Dinshunoslik 1 Mahalliy xristian cherkovlari



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana29.12.2021
Hajmi0,57 Mb.
#74594
1   2   3
Bog'liq
dinshunoslik

Mavzu o‘quv maqsadi: Talabalarda dinning mohiyati, dinshunoslik 

fanining yuzaga kelishi 

tarixi


, dinshunoslik fani sohalari, dinning jamiyatdagi funksiyalari, dinlarning tasnifi haqida 

tushuncha va tasavvurlarni shakllantirish. 

1. Dinshunoslik fanining yuzaga kelishi va tarixiy taraqqiyoti. Dinlarni o„rganish uzoq 

tarixga ega. Bu boradagi ilk ma‟lumotlarni Qadimgi Gretsiya va Rim yozuvchilari asarlarida 

ko„rishimiz mumkin. Ulardan eng mashhuri «tarix otasi» nomini olgan Gerodot (mil. avv. V asr) 

o„zi tadqiq qilgan xalqlarning dinlari haqida ma‟lumotlar keltirgan. Bu qiziqish O„rta asr 

Yevropasida ham mavjud bo„lgan. Lekin boshqa dinlar haqida ma‟lumot beruvchi shaxslar, 

xristian dinining hukumron mafkurasi ta‟siri ostida bir tomonlama va yuzaki fikr bildirganlar. 

Islom olamida ham dinlarni o„rganish bo„yicha tadqiqotlar uzoq tarixga borib taqaladi. Milodiy 

VII-VIII asrlardayoq diniy tortishuv(munozara)larni o„z ichiga olgan «maqola»lar (keyinchalik 

«maqolot»), VIII -IX asrlardan e‟tiboran esa boshqa dinlarga «raddiya»lar yozila boshlangan. 

Keyingi asrlardan esa «al-Firaq» (Firqalar), «ar-Radd» (Raddiya), «ad-Diyonot» (Dinlar) va «al-

Milal» (Xalqlar) yo„nalishidagi adabiyotlar vujudga kelgan. 

«Ad-Diyonot» (Dinlar) yo„nalishida yozilgan ilk asar Hasan ibn Muso an-Navbaxtiyning (vaf. 

910) «al-Aro vad-diyonot» (E‟tiqodlar va dinlar) kitobi hisoblanadi. Keyinchalik Mas‟udiy (957) 

o„zining «ad-Diyonot» (Dinlar), Masbihiy (1029) «Darkul bug„yati fiy vasfid diyonoti val 

ibodoti» (Dinlar va e‟tiqodlar vasfida maqsad me‟yori) kitoblarini yozganlar. Shuningdek 

Beruniyning (973-1048) «Tahqiqun ma lilhind min maqulatin, maqbulatin fil-aqli av marzulatin» 

(Aqlga maqbul yoki noma‟qul bo„lgan Hindistonga oid izlanishlardan) nomli kitobi ham shular 

sirasiga kiradi. 

«Al-Firaq» (Firqalar) yo„nalishida yozilgan kitoblarga Abu Mansur Abdulqodir al-

Bag„dodiyning (vaf. 1038) «al-Farq baynal-firaq» (Firqalar orasidagi farq) asari hamda Abul-

Maoliy Muhammad ibn Ubaydullohning (vaf. 1092) «Baynal-adyon» (Dinlar orasida) asarlarini 

kiritish mumkin. 

«Al-Milal» yo„nalishida Qozi Abu Bakr Baqilloniyning (vaf. 1012) «al-Milal van-nihal» (Dinlar 

va xalqlar), Abu Muhammad Ali Ibn Hazmning (vaf. 1064) «Kitobul-fasl fil-milal val-ahvoi 

van-nihal» (Dinlar, havo va xalqlar haqida ajraluvchi kitob), Abul-Fath Muhammad ibn 

Abdulkarim ash-Shahristoniyning (vaf. 1183) «al-Milal van-nihal» asarlarini sanash mumkin. 

«Ar-Radd» (Raddiya) yo„nalishida ham ko„plab asarlar dunyo yuzini ko„rgan. Ularga Imom 

G„azzoliyning (vaf. 1111) «ar-Raddul jamil» (Go„zal raddiya), Ibn Kalbiyning (vaf. 819-821) 

«Kitobul-asnam» (Butlar kitobi) nomli asarlarini alohida qayd etish lozim. 

Darhaqiqat, Musulmon Sharqi o„lkalarida bu sohada ko„plab asarlar yaratilgan bo„lib, 

keyinchalik ular «Dinshunoslik» fanining taraqqiyoti uchun fundamental manba bo„lib xizmat 

qilgan. Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning «al-Osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya» («O„tmish 

xalqlardan qolgan yodgorliklar»), «Hindiston», Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniyning 

«al-Milal van-nihal» («Dinlar va oqimlar»), Ibn Hazm Andalusiyning «al-Fasl fil-milal val-ahvo 

van-nihal» («Dinlar, adashgan firqalar va mazhabni ajratish») kabi asarlari, shuningdek, Ibn 

Nadim (987-988) va Abul Hasan Omiriy kabilarning tadqiqot ishlari ko„plab Yevropa tillariga 

tarjima qilingan. Bu esa, islomiy va arab ilmlarini o„rganuvchi G„arb mutaxassislarining dinlar 

tarixiga oid islomiy tadqiqot ishlaridan asosiy manba sifatida foydalanishlari uchun qulay imkon 




yaratdi. Bunday asarlarda mualliflar tarixiy voqe‟likni to„g„ri va xolis yoritganlar. Ular o„zlari 

musulmon bo„la turib, boshqa din va e‟tiqodlar haqida ma‟lumot berish yoki ularni tavsif 

qilishda noxolislikka olib kelishi mumkin bo„lgan har qanday shaxsiy hissiyotlarni suiiste‟mol 

qilmaganlar. Buni Shahristoniyning quyidagi so„zlari tasdiqlaydi: «Men har bir firqani (din yoki 




Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish