O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MUQIMIY NOMIDAGI QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
SIRTQI(MAXSUS SIRTQI) BO’LIMI
INFORMATIKA O‘QITISH METODIKASI YO‘NALISHI
401-guruh talabasi
Jo’rayeva O’g’iloy Zokirjon qizining
“Dasturlash tillari”
fanidan
“Obyektga yo’naltirilgan dasturlash asoslari” mavzusida yozgan
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: Informatika kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi
O’.Jumanqo’ziyev
Qo‘qon-2022 yil
Mundarija
Asosiy qism:
II.1. Obyektga yo’naltirilgan dasturlash asoslari
II.2. Sinf va obyekt tushunchalari, ularning yaratilishi
II.3. Metodlar(Funksiyalar)
II.4. O’zgaruchilar, konstantalar
II.5. Konstruktor, this ko’rsatkichi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi nutqida “Ta’lim va tarbiya, ilm-fan, sog’liqni saqlash, madaniyat va san’at, sportni rivojlantirish masalalari, yoshlarimizning chuqur bilimga ega bo’lishi, chet tillarini va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashini ta’minlash doimiy ustuvor vazifamiz bo’lib qoladi.” deb alohida ta’kidlagan edi.
Hozirgi kunda axborot–kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) kundalik hayotimizda muhim ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Mamlakatimizda axborotlashgan jamiyat qurish bo’yicha ko’plab sohalarda keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Ishlab chiqarish va ta'lim tizimida ham keng miqyosda islohatlar olib borilmoqda. Axborotlashtirish, zamonaviy AKTni jadal rivojlantirish hamda jamiyatning barcha sohalarida undan samarali foydalanish borasida ustivor yo’nalishlar belgilangan.
Mavzuning dolzarbligi. Ta'lim sohasini kompyuterlashtirish va avtomatlashtirishda, boshqaruvda axborot texnologiyalaridan foydalanishda salmoqli islohatlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ta'lim muassasalarining o’quv laboratoriya va texnik jihozlar, kompyuterlar, multimediali elektron resurslar, darsliklar va o’quv qo’llanmalar bilan ta'minlanganligi hamda masofaviy ta'limni joriy etish uchun yetarli asos yaratilganligi bunga yaqqol misol bo’la oladi.
Hozirga kunda axborotlashgan jamiyatning barcha sohalarida ma'lumotlarga ishlov berish, qayta ishlash, maqsadga ko’ra ularni shakllantirish va real vaqt oralig'ida o’z egasiga yetkazib berish kabi maxsus xizmatlarni amalga oshiruvchi avtomatlashgan axborot tizimlari yordamida ko’rsatiladigan interaktiv xizmatlarlarga talablar kundan-kunga ortib bormoqda.
Soha yoki tashkilotda kechayotgan voqelik va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi (ABT) bazasidagi axborotlarni ehtiyojlar asosida foydalanuvchilarga o’zaro muloqat yordamida keng qamrovli yetkazib berish interaktiv xizmat tushuniladi.
Har qanday soha tezkor interaktiv xizmatlarni amalga oshirish uchun avvalambor, tashkilot texnik jihozlar, kompyuterlar va ularga mos zamonaviy dasturiy ta'minotlar (DT) bilan ta'minlangan hamda avtomatlashgan boshqaruv tizimiga ega bo’lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |