totemizm Totem» so’zi Shimoliy Amerikada yashaydigan Ojibva qabilasi tilida «uning urug’i» ma’nosini anglatadi va mohiyatan «odamning hayvonot yoki o’simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqasi bor», deb e’tiqod qilishlik ehtimol, ma’lum bir jamoaning avvalda asosiy ozuqa manbaini tashkil qilgan hayvon yoki o’simlikka nisbatan e’tibor keyinchalik vujudga kelgan qabilaning diniy tasavvurlarining asosiy shakllaridan biriga aylangan bo’lishi mumkin. Urug’dosh guruhlar o’zlarini umumiy belgilari va totemlari bo’lgan hayvon yoki o’simlikdan kelib chiqqan deb bilar edilar. Totemlarga bunday e’tiqod uzoq o’tmishga tegishlidir, ularning mavjud bo’lganligini faqat qadimgi rivoyatlargina tasdiqlaydi. Masalan, hozirgacha Avstraliya aborigenlari orasidan bu xususda afsonalar saqlanib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |