklasha borish jarayoni
koagulyatsiya deyiladi. Yiriklashish jarayoni ba`zi kolloidlarda juda tez, ba`zilarida ancha sekin boradi.
Koagulyatsiyaga uchragan sistemada dispers faza zarrachalari suyuqlik va qattiq jismni solishtirma
massalariga qarab idish tubiga cho`kishi (sedimentatsiya) yoki emul’siyadan iborat suyuq qavat xolida
ajrab qolishi (koatservatsiya) deyiladi. Dispers fazasining zarrachalari og’irlik kuchi ta`sirida sezilarli
darajada cho`kmaydigan dispers sistemalar sedimentatsion barqaror sistemalar deyiladi. Professor
N.P.Peskov fikricha, dispers sistemalarning barqarorligi ikki xil: agregativ va kinetik (yoki
sedimentatsion) bo`ladi.Dispers sistemaning agregativ barqarorligi dispers sistemaning o`ziga
xos disperslik darajasini saqlash, ya`ni koagulyatsiyaga uchramaslik xususiyatidir. Agregativ
barqarorlikni sababi ikkita:1.Kolloid zarrachalar bir xil zaryadga ega bo`ladi;2.Kolloid zarrachani
erituvchining molekulalari qurshab olib, zarracha atrofida sol’vat qobiqlar xosil qiladi.
Sistemaning agregativ barqarorligi, zol’ tarkibiga, uning zarrachalari tuzilishiga va kolloid eritma qanday
xolatda ekanligiga bog’liqdir.
Dispers sistemaning sedimentatsion barqarorligi dispers faza zarrachalarining og’irlik kuchi (yoki
markazdan qochuvchi kuch) ta`sirida dispersion muxitdan ajralmaslik qobiliyatini
ko`rsatadi.Sedimentatsion barqarorlik diffuziyaga va Broun xarakatiga bog’liq. Zarrachalarning
dispersion muxitdan ajralib chikish tezligi xam ularning Broun xarakatining intensivligiga va solishtirma
massasiga bog’liq.Suspenziya va emul’siyalarda zarrachalarni o`lchamlari ancha katta bo`lganligidan ular
o`z-o`zicha xarakat qila olmaydi, ya`ni ularda diffuziya deyarli sodir bo`lmaydi. SHuning uchun
suspenziya va emul’siyalar sedimentatsion jixatdan barqaror emas. Demak, dag’al dispers sistemalar
sedimentatsion jixatdan barqaror bo`lmagan mikrogeterogen sistemalardir.Kolloid eritmaning disperslik
darajasi yuqori bo`lganidan ularning mitsellalari o`z-o`zicha xarakat qila oladi, ya`ni kolloid eritmalarda
diffuziya sodir bo`ladi. SHuning uchun kolloid eritmalar sedimentatsion jixatdan barqarordir. Lekin
kolloid eritmadagi zarrachalar xar xil ta`sirlar ostida bir-biri bilan birikib yiriklasha oladi va kolloid
sistemaning disperslik darajasi kamayadi. Natijada, sistema o`z barqarorligini yukotadi. SHuning uchun
kolloid sistemalar agregativ barqaror bo`lmagan ul’tramikrogeterogen sistemalardir.CHin eritmalarda
zarrachalar bir-biriga qo`shilib yiriklashmaydi, bu eritmalarda zarrachalar o`z-o`zicha xarakat xam qiladi.
Demak, chin eritmalar agregativ va sedimentatsion barqaror gomogen sistemalardir.
Liofob kolloidlarning agregativ barqarorligi xaqidagi tasavvurlarni 5 ta guruxga bo`lish mumkin:1.Ionlar
yordamida barqarorlashgan liofob kolloidlarning agregativ barqarorligi.2.Liofob kolloidlarning struktura-
mexanik omillar tasiridagi barqarorlik.3.Zarrachalarni sol’vatlanishi natijasidagi barqarorlik.4.Sistemani
termodinamik xossalaridan kelib chiqadigan barqarorligi. Bunda sistemaning entropiya omili sababchi
bo`ladi.5.Sferik (fazoviy) omillar xaqidagi barqarorlik.
Do'stlaringiz bilan baham: