Buddizm yoki Buddaviylik dharmik din hamda falsafiy oqimdir. U shuningdek Budda Dharma (sanskrit tilida "Uyg‘onganning ta’limoti") deb ham ataladi. Buddizmga mil. avv. V asrda Siddharta Gautama tomonidan asos solingan; keyinchalik Gautamani "Budda" ismi bilan atay boshlashgan.
|
Xristianlik dini asoschisi Iso MasihHazrati Iyso alayhissalomga 30 yoshida Xudo tomonidan Injil vahiy qilingan. Bu kitobni Iyso alayhissalomning 12 shogirdlari-havoriylar payg'ambar vafotidan keyin milodiy I-II asrlarda yozib kitob holiga keltirganlar. Xristianlikning aqidalari, e'tiqod talablari, huquqiy va axloq me'yorlari, cheklov va ta'qiqlari ana shu kitobda yozilgan.
|
4
|
Muqaddas manbalari
|
Yahudiy dini boshqa dinlar kabi o‘zining muqaddas yozuvlariga ega.
Uning asosan ikkita manbasi bo‘lib, biri er. av. XIII asrda yashagan va Isroil xalqini Misrdan olib
chiqib ketishga boshchilik qilgan Muso payg‘ambarga Tur tog‘ida berilgan Tora (Tavrot). Bu
manba xristianlar uchun ham muqaddas hisoblanganligi uchun u haqida xristianlik mavzusida
kengroq to‘xtalamiz.
|
Buddizm ta’limoti bir qator devon shakliga keltirilgan to‘plamlarda bayon qilingan. Ulardan eng asosiysi Tripitaka yoki Tipitaka)- uch savat ma’nosini anglatadi. U uch qismdan iborat bo‘lganligi uchun shunday nom bilan atalgan. Buddizmning bu yozma manbasi hozirgi davrda Shri-Lankada saqlanib qolgan. U eramizning boshlarida shakllangan. Ular - budda targ‘ibotining haqiqiy bayoni hisoblangan sutra matnlari sutta-pitaka), rahboniylik axloqi va xonaqohlar nizomlariga bag‘ishlangan vinaya matnlari vinaya-pitaka), buddizmning falsafiy va psixologik muammolarini bayon qilib berishga bag‘ishlangan abxidxarma matnlariabxidxarma-pitaka)dan iborat.
|
Xristianlik yuksak insonparvarlik g'oyalari bilan to'lib-toshgan, o'ta yuksak insoniylik bilan sug'orilgan axloqiy me'yorlarni va sahovat, rahmdillik, o'z yaqin kishilarini sevish, hamdardlik, hamma narsani kechirish va bular asosida jamiyatning axloqiy va madaniy kamoloti xristianlik qoidalariga asoslanishi lozimligini talab etgan.
Xristianlikning asosiy g'oyalaridan biri muqaddas uchlikka e'tiqod qilishdir, ya'ni mohiyatan bir xudo, ammo u Ota-xudo, O'g'il-xudo, Xudo-Muqaddas ruh ko'rinishida namoyon bo'ladi.
|
5
|
Tarqalishi
|
Yahudiylarning O‘rta Osiyoda paydo bo‘lishi tarixi juda murakkabdir. Ko‘pchilik tadqiqotchilar ularning bu yerda paydo bo‘lishlarini milodning birinchi asrida vujudga kelgan «Buyuk ipak yo‘li» faoliyati bilan bog‘laydilar. Buyuk ipak yo‘li, darhaqiqat, bo‘yoqchilik bo‘yicha mutaxassis bo‘lgan yahudiylarning xom ashyo manbalariga yaqinroq mintaqalarga tarqalishiga sabab bo‘lgan. Yahudiylarning Balx shahrida paydo bo‘lishlari esa faqatgina milodning IV asriga to‘g‘ri keladi.
|
Butun Osiyoda Buddizmning tarqalishi tinch edi va bir necha jihatdan sodir bo'ldi. Bunga misol Budda Shakyamuni ko'rsatdi. U avvalambor o'qituvchilik qilib, qo'shni shohliklarni ziyoratgoh va qiziquvchilar bilan bo'lishish uchun sayohat qilgan. Bundan tashqari, u rohiblariga dunyoni aylanib chiqishni va uning ta'limotlarini tushuntirishni buyurgan. U boshqalardan o'z dinlarini qoralashni yoki tark etishlarini va yangilariga o'tishlarini so'ramadi, chunki u o'z dinini o'rnatishga intilmagan. U faqat boshqalarga tushunmasliklari sababli o'zlari yaratgan baxtsizlik va azoblarni engishga yordam berishga harakat qildi.
|
Xristianlik asosan Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya qit'alarida xamda qisman Afrika qit'asining janubiy qismida va Osiyo qit'asining sharqiy qismida tarqalgan. Xristianlik diniga dunyoning 1 mlrd. 600 mln.aholisi e'tiqod qiladiXristianlikning nomi, uning asoschisi Xristos (Iisus Xristos) nomidan olingan. Xristianlik milodiy I asrning ikkinchi yarmida Rim imperiyasining sharqiy qismi-Falastinda yashovchi yahudiylar o'rtasida paydo bo'lgan va birinchi o'n yillikdayoq atrofdagi xalqlarga tarqala boshlangan.
Xristianlikning tez yoyilishiga sabab, barcha alamdiydalar, jafokashlarga murojaat qilib, ularning ko'ngillarigasamoviy kuchlar yordami bilan tez vaqt ichida zolimlar ustidan g'alaba qozonish ishonchini, yaqin fursatda Yer yuzida «ilohiy saltanat» o'rnatilishidan umidvor bo'lish hissining jo etilganligidir.
|
6
|
Oqimlari
|
Yahudiylikdagi oqimlar haqida gapirganda ularni qadimiy oqimlar va zamonaviy oqimlarga bo‘lishimiz mumkin. Qadimiy oqimlarga: Saduqiylar, Farziylar, Esseylar kiradi.
|
Buddizm (Budda nomidan olingan), Buddaviylik — jahonda keng tarqalgan dinlardan biri (xristianlik va islom dini bilan birga). Unga eʼtiqod qiluvchilar taxminan 500 mln.dan ortiq. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Hindistonda paydo boʻlgan. Markaziy Osiyo, Jan.
|
Xristian cherkovining Katolik va Pravoslav cherkovlariga ajralib ketishi Rim papasi va Istanbul Patriarxining xristian olamida yetakchilik uchun olib borgan raqobati oqibatida vujudga keldi. Ajralish jarayoni Rim iperiyasining g‘arbiy va sharqiy tafovutlari o‘sib chuqurlashib borayotgan asrlardayoq boshlangan edi. 867 yillar orasida Papa Nikolay va Istambul patriarxi Fetiy orasida uzil-kesil ajralish ro‘y berdi va bu ajralish 1054 yili rasman tan olindi.
|
7
|
Diniy marosim va bayramlari
|
Yahudiylar o‘zlarining Yahvega nisbatan sodiq ekanliklarini isbotlash uchun bir necha rasm-rusumlarni ijro etadilar. Ular yillik va kunlik ibodatlardan, bayramlardan, marosimlardan iborat. Ibodat uyda ham sinagogada ham birday olib boriladi. Yahudiylar sinagogasining sharqiy tomonida Toraning nusxalari saqlanadigan sandiq va Ravvin uchun minbar qo‘yilgan. Ayollar erkaklardan alohida ibodat qilishadi. Sinagogada ibodat xor shaklida olib boriladi
|
Sharq madaniyati va falsafasi uzoq vaqt davomida evropaliklarning hayotiga, tirik mavjudotga va umuman olamga bo'lgan alohida munosabati bilan ongni egallab kelgan, ammo buddizm ayniqsa jozibador edi: bu din xristianlik va islom dinidan keyin uchinchi mashhur bo'lib qoldi. Budda bayramlari va marosimlari qadimgi zamonlardan beri rang-barang, shov-shuvli va o'ziga xos urf-odatlar bo'lib kelgan. Ular buyuk muqaddas Budda Gotama (Gautama) ta'limotlariga asoslangan
|
Xristianlikdagi pravoslav va katoliklar yetti sirli marosim — choʻqintirish, non va vino totish, xushboʻy moy surish, badanni yogʻlash, nikoh, tavbatazarru va kashishlik (rohiblikka qabul qilish)ni tan oladilar. Protestantlar esa faqat choʻqintirish, non va vino totish marosimini eʼtirof qiladila
|