Diqqat! Ushbu mustaqil ish 8-sinf o’zbekiston tarixi kitobi asosida to’liq qo’lda tayyorlandi! 3-kredit nazorat savollariga javoblar



Download 57,23 Kb.
bet6/10
Sana15.11.2022
Hajmi57,23 Kb.
#866662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O\'zTarix 3kreditTop

BXSR va XXSR ning tuzilishi?

Javob:
Xorazm Xalq Sovet Respublikasi, Xorazm XSR, XXSR (ruscha: Хорезмская Народная Советская Республика) — Xiva Xonligi hududida xonlik tuzumi agʻdarib tashlangach yuzaga kelgan xalq respublikasi. Maydoni 62 200 km², aholisi 550 ming kishi (1920). Milliy tarkibi, asosan, oʻzbeklar (65%), qisman turkmanlar (26,8%), qoraqalpoqlar (3,8%), qozoqlar (3,4%) va boshqalardan iborat. Xorazm XSR maʼmuriy jihatdan 4 ta viloyat (Hazorasp, Yangi Urganch, Toshhovuz, Xoʻjayli) va 26 ta tumanga boʻlingan (1923). Xorazm XSR hududi Buxoro Xalq Sovet Respublikasi, Turkiston ASSR, Qozogʻiston ASSR bilan chegaralangan. Poytaxti Xiva shahri boʻlgan.
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi, Buxoro XSR, BXSR (ruscha: Бухарская Народная Советская Республика; tojikcha: Ҷумҳурии Халқии Шӯравии Бухоро) — Buxoro amirligida amirlik tuzumi agʻdarib tashlangach, yuzaga kelgan xalq respublikasi. Maydoni 182,193 ming km², aholisi taxminan 2,2 million kishidan ortiq boʻlib, asosan oʻzbeklar, tojiklar va turkmanlar, qisman qozoq, qoraqalpoq, tatar va buxoro yahudiylari yashagan. Buxoro XSR Xorazm Xalq Sovet Respublikasi, Turkiston ASSR va Afgʻoniston davlatlari bilan chegaradosh boʻlib, poytaxti Buxoro shahri boʻlgan.
1920 yil 14 sentyabrda Xalq Nozirlar SHo‘rosi, Buxoro muvaqqat inqilobiy qo‘mitasi va Buxoro Kompartiyasi MK ning umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 9 kishidan iborat Abduqodir Muhiddinov raisligida Butunbuxoro inqilobiy qo‘mitasi va 11 kishidan iborat respublika hukumati – Fayzulla Xo‘jayev raisligidagi Xalq Nozirlar SHo‘rosi tuzildi. Buxoro Xalq Nozirlari SHo‘rosining tarkibi quyidagicha edi:
1920 yil 30 aprelda Xorazm millatidan va dinidan qat’i nazar barcha mehnatkashlarning respublikasidir, deb e’lon qilindi. Shunday qilib 1920 yil aprel oyida Xorazmda mustaqil Xalh Respublikasi e’lon qilinib, barcha xalqlar bilan birodarlikda yashashga katta umid bog’landi.
1920 yil 1 fevralda Xivaning oxirgi xoni taxtdan tushirilib, hujjatga imzo chekkandan keyin, 2 fevral kuni inqilob g’alabasi e’lon qilindi va inqilobiy qo’mita tuzildi. Ana shu tariqa Xorazmda yangicha hayot va boshqarish tartibi e’lon qilindi. Turli tashkilotlar vujudga kela boshladi. Xorazm davlatining dastlabki hujjatlaridan biri machitni davlatdan ajratish bo’ldi.
1920 yil 2 aprelda esa turkman urug’ boshliqlari Qo’shmuhammad, G’ulomalixon, Baxshi va boshqalar ishtiroqida Gelbart kotibligida, Olloqulov tarjimonligida majlis o’tkazilib, birinchi navbatda o’zaro nizolarga chek qo’yish masalasi muhokama qilindi. Chunki Xorazm vohasi xalqlari o’rtasidagi munosabatlarni to’g’ri yo’lga qo’yishda asosiy masala ilgarigi Xiva xonligi xududidagi o’zbek, turkman, qozoq. qoraqalpoq millat mehnatkashlari o’rtasida o’zaro ishonchni mustahkamlash, qo’shni Amudaryo viloyati bilan ularning o’zaro hamkorligini kuchaytirish, umuman Xorazm mehnatkashlari bilan Turkiston Respublikalari mehnatkashlari o’rtasidagi do’stlikni yuqori darajaga ko’tarishdan iborat edi.
Bu kengashda o’zaro nizoli harakatlarning aybdori chor Rusiyasi bo’lib kelgani aytildi. Kelgusida mehnat bilan harbiy majburiyat teng taqsimlansa o’rtadagi nizolarga chek qo’yilishi anih ko’rsatildi. G.I. Broyda tashabbusi bilan boshlangan bu kengashda ishtirok qilgan o’zbek va turkman urug’ boshliqlari, oqsoqollari bunga tamoman rozi bo’ldilar. Shu bilan turkman mehnatkashlarining vakillarini ham markaziy hokimiyatga saylashni zarur topdilar. Oilaviy aloqalar o’rnatishni ilgari surdilar. Butun Xorazm vakillarining birinchi qurultoyiga saylanadigan 200 nafar vakillarning 80 nafari turkmanlar vakillari bo’lishi belgilandi.
1920 yil 9 aprelda Vaqtli hukumatning majlisi chaqirilib, Nozirlar sho’rosi tuzildi. Polvonniyoz hoji Yusunov (Davlat nazorati), Bekjon Rahmonberganov – Xalh madaniyati za maorifi noziri, Bobooxun Salimov – adliya noziri, Jumaniyoz Sultonmurodov – vaqtli hokimiyat raisi Odomoxun Ortiqov – muovini va boshqalar.
Xorazmda endigina shakllanayotgan hokimiyatning shu majlisida davlat tuzilishi, nozirliklar tashkil qilish, maktab, kasalxona ochish, yangi lavozimlar saylov nizomi haqidagi masalalar muhokama qilindi. Xorazmdagi 20-yillardagi o’zgarishlarning eng muhim natijadari: o’zbeklar bilan turkmanlar hamkorligi vujudga kelib, mehnat armiyasi tashkil qilindi. Saylov qonuni, sudxo’rlikka qarshi dekret, vakuf erlari haqida nizom, oliy sud haqida, xon erlari va mulklarini musodara qilish haqida konunlar e’lon qilindi.
1920 yil 27 aprelda Xiva shahrida Butun Xorazm vakillarining birinchi qurultoyi chaqirilib (buning ishtirokchilari turli millatga mansub kishilar edi) barcha millat mehnatkashlarining manfaatiga mos keladigan masalalarni muhokama qildilar va bu borada zarur qarorlar qabul qildilar. Ko’p yillardan buyon davlat nomi «Xiva» shaklida ishlatilib kelingan bo’lsa, endi Xorazm nomi bu qurultoyda qayta tiklandi, Xorazm Xalh Sovet Respublikasi (XXSR) tuzilgani e’lon qilindi va uning Konstitutsiyasi qabul qilindi. Bundan tashqari Xorazm XSR ning Nozirlar Sovetini sayladilar. 8 ta nozirlik tashkil qilinib, 5 nafar kommunist, bir yosh Xivalik va 2 nafar partiyasiz kiritildi. 1920 yil 28 aprelda esa XXSR e’lon qilindi.
1920 yil 30 aprelda Xorazm millatidan va dinidan qat’i nazar barcha mehnatkashlarning respublikasidir. deb e’lon qilindi. Shunday qilib 1920 yil aprel oyida Xorazmda mustaqil Xalh Respublikasi e’lon qilinib, barcha xalqlar bilan birodarlikda yashashga katta umid bog’landi.


  1. Download 57,23 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish