Dinshunoslik 1 kiridit uchun mustaqil ish Bajaruvchi: 411-20 – guruh talabasi Toshpolatov Shexroz



Download 39,72 Kb.
bet4/6
Sana31.12.2021
Hajmi39,72 Kb.
#247395
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 krodit

3-topshiriq. Dinning primitiv shakllarini jadval asosida izohlang

Fetishizm

Animizm

Totemizm

Shamanizm

Tangrichilik

Zardushtiylik

Din tarixida fetishizm (fransuzcha fetiche – tumor, but, ko‘zmunchoq) jiddiy o‘rin tutadi. Fetishizmda insonning g‘ayritabiiy imkoniyatlariga ishonishdan iborat bo‘lgan afsungarlikdan farqli o‘laroq biron moddiy buyumga g‘ayritabiiy xossalar berilib, u ilohiylashtiriladi. Fetishlar shaklan ham turli-tuman. Toshlar, daraxt bo‘laklari, hayvon tanasining biror qismi, but-sanamlar fetish vazifasini o‘tashi mumkin edi.

Zamonaviy dinlarda fetishizm tabarruk buyumlarni tavof qilish tarzida(xristianlarda - xoch, ikonalar, mayitga sig‘inish, buddizmda – tabarruk o‘g‘ir yoki hovoncha, islomda – tabarruk qadamjolar va qora tosh), mustaqil qoldiq sifatida esa tumor va ko‘zmunchoqlarga ishonch tarzida saqlanib qolgan. Irim-sirimga ishonadigan odamlar fikriga ko‘ra, tumor baxt keltirar, ko‘zmunchoq esa yomon ko‘zdan asrar ekan. Taqa, tumor, bo‘yin taqinchog‘i (kulon), filcha, turli o‘yinchoqlar esa zamonaviy fetishlarga misol bo‘la oladi.

U yoki bu buyumdan foydalanilgan har qanday diniy amalda boshqa irim-sirimlar bilan birga fetishizm elementlari ham mavjud.


(lotincha anima - ruh) – ibtidoiy e’tiqodning nisbatan yuksakroq shakli, ya’ni ruhlar va ruhiyatga yoki umuman tabiatning ruhiyati mavjudligiga bo‘lgan ishonch. Ibtidoiy odam tasavvuriga ko‘ra uning atrofidagi dunyoda har narsaning (hayvonlar, o‘simliklar, tabiat hodisalari va h.k) joni, ya’ni ruhi mavjud. Turlicha odamsimon fantastik ko‘rinishga ega bo‘lgan yer, olov, o‘rmon, suv, tog‘ va uy “ruh”larining kelib chiqishi ham shundan.

Daraxtga topinish (sig‘inish) turli xalqlarda turlicha ko‘rinishda bo‘lgan. “Hayot daraxti” mavzusi O‘zbekiston xalq xunarmandchiligida muhim o‘rin tutadi. Islom dinida tabarruk daraxt biror-bir avliyo nomi bilan bog‘langan.

Xalqlarda insonning jismoniy o‘limidan so‘ng uning ruhi yashab qolishiga bo‘lgan ishonch va e’tiqod dafn etish bilan bog‘liq qator marosimlar paydo bo‘lishiga olib keldi. Mozorlar dafn etishning eng qadimiy usullaridan biridir. 50-yillarda Buxoro vohasining sharqiy chegarasiga yaqin Quyimozor bekati yonida ana shunday mozorlar mavjudligi aniqlandi. Ulardan yigirmatasi ochilib, anchagina dafn marosimi ashyolari topildi. Ushbu majmua miloddan oldingi so‘nggi va milodiy birinchi asrlarga oid.

Bu kabi mozorlar Qiziltepa bekati yaqinidagi Shahrivayronda va Hazor qishlog‘i yaqinida ham ochilib, u yerlarda ham dafn marosimi ashyolari borligi aniqlandi.

Dastlabki milodiy asrlarga tegishli Obishir mozoristonidan (Farg‘ona viloyati So‘x daryosi vodiysi) ham 1969-1971 yillarda katta miqdordagi sopol buyumlar, temir bezak va qurollar topilgan.


Odam ijtimoiy munosabatlarning ushbu ko‘rinishini tashqi muhitga – tabiatga ham ko‘chiradi. Urug‘ning jonivorlar va o‘simliklar olami bilan aloqasi ular bilan qonqqondoshlik alomati deb anglangan.

1938 yili Surxondaryo viloyati Boysuntog‘ tog‘laridagi Teshiktosh g‘oridan arxeolog A.P.Okladnikov tomonidan topilgan neandartal bola qabri hozirgi O‘zbekiston hududidagi totemizm e’tiqodiga aloqador eng qadim yodgorliklardan biridir. Bolani ko‘mishdan avval uning atrofi tog‘ echkisi – arxarning shoxlari bilan o‘ralgan, bu uning totem jonivor bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi taxminni ilgari surish imkonini beradi.

Tarixan dehqonchilik va chorvachilik bilan bog‘liq ravishda jonivorlarga sig‘inish O‘zbekiston xalqlarida bir muncha keng tarqalgan edi. Masalan, ilon totem jonivor sanalib, u ham yaxshilik, ham yomonlik timsoli bo‘lgan. Tashqi ko‘rinishidan o‘qilonga o‘xshash tosh tumor O‘zbekiston tarix muzeyida saqlanmoqda. U Farg‘ona vodiysining So‘x qishlog‘idan topilgan va miloddan avvalgi II ming yillikka oiddir. Xo‘kizga esa qadimdan kuch-qudrat, mahsuldorlik timsoli sifatida qaralgan. Ba’zi arxeologik yodgorliklardan tutqichi qo‘y shaklida ishlangan idishlar topilgan. Shuningdek, O‘zbekiston madaniy yodgorliklarida tuya, otga sig‘inilganidan dalolat beruvchi tasvirlar mavjud. Kuch-qudrat ramzi bo‘lgan sher tasvirini ham ko‘plab uchratish mumkin. .


Shamanizm - bu transga o'tish bilan tangri va insonlar orasidagi muloqotga, bemorlarni davolashga, yaxshi ruhlarning foydali ta'sirini saqlab qolishga va yovuz ruhlarning zararli ta'sirini oldini olishga qodir bo'lgan eng eski diniy rituellardan biridir. Markaziy Osiyo shamanizmining asoslari osmon, tangri quyosh, er, suv, olov va ota-bobolar madaniyatiga asoslanadi. Ko’p hududlarda ta’siri ko’rsatgan shamanismning ta’siri shubxasiz Anatoliyada ham kuzatilgan. Bugunki kungacha yetib kelgan shamanizmning an’anlaridan daraxtlarga, toshlarga, su manbalari atroflariga mato bog’lash yaxsh’ bilinadigan misollardan biridir. Hozirgi kunda ham qabrlarga va daraxtlarga mato o’rab istak bildirish yoki duo qilish an’anasi Shamanizmdan kelgan urf-odadlar hisoblanadi.

Tangrichilik osmon xudosi «Tangri»ga e’tiqod qilgan qadimiy turkiylarning dini bo‘lib, mil.avv. 2-ming yillik oxiri va 1-ming yillikda vujudga kelgan. Ko‘pchilik mutaxassislar oliy osmon xudosi shumerlarda – «Dingir», qadim xitoyliklarda - «Tyan» va xunnlarda - «Chenli» nomi bilan mavjud bo‘lganidan kelib chiqib, ularda aynan bir xudo - Tangri nazarda tutilgan, deb e’tirof etadi. Olimlar mazkur qiyosga tayangan holda tangrichilik eng qadimgi dinlardan biri ekanini ta’kidlaydilar.

Ayrim tadqiqotchilar fikricha, 5-6 ming yillar muqaddam qadimgi Shumerdan Oltoygacha bo‘lgan ulkan hududda protooltoy qabilalari yashagan. Qadimgi shumerlar qadimgi turk tiliga yaqin bo‘lgan protooltoy tili lahjasida so‘zlashganlar. Shu davrda Tangrichilik protooltoy xalqlarining eng qadimgi dini, insoniyat tarixidagi ilk monoteistik dinlardan biri sifatida shakllangan.

Tangrichilik qadim zamonda jahonda eng keng tarqalgan dinlardan biri bo‘lgan. Qadimgi oltoy xalqidan kelib chiqqan turkiy, mongol, tungus-manjur, koreys va yapon xalqlarida Tangrichilikning izlari hozirgacha saklanib qolgan.

Mil. av. 1-ming yillikdan boshlab oltoy xalqlarining turkiy xalqlar guruhi G’arbga qaytish borasida harakatini kuchaytirgan. Hunnlar, sak, massaget, yueyji, kushon, eftaliylar yagona osmon ruhi – Tangriga sajda qilganlar. Diniy qarashlar sodda va tushunarli bo‘lgani, diniy marosimlarning qat’iy bajarilgani ularning ming yillar davomida avloddan avlodga o‘tib kelishini ta’minlagan.




Spitama qabilasidan bo‘lganPourushaspa o‘g‘li Ashoga Zaratushtra (yunoncha – Zoroastr, pahlaviycha – Zaraxustra «boqiy yulduz» va «chiroyli tuyalarga ega bo‘lgan») ushbu dinning asoschisi hisoblanadi. Zardushtiylar e’tiqodiga ko‘ra, bu nom unga Axura-Mazda (yunoncha, Ormuzd –«Donishmandlik sohibi») tomonidan berilgan. Zardushtning yashagan davri va joyi haqida turli taxminlar mavjud. Tadqiqotchi M.Boysning ta’kidlashicha, u mil. avv. 1500-1200 yillar orasida yashagan. Uning fikricha, Zardusht o‘z da’vatini Gushtasb Luxrasb ismli kayoniylar podshohi davrida boshlagan. Bunga u zamonaviy zardushtiylarning hozirgacha mil.avv. 1738 yil shoh Vishtasp tomonidan qabul qilingan «fasli» kalendaridan foydalanib kelayotganlarini dalil qilib ko‘rsatadi.

Zardushtiylikning vatani masalasida ikki xil qarash mavjud. Jumladan, ayrim olimlar zardushtiylik Qadimgi Eron hududida keng tarqalgani, «Avesto»ning sharhlari pahlaviy tilida yozilganidan kelib chiqib, uning vatani Midiya (hozirgi Eron hududi) deb hisoblasalar, ko‘pchilik tarixchilar esa «Avesto»da Xorazm Zardushtning vatani, Axura-Mazda bilan aloqa bog‘langan va ozarxurra (muqaddas olov) birinchi bor yoqilgan joy ekani qayd qilinganiga asoslanib, Xorazmni e’tirof etadilar.



Zardushtiylikning muqaddas manbasi «Avesto» («Apastak», «Ovisto», «Ovusto», «Abisto», «Avasto» -«joriy qilingan qat’iy qoidalar») sanskrit tiliga yaqin o‘ziga xos (avesto tili) tilida yozilgan. Uning «Gat»lar nomli qismi Zardusht qalamiga mansub deb hisoblanadi. Ko‘pchilik tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, Xorazm, Gava (So‘g‘d), Marg‘iyona (Marv), Baqtriya (Balx), Orol dengizi (Vorukasha yoki Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) kabi nomlarning tilga olingani «Avesto» O‘rta Osiyoda mil. avv. I ming yillikning birinchi yarmida vujudga kelganini tasdiqlaydi. Dastlab «Avesto» matnlari og‘zaki ravishda saqlanib kelgan.




















Download 39,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish