BMT Nizomi uzoq vaqt davomida turli yo’nalishlar o’rtasidagi kurash sharoitida ishlab chiqildi. U dastlab 1944 yil Dumbarton-Oksdagi anjumanda tasdiqlangan edi. Nizomda BMTning birinchi maqsadi quyidagicha ifodalangan: “O’sib kelayotgan avlodni urush ofatidan xalos qilish. Aks holda bizning hayotimizda tuzatib bo’lmaydigan kulfat ro’y beradi”. “Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo’llab-quvvatlash”. (Nizomning 2-moddasi). Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo’llab-quvvatlash bilan birga BMT Nizomida mazkur tashkilotning maqsadlari sifatida teng huquqlilik va xalqlarning o’z taqdirini o’zi belgilash prinstipini (1-modda, 2-band) hurmatlash asosida davlatlararo do’stona munosabatlarni rivojlantirish ham ko’rsatib o’tilgan. BMT faoliyatining asosiy prinstiplari quyidagilardan iborat: davlatlarning suveren tengligi prinstipi (1-band, 2-modda); davlatlarning BMT Nizomi bo’yicha qabul qilingan majburiyatlarini halol bajarishlari (3-band, 2-modda); xalqaro bahslarning tinch yo’l bilan hal etilishi majburiyati (3-band, 2- modda); boshqa davlat yoki davlatlarning hududiy butunligi va siyosiy mustaqilligiga qarshi kuch bilan tahdid qilish yoki uni qo’llashdan voz kechish.