TOKARLIK RDB DASTGOHINING TEXNIKAVIY TAVSIFINI ANIQLASH VA STMni ISHLAB CHIQISH
Loyihalash uchun dastlabki ma’lumotlar:
Ishlov berilayotgan detallar turi: vallar
Ishlov berilayotgan material: qora va rangli metallar HB 125-325
Detalning maksimal o’lchamlari 400x710 (diametr x uzunlik)
Ishchi operatsiyalarning turlari: ichki, tashqi slindrik va fason yuzalarga toza va dag’al ishlov berish
Ishlov berish aniqlik darajasi: normal
Bosh harakatning rostlash va yuritmasining turi: pog’onasiz, doimiy tok elektr dvigateli
Surishlarni rostlash: pog’onasiz
Surishlar yuritmasi turi: qadamli elektr dvigatel + gidrokuchaytirgich
Supportlarning koordinata o’qlari bo’yicha tez harakat tezligi (x/Z) mm/min: 2400/4800
Bir vaqtda boshqariladigan koordinatalar soni: 2
Koordinata o’qlari bo’yicha (X/Z) diskretlilik, mm: 0.005/0.01
Kesish asboblari soni: 6-holatli keskich tutkichi
Prototip: 16к20ф3c2
LOYIHALANAYOTGAN DASTGOHNING TEXNIKAVIY TAVSIFLARININ ANIQLASH
Surishlar, kesish tezligi va shpindel aylanish chastotalai oxirgi cheklarini tanlash
Dag’al yo’nish
Dag’al yo’nishda surishning S qiymati keskich kesimi b x h, detal diametri d, ishlov berilayotgan material hamda kesish chuqurligi t ga bog’liq.
Loyihalanayotgan dastgoh prototipiga qarab (16к20ф3) quyidagilarni qabul qilamiz: b x h = 25x25 mm yoki b x h = 20x32 mm, va tmax= 5 mm.
Ko’rsatilgan ko’rsatkichlarning qabul qilingan qiymati, hamda berilgan chekli diametrlar va detallar materiali uchun ma’lumotnomadan surishning quyidagi jadvaliy qiymatini tanlaymiz (jadval 1.01)
Keskich kesimi
B x h, mm
|
Detal diametri, mm
|
Po’lat
|
Kesish chuqurligi, mm
|
3
|
5
|
8
|
25x25
|
80
|
|
0.5-1.1
|
|
20x32
|
400
|
|
0.7-1.2
|
|
Uzlukli sirtlarga ishlov berish va zarba bilan ishlashda tuzatuvchi koeffitsient Ks1 = 0.75 - 0.85 kiritiladi. Toblangan po’latlar uchun (HRC 44-56) koeffitsient Ks2=0.8 bo’ladi.
Ushbu koeffitsientni hisobga olgan holda surishning chekli qiymatlari quyidagicha bo’ladi:
Smin = STmin*0.75*0.8 = 0.30 mm/ayl
Smax = STmax = 1.2 mm/ayl
Dag’al ishlov berishda kesish tezligi qiymati kesish chuqurligi t, surish qiymati S, plandagi bosh burchak φ, asbob bardoshligi T, ishlov berilayotgan material hamda asbob materialiga bog’liq bo’ladi.
Konstruksion uglerodli po’latdan (HB 156-321) tayyorlangan detallarga ishlov berish uchun T15K6 markali qattiq qotishmali keskichini tanlaymiz. Asbob bardoshliligi T = 60 min.
Ko’rsatib o’tilgan parametrlarning qabul qilingan va tanlangan qiymatlari uchun malumotnomadan kesish tezligining quyidagi jadvaliy qiymatlarini tanlab olamiz. (jadval 1.02)
Kesish chuqurligi, mm
|
Surish, mm
|
Ishlanayotgan material
|
Konstuksion po’lat
|
Asbob materiali
|
Qattiq qotishma
|
Plandagi bosh burchak
|
45
|
60
|
90
|
5
|
0.3
|
130
|
125
|
105
|
0.8 va yuqori
|
90
|
85
|
75
|
Tuzatuvchi koeffitsientlarni aniqlaymiz:
Ishlanayotgan material qattiqligiga bog’liq koeffitsient. Qattiqligi HB 156 – 207 materialdan tayyorlangan detallarga qattiq qotishmali keskichlar bilan ishlov berishda Kv1 = 1, qattiqligi HB 285 – 321 detallar uchun esa Kv1 = 0.65.
Qattiq qotishma markasi va bardoshliligiga bog’liq koeffitsient. T15K6 markali va bardoshligi T = 60 min qattiq qotishma uchun konstruksion po’latlarga ishlov berishda Kv2 = 1.55.
Ishlov berish turiga (bo’ylama yo’nish, ko’ndalang yo’nish, shakldor yo’nishva hokazo) bog’liq koeffitsient. Bo’ylama yo’nish uchun Kv3 = 1.
Yuqoridagi tuzatuvchi koeffitsientlarni hisobga olgan holda kesish tezligi cheklari quyidagicha bo’ladi:
Vmin = VTmin * 0.65 = 75 * 0.65 = 48.75 m/min
Vmax = VTmax * 1.55 = 130 * 1.55 = 201.5 m/min
Dag’al ishlov berishda aniqlangan kesish tezliklari uchun shpindel aylanish chastotalarinining chekli qiymatlarini topamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |