Bosh Assambleyaning ishi odatda sessiya tartibida bo’lib, yilda bir marta yig’iladi. Xavfsizlik Kengashi zimmasiga Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo’llabquvvatlash vazifasi yuklatilgan (1-band). O’z vazifalarini bajarishda “Xavfsizlik Kengashi BMT maqsadlari va prinstiplari asosida faoliyat ko’rsatadi” (2-band). Xavfsizlik Kengashining vazifa va vakolatlari Nizomning 24-26 moddalarida bayon qilingan. Xavfsizlik Kengashi tarkibida 15 ta a’zo mamlakat bo’lib, ulardan beshtasi doimiydir. Mazkur besh a’zoning roziligisiz Kengashda birorta ham qaror qabul qilinishi mumkin emas. Ustavning 27-moddasida barcha qarorlar qabul qilinishida ushbu 5 a’zoning yakdilligi talab qilinadi. Xavfsizlik Kengashi doimiy a’zolarining yakdillik prinstipi BMTning bu muhim vazifani bajarishidagi asosiy shartidir. Mazkur prinstipning buzilishi BMTning butun faoliyati jarayonini, uning davlatlarning teng huquqli munosabatlarini amalga oshiruvchi xalqaro tashkilot sifatida yo’qqa chiqaradi. BMTning yana bir organi-Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash (EKOSOS) dir. Uning sessiyalari muntazam ravishda bir yilda 2 marta chaqiriladi. EKOSOS iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot bo’yicha asosiy organ bo’lib, Bosh Assambleyaga jahon taraqqiyotining iqtisodiy masalalari bo’yicha o’z tavsiyalarini taqdim etadi. EKOSOSning butun faoliyati insonning turmush darajasini ko’tarish, ularning jinsi, irqi, dini, tilidan qa’tiy nazar ajratilmaslikka qaratilishi kerak. EKOSOS Bosh Assambleya sessiyasida saylanuvchi doimiy apparatga ega. BMTning asosiy organlaridan yana biri Xalqaro Sud bo’lib, u BMT Nizomiga muvofiq belgilangan. Xalqaro Sud uning asosiy organi sanaladi. U mustaqil sudyalar kollegiyasidan iborat bo’lib, mazkur sudyalar qaysi davlat fuqaroligidan qa’tiy nazar yuksak ma’naviyat egasi bo’lgan, mashhur huquqshunos va jahonda obro’li kishilardan saylanadi. - Bosh Assambleyaning ishi odatda sessiya tartibida bo’lib, yilda bir marta yig’iladi. Xavfsizlik Kengashi zimmasiga Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo’llabquvvatlash vazifasi yuklatilgan (1-band). O’z vazifalarini bajarishda “Xavfsizlik Kengashi BMT maqsadlari va prinstiplari asosida faoliyat ko’rsatadi” (2-band). Xavfsizlik Kengashining vazifa va vakolatlari Nizomning 24-26 moddalarida bayon qilingan. Xavfsizlik Kengashi tarkibida 15 ta a’zo mamlakat bo’lib, ulardan beshtasi doimiydir. Mazkur besh a’zoning roziligisiz Kengashda birorta ham qaror qabul qilinishi mumkin emas. Ustavning 27-moddasida barcha qarorlar qabul qilinishida ushbu 5 a’zoning yakdilligi talab qilinadi. Xavfsizlik Kengashi doimiy a’zolarining yakdillik prinstipi BMTning bu muhim vazifani bajarishidagi asosiy shartidir. Mazkur prinstipning buzilishi BMTning butun faoliyati jarayonini, uning davlatlarning teng huquqli munosabatlarini amalga oshiruvchi xalqaro tashkilot sifatida yo’qqa chiqaradi. BMTning yana bir organi-Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash (EKOSOS) dir. Uning sessiyalari muntazam ravishda bir yilda 2 marta chaqiriladi. EKOSOS iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot bo’yicha asosiy organ bo’lib, Bosh Assambleyaga jahon taraqqiyotining iqtisodiy masalalari bo’yicha o’z tavsiyalarini taqdim etadi. EKOSOSning butun faoliyati insonning turmush darajasini ko’tarish, ularning jinsi, irqi, dini, tilidan qa’tiy nazar ajratilmaslikka qaratilishi kerak. EKOSOS Bosh Assambleya sessiyasida saylanuvchi doimiy apparatga ega. BMTning asosiy organlaridan yana biri Xalqaro Sud bo’lib, u BMT Nizomiga muvofiq belgilangan. Xalqaro Sud uning asosiy organi sanaladi. U mustaqil sudyalar kollegiyasidan iborat bo’lib, mazkur sudyalar qaysi davlat fuqaroligidan qa’tiy nazar yuksak ma’naviyat egasi bo’lgan, mashhur huquqshunos va jahonda obro’li kishilardan saylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |