DIQQAT TURLARI VA UNING XUSUSIYATLARI
Reja:
1 Diqqat turlari
2 Diqqatning boshqa bilish jarayonlari bilan bog’liqligi
3 Diqqat fiziologiyasi
Diqqat psixologik noyob hodisa bo‘lib, hozirgacha ruhshunoslar u haqda yagona fikrga ega emaslar. ba’zi bir mualliflarning fikriga ko‘ra, diqqat istalgan psixik jarayonda u yoki bu darajada ishtirok etganligi sababli, mustaqil hodisa sifatida o‘rganilishi mumkin emas. boshqalar esa diqqatning psixik jarayon sifatida mustaqilligini yoqlaydilar.
Bundan tashqari, diqqatning psixik hodisalarning qaysi sinfiga tegishliligi haqida ham turli fikrlar mavjud. ba’zilarning ta’kidlashiga ko‘ra, diqqat – bu psixik bilish jarayoni. boshqalar diqqat har bir faoliyatning zarur sharti ekanligiga, diqqatning o‘zi esa ma’lum iroda kuchlarining ifodalanishini talab etishiga asoslangan holda, diqqatni iroda va insonning faoliyati bilan bog‘laydilar.[1]
Diqqat hodisasini tushuntirishning murakkabligi, uning «toza» ko‘rinishda uchramasligidan iborat. diqqat o‘zining bilish mazmuniga ega emas, u faqat boshqa bilish jarayonlari faoliyatiga xizmat ko‘rsatadi. shuning uchun diqqatni bilish jarayonlarining o‘sish xususiyatlarini xarakterlovchi holat, psixofiziologik jarayon sifatida o‘rganish zarur. diqqat o‘zi nima?
Diqqat – bu psixik faoliyatning biror-bir ma’lum narsaga yo‘nalganligi va jamlanganligi. bu hayvonlar, shuningdek, inson diqqatlarining umumiy ta’rifi. insonga nisbatan diqqatni ma’lum ob’ektlarga inson diqqatining, bir vaqtning o‘zida boshqa ob’ektlardan chalg‘igan holda, yo‘nalganligi va jamlanganligi sifatida o‘rganish mumkin. bu ta’rifdan diqqatning ahamiyatga molik belgilari uning yo‘nalganligi va jamlanganligidan iborat ekanligi kelib chiqadi.
Psixik faoliyatning yo‘nalganligi ostida uning tanlash xususiyati, ya’ni, sub’ekt uchun ahamiyatli bo‘lgan aniq jismlar, hodisalarni atrof-muhitdan ajratib olish yotadi. yo‘nalganlik tushunchasiga, shuningdek, ma’lum vaqt oralig‘ida psixik faoliyatni saqlab qolish ham kiritiladi.[1]
Diqqatning boshqa xususiyati uning faoliyatga u yoki bu darajada chuqurlashganligini tushuntirib beruvchi jamlanganligidir. vazifa qanchalik murakkab bo‘lsa, diqqatning jadalligi va zo‘riqishi shunchalik kuchli bo‘lishi kerak, ya’ni, bunda faoliyatga chuqur kirib borish talab etiladi. ikkinchi tomondan, jamlanganlik boshqa yot narsalardan chalg‘ish bilan bog‘liq. aks holda, yot narsalardan chalg‘iy olmay qolsangiz, vazifani bajarishingiz qiyinlashadi.
Yo‘nalganlik va jamlanganlik bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liq. diqqatingizni biror-bir narsaga yo‘naltiradigan bo‘lsangiz, bir vaqtning o‘zida diqqatingizni unda jamlagan bo‘lasiz. va aksincha, biror-bir narsada jamlansangiz, o‘z ruhiy faoliyatingizni unga yo‘naltirgan bo‘lasiz. diqqatning yo‘nalganligi bir mashg‘ulotdan ikkinchisiga o‘tish bilan, jamlash esa – mashg‘ulotda chuqurlashish bilan bog‘liq.
Diqqatning inson psixik faoliyatida tutgan o‘rnini tushunish uchun o‘zingizni biror-bir jismlar guruhiga qarayotgandek tasavvur qiling. ko‘rish maydoningizning markazida joylashgan ba’zi bir jismlar aniqroq, ko‘rish maydoningizning chetida turganlari esa aksincha idrok etiladi. shunga o‘xshash hodisani ongimizga nisbatan ham tuzish mumkin: faoliyatimiz mohiyati ongimizning markazini egallagan bo‘ladi; ahamiyatga molik bo‘lmaganlari esa ongimizdan chetga surilib qoladi. lekin boshqacha ham bo‘lishi mumkin: siz qandaydir jismga qaragan holda, umuman, boshqa narsa haqida o‘y surasiz. bunda ongingizning «markaziy maydoni» ko‘rayotganingiz bilan emas, o‘ylayotganingiz bilan band bo‘ladi.
Ongimizni grafik tarzda tasvirlaydigan bo‘lsak, biri ikkinchisiga joylashgan ikki aylana ko‘rinishida chizish zarur. katta aylana aniq bo‘lmagan ong, kichik aylana esa, – aniq ong yoki diqqat deb ataladi.[2]
Psixik bilish jarayonlarining yo‘nalganligi va tanlash xususiyati diqqat bilan bog‘liq. diqqat bilan idrokning aniqligi va izchilligi, xotiraning mustahkamligi va tanlash xususiyati, aqliy faoliyatning yo‘nalganligi va samaradorligi, qisqasi, umuman bilish faolligining sifati va natijalari aniqlanadi.
Perseptiv jarayonlar uchun diqqat tasvirlar chizgilarini farqlash imkonini beruvchi o‘ziga xos kuchaytirgich bo‘lib hisoblanadi, inson xotirasi uchun diqqat qisqa muddatli va operativ xotirada kerakli ma’lumotni saqlab turuvchi omil, yodda saqlangan ma’lumotni uzoq muddatli xotira zahirasiga o‘tkazishining zarur sharti, tafakkur uchun esa masalani tushungan holda echimini topishning shartli omili sifatida namoyon bo‘ladi.
Insonlararo munosabatlar tizimida diqqat o‘zaro hamfikrlik, odamlarning bir-birlariga moslashishi, shaxslararo nizolilarning oldini olish va o‘z vaqtida hal etishga yordam beradi.
Diqqat — subʼyekt faoliyatining biror obʼyekt yoki hodisaga jalb qilinishi. U har qanday ongli faoliyat samaradorligining zarur shartidir. Bosh miya poʻstlogʻining muayyan joylaridagi optimal qoʻzgʻalish manbalari Diqqatning fiziologik asosini tashkil qiladi. Diqqat ikki turga boʻlinadi: ixtiyorsiz (passiv) diqqat va ixtiyoriy (aktiv) diqqat. Ixtiyorsiz diqqat biron tashqi sabab taʼsirida kishi xohishidan qatʼi nazar hosil boʻladi. Bunday diqqat odamdan iroda kuchini talab qilmaydi. Diqqatni jalb qilish uchun qoʻzgʻatuvchining kuchi katta ahamiyatga ega; mas, narsaning chi-royliligi, yorqinligi, oʻtkir hidliligi va b. xususiyatlari diqqatni beixtiyor tortadi. Ixtiyoriy diqqatda psixik faoliyat oldindan belgilangan maqsad bilan muayyan narsaga ongli ravishda jalb etiladi. Diqqatning bu turi iroda kuchini talab qiladi; shuning uchun bu diqqat irodaviy diqqat deb ham ataladi. Insonning butun ongli faoliyati asosan ixtiyoriy diqqat vositasida amalga oshiriladi.
Diqqatning barqarorlik, koʻchuvchanlik, boʻlinuvchilik kabi xususiyatlari, koʻlami bor. Diqqatning barqarorligi uning yagona, umumiy (mas, kitob oʻqish, masala yechish kabi) ishga xizmat qiluvchi narsa yoki hodisaga uzoq muddat jalb boʻla olishidan iborat. Bunda harakat obʼyektlari (mas, kitob matni, masalada berilgan sonlar va shu kabilar) hamda harakatning oʻzi (mas, masalani yechish yoʻllari) oʻzgarib turishi mumkin, lekin faoliyatning umumiy yoʻnalishi oʻzgarmay saqlani-shi lozim. Koʻchuvchan diqqat bir faoli-yatdan yoki narsadan boshqa faoliyat yoki narsaga tez jalb boʻladi. Bu xususiyat diqqatning avvalgi narsaga qay darajada qaratilganligiga va yangi faoliyatning xususiyatiga (uning diqqatni qanchalik qarata olishiga) bogʻliq. Diqqatning boʻlina olish xususiyati bir vaqtning oʻzida 2 yoki undan ortiq ish-harakat bajarishda aks etib, koʻp kasb egalari (mas, oʻqituvchi, shofyor, uchuvchi) uchun ayniqsa katta ahamiyatga ega. Bu xususiyat bir faoliyatni bajarish xiyla avtomatlashib, ikkinchi faoliyat bir qadar tanish boʻlib qolgandan ke-yin tarkib topadi.
Diqqat koʻlami uning eng qisqa vaqt ichida (goʻyo birdaniga) oʻz doirasiga sigʻdira olishi mumkin boʻlgan narsalar soni bilan belgilanadi. Shu jihatdan Diqqat keng yoki tor boʻlishi mumkin. Odatda, keng koʻlamli diqqat yaxshi diqqat hisoblanadi. Diqqat koʻlami idrok qilinayotgan narsalarning hamda ularni idrok qilayotgan kishi faoliyatining vazifasi va xususiyatiga bogʻliq.
