Dinlari tarixi



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/137
Sana07.07.2021
Hajmi2,32 Mb.
#111200
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   137
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

O‘ZBEKISTONDA ISLOM  
MANBALARINING O‘RGANILISHI
Islom dinining asosiy manbasi bo‘lgan  Qur’oni karim mustaqillikning 
dastlabki yillaridan boshlab o‘zbek olimlari va din ulamolari tomonidan 
o‘rganila boshlandi. Chunonchi, u jadallik bilan o‘zbek tiliga tarjima qilindi 
va chop etildi.
Qur’oni karimning ilk bor to‘liq ravishda zamonaviy o‘zbek tilida-
gi tarjimasi Alouddin Mansur tomonidan amalga oshirildi. Mazkur tarjima 
1990–1992-yillarda «Sharq yulduzi» jurnalida e’lon qilingan bo‘lsa, 1992-yili 
alohida kitob shaklida ko‘p nusxada nashr etildi. 
1991-yildan  boshlab  Shayx  Muhammad  Sodiq  Muhammad  Yusuf  (1952–
2015) tomonidan yozilgan «Tafsiri Hilol» nomli tarjima-tafsirning avval 
27, 28, 29, 30-poralari nashr qilindi. Aytish kerakki, ushbu tafsir zamonaviy 
o‘zbek tilidagi keng izohli va sharhlarga boy asarlardan biridir. Ushbu tafsir 
2005-yilda olti jildda to‘liq nashr etildi, so‘ngra uning tuzatilgan va to‘ldirilgan 
TARIXGA NAZAR
Abu Bakr Siddiq (632–634) davrida Qur’on ilk bor sahifalarda jamlandi. Xa-
lifa Usmon ibn Affon (642–654) davrida Qur’on ikkinchi marta jamlanib, kitob 
holatiga keltirildi. Bu vazifa Abu Bakr Siddiq davridan tajribaga ega bo‘lgan 
sahoba — Zayd ibn Sobit tomonidan amalga oshirildi. Yagona Mus’hafdan bir 
necha nusxa ko‘chirildi va har bir mintaqaga bittadan yuborildi.


64
nashri 2011–2016-yillarda olti marta qayta chop qilindi. 
2013–2014-yillarda  tafsirning  1  va  2-juzlari  rus  tiliga 
ham tarjima qilinib, bosmadan chiqdi.
Shayx Abdulaziz Mansur tomonidan amalga oshirilgan 
Qur’oni karim ma’nolarining tarjimasi va tafsiri «Tosh-
kent islom universiteti» nashriyot-matbaa birlashmasi 
tomonidan 2001, 2004, 2006, 2007, 2009, 2012, 2014, 
2016-yillarda qayta-qayta nashr qilindi. Ushbu asarning 
boshqa tarjima-tafsirlardan o‘ziga xosligi shundaki, unda 
Qur’oni  karim  ma’nolari  arabcha  matn  atrofida  o‘zbek 
o‘quvchisiga o‘z ona tilida ravon va tushunarli qilib, ke-
rakli izohlar bilangina cheklanib, iboralarning ta’sirchan-
ligiga katta e’tibor bergan holda taqdim etilgan.
Shamsiddinxon Boboxonov tomonidan tayyorlangan 
Qur’oni karimning 30-porasiga qilingan tarjima mus-
taqillikning dastlabki yillarida xalqimiz qo‘liga yetib 
bordi. Unda kishilarga yaxshi tanish bo‘lgan va ko‘p 
o‘qiladigan suralar borligi hisobga olinib, 30-poraning 
arabiy matni ham berilgan.
Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti Abu 
Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari marka-
zida professor Mutallib Usmonov mas’ul muharrirligi-
da Qur’oni karim o‘n besh porasining («Fotiha» surasi-
dan «Isro» surasigacha) akademik tarjimasi tayyorlanib 
nashr etilgan. Unda Qur’oni karimning nozil bo‘lish 
davri tarixi ham qisqacha yoritilgan. 
IJODIY FAOLIYAT
Mazkur matnni o‘qing. Matndagi «o‘z nafsining baxilligi» degan iborani 
qanday tushundingiz? Nafsning baxilligidan qanday saqlanish mumkin deb 
o‘ylaysiz?
«Kimki o‘z nafsining baxilligidan saqlana olsa, bas, ana o‘shalar najot 
topguvchi zotlardir».

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish