51
Sosoniy hukmdorlar tomonidan tazyiq ostiga olinishlari
bilan bog‘liq.
Marvda IV asr boshlarida yepiskoplik, V asr
boshida
esa mitropoliya tashkil qilinadi. Turli ibodatxona va mo-
nastirlar mitropoliyaning yaqin va uzoq hududlarida o‘z
faoliyatini hech qanday qarshiliklarga uchramay davom
ettiradi.
Mitropoliyalar. Qadimgi So‘g‘dda
xristianlik vakil-
lari o‘zlarining dinlariga qarshiliklarsiz e’tiqod qilganlar
va diniy marosimlarini erkin amalga oshirganlar. Bu esa
mazkur mintaqada mahalliy aholiga diniy e’tiqod
erkin-
liklari yaratilganligini ko‘rsatadi. Masalan, bu davrda
Urgutda xristianlar cherkovi, zardushtiylar va buddaviy-
lar ibodatxonalari faoliyat yuritgan.
VIII asrda Movarounnahr arab xalifaligi tarkibida
bo‘lgan davrda musulmon jamiyatida xristianlar
bosh-
qa din vakillariga qaraganda ko‘proq
imtiyozlarga ega
bo‘lib, yuqori lavozimlarda faoliyat yuritganlar.
X asrning o‘rtalarida Markaziy Osiyoda islom dini
keng tarqalgan bo‘lsa-da, Urgutdagi xristianlik cherkovi
shu darajada rivojlanib ketadiki, arab geografi Abu Mu-
hammad Qosim ibn Havqal uni yerga va turli xususiy
mulkchilik shakllariga ega katta monastir (rohibxona)
sifatida ta’riflaydi.
Amir Temur davlatida ham diniy bag‘rikenglik muhi-
ti saqlanib qolgan. Kastiliya
elchisining guvohlik beri-
Rossiya,
1930yillar
XX asrning ikkinchi yarmida Samarqandning Registon maydonida
olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida xristian an’analari
asosida dafn etilgan bir nechta qabr topildi. Pasdarg‘omda
arxeologlar yog‘ochdan yasalgan tobutda kiyimlari va oltin xochi
bilan dafn etilgan mayitni topishgan.
O‘g‘rilik qilma,
o‘z qo‘llaring
bilan foydali
mehnat qil va
muhtojlarga
yordam ber.
Bibliya
52
shicha, Samarqandda turli din vakillari yashagan. Jiz-
zax viloyatida — Vinkerd hududidagi g‘or
devorlaridan
xristianlik tarixiga oid Iso Masih go‘dakligi ifodalangan
suratlar topilgan.
XIX asrda xristianlarning Turkiston shimoliy hu-
dudlariga kirib kelishi Chor Rossiyasi tomonidan
o‘lka ning bosib olinishi bilan bog‘liq. Harbiy qo‘shin
tarkibida ruhoniylar ham bo‘lgan. Askarlarning di-
niy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ko‘chma
ibodat-
xo nalar tashkil etilgan. 1850-yilda Kopalda birinchi
muqim ibodatxona bunyod qilingan. 1871-yilda rus im-
peratorining Toshkent va Turkiston yeparxiyasini tash-
kil etish to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilingan.
Dastlabki
cherkovlarning ko‘pchiligi odmi bo‘lgan va qo‘ng‘iroq-
lari ham bo‘lmagan. Xristianlarning ko‘payishi XIX asr
oxirlaridan boshlab bir nechta o‘sha davr zamonaviy
cherkovlaridan qolishmaydigan inshootlarning bunyod
bo‘lishiga olib keldi.
Markaziy Osiyoga katolik va protestant yo‘nalishi
vakillarining kirib kelishiga birinchi jahon urushida asir-
ga
olingan nemis, polyak, eston, shved, litva, latish va
boshqa yevropalik askarlarning Turkiston o‘lkasiga sur-
gun qilinishi sabab bo‘ldi. Bu, o‘z navbatida, yevropalik
1917yildan keyin
cherkovlarning
molmulki
musodara qilinishi
Do'stlaringiz bilan baham: