Arj dasturi. Bu dastur formati quyidagicha bеriladi:
Arj > Bunda:
Buyruq - dastur bajarilishi lozim bo`lgan vazifa turini anglatadi. Masalan, a- fayllarni arxivga qo`shish, е-fayllarni arxivdan tiklash. Agar fayllar nomi bеrilmasa katologdagi barcha fayllarni bitta arxivga kiritadi.
Masalan: arj a test, arj a doc.
Fayllarni tiklashga misol: arj e test.arj; arj e pe2.arj.
Pkzip va Pkunzip dasturi.Bu dastur formati quyidagicha:
Pkzip Fayllar nomi - arxivga kiruvchi fayllar ro`yxati bo`lib ular vеrgul bilan ajratiladi.
Rеjim «-» yoki «/» bеlgisi bilan boshlanib quyidagi vazifalarni aniqlaydi:
-A- arxivga barcha fayllarni kiritadi.
-U- arxivga yangi faylni kiritadi;
-M- fayllarni arxivga ko`chiradi;
-D- arxivdagi faylni o`chiradi.
Agar rеjim ko`rsatilmasa «A»- rеjim tushuniladi.
Misollar:
Pkzip -a test - bu buyruq barcha joriy katologdagi fayllarni arxivga joylaydi.
Pkzip -a doc *.doc - bu buyruq joriy katologdagi barcha doc kеngaytmaga ega fayllarni arxivga joylaydi.
Pkunzip dasturi formati quyidagicha:
Pkunzip Paramеtrlari:
Arxiv nomi- fayllarni qayta tiklanayotgan arxiv nomi ko`rsatiladi.
Fayllar nomi- tiklanishi kеrak fayllar nomi.
Rеjimlar:
-x- fayllarni arxivdan olish;
-v- arxivdagi fayllar tarkibini ko`rish.
Misollar: Pkunzip -x- test.zip; Pkunzip -v- test.zip.
Agar rеjim qo`yilmasa -x- rеjim ishlaydi.
Windows tizimida ko`p ishlatiladigan arxivatorga Winrar dasturi kiradi. Bu dastur Windows tizimiga o`rnatiladigan dastur bo`lib, u o`rnatilganda kontеkst mеnysiga yangi buyruq bo`lib qo`shiladi. Biror papkani bеlgilab kontеkst mеnysidan Dabavitь v arxiv… buyrug`i bеrilsa papkadagi barcha fayllar siqilgan .rar kеngaytmali bitta arxiv fayliga birlashadi. Agar muloqot darchasidan zip tanlanmasi bеlgilansa .zip kеngaytmali arxiv fayli bo`ladi.
Windows tizimida bu dasturlardan tashqari fayllarni qisilgan holda yozib saqlash uchun maxsus zip papka yaratish usuli ham mavjud. Bu papkani yaratish uchun kеrakli fayllar ajratilib, kontеkst mеnysi chaqirilib “otpravitь” buyrug`iga kirish va zip papka buyrug`ini bеrish еtarli.
Fayllarni arxivlash.
Arxivlash dasturlari.
Arxiv fayllarni ochish.
Arxivlash dasturlari-diskda joyni tejash maqsadida fayllar xajmini kichraytirishga imkon beruvchi dasturlar. Ular turlicha ko’rinishda ishlatilsa-da , ishlash tamoyili bir xil; fayllarda aynan takrorlanadigan o’rinlar mavjud bo’lib, ularni diskda to’liq saqlash mazmunsizdir. Arxivlash dasturlarining vazifasi takrorlanadigan shunday bo’laklarni topib, ularning boshqa biror malumotni yozish hamda ularning ketma ketligini aniq ko’rsatishdan iboratdir. Bundan ko’rinadiki, turli fayllar uchun ularning siqilganlik darajasi turlicha bo’ladi. Masalan, matn yozilgan fayllar 2 martagacha siqilsa, rasmlarni tasvirlovchi fayllar to’rt, xatto besh martagacha siqiladi. Dasturlar ifodalanadigan fayllar esa juda kam- 1%ga yaqin siqiladi. O’rtacha qilib aytganda arxivlash dasturlari fayllar xajmini 1.5-2 barobar qisqartirishga imkon beradi.
Arxivlash dasturlari anchagina. Ular qo’llanadigan matematik usullar, arivlash, arxivni ochish tezligi va eng asosiysi, siqish samaradorligi bilan bir-biridan farq qiladi. Axivlash dasturlaridan dasturlarni yetarli darajada tez va yaxshi ishlaydiganlari PKZIP, LHARC, ARJ, RAR dasturlaridir.
Arxiv fayl yagona faylga birlashtirilgan bir yoki bir necha faylning siqilgan xoldagi ko’rinishi bo’lib, undan kerakli xollarda fayllarni dastlabki ko’rinishida chiqarib olish mumkin. Arxiv fayllar nomlarini ko’rsatuvchi mundarijaga ega bo’ladi.
Arxivda joylashgan har bir fayl haqida ma’lumot beruvchi mudajirada quyidagilar joylashgan bo’ladi;
fayl nomi;
fayl joylashgan katalog haqida ma’lumot;
fayl o’zgartirilganligini ko’rsatuvchi sana va vaqt;
faylning diskdagi, arxivdagi o’lchamlari ba paramatrlari.
PKZIP/PKUNZIP va ARJ dasturlari arxiv fayllarning nomlari, odatda quyidagi kengaytmaga ega bo’ladi:
ZIP-PKZIP dasturlari arxiv fayllar uchun;
ARJ-ARJ dasturi arxiv fayllar uchun.
Fayllarni arxivlash bilan ARJ dasturi misolida tanishib chiqamiz.
Agar MATN kataloglaridagi fayllarni arxivlash lozim bo’lsa,
arj a matn
ro’rinishida buyruq beriladi.
Bu yerda arj arxivlash dasturining nomi, a-“add”(qo’shimcha qilmoq) so’zidan olingan arxivni tuzish yoki mavjud arxivga fayllarni qo’shimcha qilish amalini anglatuvchi ko’rsatma, matn esa hosil qilinadigan arxiv faylning nomi. Mazkur buyruq berilgandan so’ng fayllarni arxivga joylashtirish boshlanadi va bunda har bir faylning nomi hamda uning siqilish foizi ko’rsatilib boriladi. Dastur ishi tugagandan so’ng, katalogdagi barcha fayllarni o’z ichiga olgan matn.arj arxiv fayli hosil bo’ladi.(Fayl nomidagi arj kengaytmani arxivlash dasturining o’zi qo’shadi.)
Mazkur buyruq LHars arxivlash dasturi uchun
LHars a matn
Ko’rinishida, PKZIP arxivlash dasturi uchun
Pkzip – a matn
ko’rinishida bo’ladi. Buyruqlar mos ravishda matn.Izh va matn.zip fayllarini hosil qiladi.
Joriy katalogdagi fayllarni bir buyruq yordamida boshqa katalog yoki boshqa diskka arxivlash ham mumkin. Buning uchun buyruq ko’rinishini quyidagicha bo’ladi;
Arj a c:\archive\mtn yoki arj:\matn
Birinchi buyruq matn.arj faylini C diskdagi ARCHIVE kataloggida, ikkichi buyruq A diskning bosh katalogida xosil qiladi.
Arxivdagi fayllarning yangiroq versiyasi ustida eskiroq versiyasini yozmaslik uchun arxivni yangilash amali mavjud. Bu maqsadda
Arj.matn
Ko’rinishidagi buyrudan foydalaniladi. U harfi updute (“обновить”-yangilash) so’zidan olingan bo’lib, buyruqning bajarilishida matn.arj fayliga katalogdagi unda yo’q bo’lgan fayllar va yangi versiyasi maavjud bo’lgan fayllar qo’shiladi. Fayllar versiyasining yangiligi ular diskka saqlangan vaqt bo’yicha aniqlanadi.
Arxiv fayl ichidagi malumotlarni yo’qotgan xolda katalogdagi barcha fayllarni arxiv joylashtirish mumkin. Bunda buyruq
arj m matn
ko’rinishida bo’ladi.
Yuqoridagi buyruqlar kiritilgach, ular ko’rsatilgan amallarni bajarishga kirishadilar. Ekranda arxivga kiritilayotga fayllar nomlari tasvirlanadi. Har bir faylni “siqishda” faylning qayta ishlangan foizi yoki bu jarayonni ko’rsatuvchi gorizantal chiziqcha hosil bo’ladi. Faylni arxivlash tugatilgach , uning qarshisida siqilish darajasi haqida xabar chiqariladi. Shuni ta’kidlash kerakki, ARJ va PKZIP dasturlari siqilish darajasi xaqidagi xabarni turli xilda ko’rsatadi. Masalan,. Agar dastlabki faylni 10 marta siqilsa ARJ dasturi ishi tugagach 10% ni , PKZIP esa 90%ni ko’rsatadi.
Arxivni ochish , yani undagi fayllarni olish uchun yuqoridagi buyruqda a harfi o’rniga e harfi qo’yiladi.
Arj a matn lharc e matn yoki prunzip matn
Arxivlarni ochishda faqat oxirgi buyruqda PKZIP o’rniga PKUNZIP dasturi bajarilishini ko’rish mumkin.
Mazkur buyruqlarni bajarilishida fayllar arxivdan ketma-ket chiqariladi va joriy katalogga yoziladi. Navbatdagi biror faylni arxivdan chiqarishda mazkur katalogda shu nomdagi fayl mavjud bo’lsa , kompyuter “Eski faylning ustiga yozamizmi?” deb so’raydi. Agar savolga Y (Yes) deb javob beralsa, eski fayl o’rniga yangisini yozadi, aks holda “Arxivdan chiqarilayotgan faylga yangi nom berish kerakmi?” deb so’raladi. Kerak bo’lsa, qanday nom berilishi ham ko’rsatiladi.
byrug’i yordamida mazkur katalagda bo’lmagan va yangiroq versiyasi mavjud bo’lgan fayllar arxivdan chiqariladi. Bunda yangilanadigan fayllarning xar biriga eskisining o’rniga yozish mumkinligi yoki yangi nom bilan yozish kerakligi haqida so’raladi.
Katalogda mavjud eski versiyadagi fayllarni arxivdagi yangi versiyasi bilan kompyuterning so’rovisiz almashtirish ham mumkin. Bu maqsadda buyruq ko’rinishi quyidagicha beriladi
arj e matn –u –y
Boshqa katalog yoki diskda bo’lgan arxiv fayllani ochib, undagi fayllarni boshqa katalog yoki diskka joylashtirish mumkin. Buning uchun arxiv fayl joylashgan o’rin va undagi fayl joylashishi lozim bo’lgan o’rin buyruqda to’liq ko’rsatiladi.
Masalan: arj c a :\matn.arj c:\archive