Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi, funktsiyalari. Urug'-qabila va milliy dinlar. Reja



Download 52,42 Kb.
bet7/21
Sana06.01.2022
Hajmi52,42 Kb.
#322105
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
dinshunoslik faniga kirish. dinning

Diniy tashkilotlar.  Diniy faoliyat va munosabatni tartibga soluvchi instansiya bu  diniy institut va tashkilotlardir. Diniy bo’lmagan sohalar uchun iqtisodiy institutlar (masalan, Vatikandagi Muqaddas ruh banki), siyosiy partiyalar (islom, xristian), kasaba uyushmalari, ayollar va yoshlar tashkilotlari tuziladi.

Diniy tashkilotlarning tuzilishi va turlari.  Diniy muassasalar ham ibodat bilan bog’liq va ibodat bilan bog’liq bo’lmagan xarakterda tuziladi. Ibodat bilan bog’liq bo’lmagan muassasalarga ibodatdan tashqari faoliyatni boshqaruvchilarni – cherkov kengashi, ta’lim muassasalarini kiritish mumkin. Ibodat bilan bog’liq tashkilotlarga klir, dyakonat, yepiskopatni ko’rsatish mumkin. Islomda xristianlikdan farqli o’laroq, ibodat bilan bog’liq diniy tashkilotlar tizimi rivojlanmagan. CHunki islomda ruhoniylar iyerarxiyasi yaxshi shakllanmagan. Ruhoniylar faqat diniy ibodatni boshqarish vazifasini bajaradi xalos. Xristianlikda esa ruhoniylar diniy-ma’muriy funksiyani ham bajaradi va shu sababli murakkab ruhoniylar pog’onasi shakllangan.



Ibtidoiy jamoa davrida diniy tashkilotlar mavjud bo’lmagan. Diniy marosimlarni urug’ va qabila oqsoqollari boshqarishgan. Asta-sekin diniy ibodatni bajaruvchilar: shomonlar, tabiblar paydo bo’ldi. Diniy guruhlar – etnik umumiylikga bog’liq bo’lmagan “yashirin tashkilotlari” shakllandi. Jamiyatdagi tabaqalashuv, mehnat taqsimoti qohinlar tabaqasini, shu bilan birga diniy tashkilotlarni vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Ma’lum bir e’tiqod tarafdorlari diniy uyushmalarni tashkil etadi. Faoliyatni turli shakllari asosida uyushma doirasida diniy qo’yi guruhlar tizimi ajralib chiqgan. Diniy-uyushmani yaxlit birlik sifatida mavjud bo’lishi va foliyat yuritishini dini  tashkilotlar ta’minlagan. Diniy tashkilotlarning tuzilishi an’ana va urf-odatlar, diniy huquq va nizom, konstitutsiya bilan belgilangan. Tashkiliy prinsiplar birlashma yaxlitligini ta’minlovchi uning tarkibiy qismlarining, nuqtai-nazarlari va vazifalari yig’indisini, individ va alohida bo’g’inlar faoliyati subordinatsiya va koordinatsiyasini, belgilaydi. Diniy tashkilotlar paydo bo’lishi va faoliyat yuritishi sharoitidan qat’iy nazar “monarxiya” (katolik, provaslaviye), “parlament-qirollik” (anglikan), “respublika-demokratik” (kalvinizm, baptizm) va boshqa ko’rinishda bo’ladi.Diniy tashkilotlar o’zida barcha tashkiliy unsurlari bilan diniy umumiylikni ifodalaydi. Birlashmaning boshlang’ich yacheykasi diniy jamoa hisoblanadi hamda eng yuqori markaziy tashkilotgacha bo’lgan bo’g’inlar uning ustida quriladi. Birlashmada o’ziga xos tashkiliy aloqaga ega, biroq umumiy tarkibga kiritilgan qator boshqa tarkibiy unsurlar ham mavjud (masalan, «ruhoniylik”, “Rohiblik”). Alohida tarkibiy qismlar o’zining shaxsiy infratuzilmasiga ega. Diniy huquq va axloq normalari individ va tashkilotning turli unsurlari faoliyatining nazorat mexanizmi hisoblanadi. Tashkiliy unsurlar yig’indisi, ularning o’zaro munosabati, rol va mavqeni taqsimlanishi, boshqaruv va ijrochi organlar, nazorat mexanizmi turli dinlar, konfessiyalar, turli tipdagi birlashmalarda turli xil. Buni xristianlik misolida ko’rib chiqamiz.Xristian dini o’rganish asosida qo’yida diniy tashkilotlar tiplari ajratib ko’rsatilgan: cherkov, sekta, denominatsiya, o’rnatilgan sekta, misteriya va boshqalar.

Cherkov–nisbatan kengroq uyushmani anglatib, unga mansublik individning tanlashi asosida emas, balki an’ana asosida belgilanadi. Shundan kelib chiqib har bir kishi cherkov a’zosi bo’lishi imkoniyatiga ega. A’zolik doimiy va qat’iy nazorat qilinmaydi. Ko’pgina cherkovlarda a’zolar ruhoniylar va oddiy dindorlarga bo’linadi, bu esa tashkiliy tarkibda hamda qat’iy markazlashgan boshqaruvda o’z aksini topadi. Boshqaruv pog’onaviy va avtoritar prinsip asosida tartibga solinadi.

Sekta (lotincha sekta – ta’limot yo’nalishi) – u yoki bu yo’nalishga muxolifat sifatida vujudga kelgan, o’z holatidan norozi bo’lgan guruhlar ijtimoiy noroziligini ifodachisi hisoblangan diniy tashkilot tipi. Unga xos xarakterli  jihat o’zining roli, g’oyaviy tamoyillari, qadriyatlarini boshqalarnikidan qat’iy ustun qo’yishdir. Shu sababli uning a’zolari tanlagan faoliyat yopiq bo’ladi. Ma’lum bir axloqiy kodekslar va marosim qoidalariga rioya qilish orqali guyoki ma’naviy tiklanishga intilish ular g’oyasida yorqin ifodalanadi. yetakchilikga guyoki “Xudo tomonidan berilgan” boshqarish qobiliyatiga ega bo’lgan yorqin xorizmatik shaxslar davogar bo’lishi mumkin. Hamma a’zolar tengligi, ixtiyoriy birlashish tamoyili e’tirof etiladi, a’zolarni jalb etishda targ’ibot asosiy o’rin egallaydi. Sektalarning tarixiy taqdiri bir xil emas: ba’zilari ma’lum bir vaqt o’tgandan so’ng o’z faoliyatini tugatsa, boshqalari asta-sekin cherkov yoki denominatsiyaga aylanadi.


Download 52,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish