Diplomatik xizmat davlat xizmatining muayyan turi bo’lib, o’z spestifikasi va xususiyatlariga ko’ra davlat xizmatlarining boshqa turlaridan farq qiladi. Diplomatik xizmatning bu spestifikasini, diplomatiya nima ekanligini aniqlamay turib idrok etish qiyin. Shuning uchun ham qo’llanmada birinchi navbatda "diplomatiya" tushinchasini aniqlab olishga e’tibor beriladi. Xalqaro hayot bilan bog’liq voqealar o’rganilar ekan tashqi siyosat, diplomatiya, diplomatik xizmat tushinchalari qo’llaniladi. Ko’p hollarda bu tushinchalar bir xil ma’noni ifodalaydi deb tushiniladi. Diplomatiya tushinchasi ko’pincha turli ma’nolarda, ba’zan o’z ma’nosidan yiroq bo’lgan tushinchani ifodalash uchun qo’llaniladi. Taniqli ingliz diplomati va olimi G. Nikolson ta’kidlaganidek, "diplomatiya" atamasi so’zlashuv tilida bir qator ma’nolarni anglatadi. Ba’zan u "tashqi siyosat" ning sinonimi sifatida ham qo’llanadi. Boshqa hollarda esa muzokara ma’nosini anglatish uchun foydalaniladi. Diplomatik xizmat davlat xizmatining muayyan turi bo’lib, o’z spestifikasi va xususiyatlariga ko’ra davlat xizmatlarining boshqa turlaridan farq qiladi. Diplomatik xizmatning bu spestifikasini, diplomatiya nima ekanligini 8 aniqlamay turib idrok etish qiyin. Shuning uchun ham qo’llanmada birinchi navbatda "diplomatiya" tushinchasini aniqlab olishga e’tibor beriladi. Xalqaro hayot bilan bog’liq voqealar o’rganilar ekan tashqi siyosat, diplomatiya, diplomatik xizmat tushinchalari qo’llaniladi. Ko’p hollarda bu tushinchalar bir xil ma’noni ifodalaydi deb tushiniladi. Diplomatiya tushinchasi ko’pincha turli ma’nolarda, ba’zan o’z ma’nosidan yiroq bo’lgan tushinchani ifodalash uchun qo’llaniladi. Taniqli ingliz diplomati va olimi G. Nikolson ta’kidlaganidek, "diplomatiya" atamasi so’zlashuv tilida bir qator ma’nolarni anglatadi. Ba’zan u "tashqi siyosat" ning sinonimi sifatida ham qo’llanadi. Boshqa hollarda esa muzokara ma’nosini anglatish uchun foydalaniladi.
Xalqaro munosabatlar va diplomatiya
"Diplomatiya" tushinchasini belgilovchi ma’lum fikrlarni ko’rib o’taylik. Ingiliz diplomatiyasining taniqli arbobi E. Satou diplomatik amaliyot bo’yicha qo’llanma yozar ekan, "diplomatiya" tushinchasini shunday izohlaydi: "Diplomatiya - mustaqil davlatlar hukumatlari o’rtasidagi rasmiy aloqalar olib borishda aql idrok va mulozamatni qo’llay olishdir". XIX asr boshida Franstiyada nashr qilingan "Diplomatiyaning to’la kursi" nomli kitobida G. Garden bu tushinchani quydagicha izohlaydi: "Diplomatiya atamasi keng ma’noda tashqi aloqalar yoki tashqi ishlar haqidagi fandir, tor ma’noda esa bu muzokoralar yuritish san’ati demakdir". Bayon qilinganlarga asoslanib, shunday xulosa qilish mumkin: diplomatik xizmat-markaziy apparat va xorijdagi vakolatxonalardagi diplomatik kadrlarning davlat diplomatiyasi vazifalarini bajarishi bo’yicha faoliyati tizimidan iboratdir. Diplomatiya va diplomatik xizmat davlatlarning xalqaro munosabatlari bilan chambarchas bog’liqdir. Ularning birisiz ikkinchisining mohiyatini tushinish qiyin.