Diqqatning aksi parishonxotirlikayar. Bunda odam diqqatini biror narsaga toʻplay olmay, hamma vaqt boshqa narsalarga chalgʻiyveradi. Shunday holat kishi qattiq charchaganda, uning uchun ahamiyatsiz juda koʻp qoʻzgʻatuvchilar mavjudligida yoki, aksincha, bitga ham qoʻzgʻatuvchining odam uchun ahamiyati boʻlmaganda roʻy beradi. Mashq qilish bilan parishonxotirlikka barham berish mumkin.
Diqqatning turlari va xususiyatlari odamning juda yoshlik davridan boshlab rivojlanadi va hayoti davomida oʻzgarib, murakkablashib boradi.
Shaxsning ayni chog`dagi psixik faoliyati, ya`ni ehtiyojlarining yig`indisi shu damda ustunlik qilayotgan motiv tomon qaratilgan bo`ladi. Odamga juda ko`p tashqi qo`zg`ovchilar ta`sir qilib turadi, odamda har xil turli, bir qancha ehtiyojlarga mos keladigan tashqi qo`zg`alish shaxs uchun har xil ahamiyatga ega bo`lgan mayllar bilan tashqi qo`zg`atuvchilarning o`zaro munosabati psixik faoliyatning tanlovchilik tabiatida ifodalanadi. Ma`lum ob`ektni muqarrar tanlay olish diqqatning ishtiroqi bilan amalga oshadi.
Diqqat psixik faoliyatning yo`naltirilishi va shaxs uchun ma`lum ahamiyatga ega bo`lgan ob`ekt ustida to`planishidan iborat bilish jarayonidir. Yo`naltirilish deganda, psixik faoliyatning tanlovchilik tabiati, ob`ektni ixtiyoriy va beixtiyoriy tanlash tushuniladi. O`quvchi maktabda o`qituvchi gapirayotgan gaplarni eshitib o`tirganda, u mana shu eshitib o`tirish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, uning diqqati ongli ravishda qo`zg`algan, shu maqsadga bo`ysundirilgan bo`ladi. O`quvchining biron boshqa narsaga chalg`imasdan o`quv materialining mazmuniga zehn qo`yib o`tirishida uning psixik faoliyatining yo`nalishi ifodalanadi.
Psixik faoliyatning yo`naltirilishi deganda ana shu faoliyatning tanlashgina tushunilib kelmay, balki ana shu tanlanganni saqlab va qo`llab-quvvatlash tushuniladi. O`quvchilar diqqatini jalb qilish qiyinligini har qanday pedagog biladi. Buning uchun maxsus pedagogik usullardan foydalanish zarur bo`ladi. Diqqatda psixik faoliyatning yo`naltirilishi bilan birga uning to`planishi mazkur faoliyatga hech qanday aloqasi bo`lmagan boshqa narsalardek, hamma faoliyatdan diqqatni chalg`itish demakdir. Diqqatning bir joyga to`planishi deganda mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi - ko`pmi chuqur e`tibor berish tushuniladi. Qandaydir bir suratli kitobni tez ko`rib chiqish maqsadida uni varaqlab chiqish mumkin. Bunday holda diqqatning to`planishi kuchli bo`lmaydi. Birorta qiyinroq kitobni undagi har bir bayon qilingan fikrni tushunib olishga intilib va undagi murakkab masalani boshidan oxirigacha tushunib olish har tomonlama o`zaro munosabatlarni qarab chiqish maqsadida uqish mumkin. Bu holatdagi diqqatning to`planishi juda kuchli bo`ladi. Masalan: Uyga topshiriq berilgan inshoni yozib o`tirgan o`quvchi ba`zan uyda boshqalarning gapini, radioning ovozini eshitmaydi. Unda diqqatniing to`planishi kuchli bo`ladi.
Biz diqqatni qaratishni maqsad qilib qo`ymagan paytimizda psixik faoliyatning yo`naltirishi va to`planishi ixtiyorsiz xarakterga ega bo`lishi mumkin. Bunday hollarda faoliyatning maroqliligi, qiziqarli yoki kutilmaganda favqulotdaligi bilan odamni o`z - o`ziga jalb eta oladi. Odam o`ziga ta`sir qilayotgan narsalarga, hodisalarga, bajarayotgan faoliyatiga beixtiyor berilib ketadi. Masalan: biror ishni bajarayotgan odam radioda yoqimli kuy yoki ashulani eshitib qolsa yoki e`lonni eshitsa u beixtiyoriy qilayotgan ishini tashlab radioga quloq soladi. Biroq biz ko`zlagan maqsad va qabul qilingan qaror tufayli ma`lum bir ishni bajarish lozimligini bilar ekanmiz, bunday holda diqqatning yo`nalishi va to`planishi ixtiyoriy tabiatga ega bo`lishi mumkin. Biz bunday paytda diqqatimizni bajarayotgan ishimizga qaratishni maqsad qilib qo`yamiz. Masalan: maktab o`quvchisi berilgan topshiriqni ongli ravishda bajarishini ixtiyoriy tabiatga ega deb bilamiz. Ba`zan esa tamoman boshqa bir narsa jalb qiladi? Bu o`rinda biz odatda diqqatni jalb qilish xususida bir - biri bilan zich bog`lanib ketgan murakkab sabablarga egamiz. Bu sabablarni tahlil qilish maqsadida biz ularni shartli suratda turli toifalarga bo`lamiz. Bunda qo`zg`atuvchining absolyut kuchidan ko`ra, nisbiy kuchi muhimroq rol o`ynaydi.
Qo`zg`atuvchining to`xtatib ta`sir qilishi muhim ahamiyatga egadir. Bizga doim ta`sir qilib turuvchi yorug`likka qaraganda ma`lum vaqt oralig`ida yonib - uchib turuvchi yorug`lik diqqatimizni o`ziga tezroq jalb qiladi. Xuddi shuningdek qo`zg`atuvchining to`xtashi ham diqqatimizni jalb qiladi. Masalan: o`quvchi bir xil shovqinda dars tayyorlayotgan bo`lsa (ventilyator shovqinida), shovkinni payqamaydi, agar shovqin to`xtasa u darhol sezadi. Qo`zg`atuvchining tashqi xarakterimizga bog`liq bo`lgan diqqatni deyarli majburiy diqqat deb hisoblashimiz mumkin. Pedagogik amaliyot, albatta diqqatni tug`diruvchan mana shu toifadagi sabablar bilan hisoblashmog`i lozim. O`qituvchi o`quvchilar diqqatini jalb qilish uchun ba`zan kattiqroq gapirishi yoki ovozni pasaytirib gapirishi mumkin. Lekin bunday usullar maktabda diqqatni hal qilish masalasini hech qachon oxirigacha hal qilib bermaydi. Bu usuldan so`ng va ular bilan birga o`quvchilar diqqatini jalb qilishning boshqa usullaridan foydalanmog`i lozim.
Ixtiyoriy diqqatni yuzaga keltiruvchi ikkinchi toifa sabablariga tashqi qo`zg`atuvchilarning odamning ichki holatiga va avvalo odamda mavjud bo`lgan ehtiyojlarga mos kelishi kiradi. Masalan: kornimiz och paytida biror mazali hid beixtiyor diqqatimizni o`ziga jalb etadi. Agar qornimiz to`q bo`lsa, bu hidni payqamasligimiz ham mumkin. Bu toifadagi sabablarga maroqlilik hamda jozibadorlik kiradi. Agar o`qituvchining gapirayotgan gapi har xil hissiyotlarni tug`diruvchi tasavvurlarni almashtirib tursa, o`quvchilarning diqqatlari so`saymaydi. Bunday diqqatni emotsional diqqat deb atashimiz mumkin.
Diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablarga yana ilgarigi tajribalarning ta`siri, jumladan bilimlarning va tasavvurlarimizning ta`siri, hamda ko`pincha diqqatni jalb qilishda ahamiyatga ega bo`lgan malaka va odatlarning ta`siri kiradi. Diqqatni jalb qilishda inson shaxsi umumiy yo`nalishining va diqqatni yuzaga keltirishning muhim sabablaridan biri bo`lgan qiziqishlarning ta`siri nihoyatda kattadir. Nimaiki narsa bizga bevosita qiziqarli bo`lsa, diqqatimizni beixtiyor o`ziga jalb qiladi. Bolaning ilk yoshida ham, maktab yoshidagi paytlarda ham diqqatni jalb qilish uchun qiziqtirishning ta`siri ayniqsa kattadir. Qiziqishdan diqqatni jalb qilish vositasi sifatida foydalanilar ekan, shuni esdan chiqarmaslik kerakki, qiziqish bizning ilgarigi tajribamiz bilan bizdagi mavjud bilimlarga mustahkamlik bog`lab olib borishimiz kerak. O`quv materiallarini maroqli bayon qilish izchillik va tizimlilik bilan qo`shilib doimiy qiziqish hamda o`zluksiz diqqatni ta`minlaydi. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan shuning bilan farq qiladiki, u narsalarga qabul qilingan qarorlar ta`siri va ongli suratda ko`zlangan maqsadlarimiz asosida qaratiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |