Diniy mutaassiblik va dindorlik Reja



Download 34,9 Kb.
bet3/4
Sana26.04.2022
Hajmi34,9 Kb.
#583584
1   2   3   4
Bog'liq
15 Diniy mutaassiblik va dindorlik

Birinchi guruhga kiruvchi tashkilotlarning asosiy vazifasi odamlarni go’yoki “islomlashtirish”, “taqvoga chaqirish”dan iborat. Bunday guruhlar qatoriga “Tablig’chilar” harakatini kiritish mumkin.
Ikkinchi guruh tashkilotlari esa aholiga mutaassiblik g’oyalarini singdirish, ulardan muayyan g’oya va rahnamoga og’ishmay, so’zsiz ergashadigan “kadr”larni tayyorlash bilan shug’ullanadi. Bunday guruhlar qatoriga “Hizbut-tahrir” kabi diniy-ekstremistik tashkilotlarni kiritish mumkin.
Uchinchi guruhga mansub harakatlar esa hech qanday asossiz musulmon diyorlarni “kufr diyori” deb e’lon qilib, u yerdagilarni “hijrat” qilishga undash orqali turli nizo va fitna o’choqlariga jalb qilish, qo’lga qurol olib tinch aholi vakillari va boshqa din vakillarini qirish orqali mintaqada urush olovini yoqish, jihod tushunchasini noto’g’ri talqin qilish orqali yoshlarni qotilliklar qilishga chorlash bilan shug’ullanadilar. Bu guruhga barcha terrorchi tashkilotlarni kiritishimiz mumkin.
Oxirgi paytlarda dunyoning ko’plab mintaqalarini qamrab olgan terrorizm va ekstremizm bilan bog’liq muammolar faol muhokama qilinmoqda. Terrorizm va diniy-ekstremizmga qarshi kurash Markaziy Osiyo mintaqasi, xususan, O’zbekiston uchun ham dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda diniy-ekstremistik, terroristik guruhlar faoliyatida muhim o’zgarishlar kuzatilmoqda. O’zbekiston va boshqa davlatlarda diniy-ekstremistik, terroristik harakatlarga nisbatan olib borilayotgan murosasiz yondashuv natijasida guruh a’zolari o’z harakatlarini ochiq namoyon etishni ma’qul ko’rmay, aksincha, xufyona targ’ibot-tashviqot ishlari orqali, jumladan internet orqali o’z g’oyalarini tarqatish bilan faoliyatlarini jadallashtirishmoqdalar. 
G’oyaviy jihatdan milliy manfaatlarga zid bo’lgan diniy mazmundagi mahsulotlarni respublika hududiga olib kirish va tarqatishga urinish holatlari O’zbekistonda ham kuzatilmoqda. Bu kabi ekstremistik ruhdagi mahsulotlarni internet va boshqa yo’llar orqali tarqatilishi aholi tomonidan dinning notug’ri talqin etilishiga, kam ma’lumotga ega o’quvchilar ma’naviy ongining buzilishiga, turli e’tiqod va qarashlarga ega bo’lgan odamlar, xususan yoshlar orasida adovat va xusumat uyg’onishiga zamin yaratmoqda. SHu bilan birga, bunday faoliyatlar hukumatga qarshi yo’naltirilgan va O’zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligiga muayyan tarzda tahdid solishni maqsad qilgan.
20 asr oxirlarigacha diniy-ekstremizm va aqidaparastlikni tarqatish va aholi orasida yoyishning asosiy qurollari bo’lib turli adabiyot va nashrlar xizmat qilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiya vositalari rivojlangan hozirgi davrda ommaviy axborot vositalari, ayniqsa internet tarmog’i diniy ekstremistik va aqidaparastlik g’oyalarini tarqatishning eng optimal va qulay manbaiga aylandi.
SHuni alohida ta’kidlash joizki, hozirda turli guruh va oqimlar tomonidan diniy ekstremizm va aqidaparastlikni targ’ib qilishda, jamiyatda norozilik kayfiyatini tarqatishda ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanilmoqda. Internet orqali suhbat olib borish jarayonida yoshlarga “kufr diyori”, “hijrat”, “jihod”, “shahidlik”, “xalifalikni tiklash” kabi g’oyalar singdirilib, ular turli to’qnushuv va nizo o’choqlariga jalb qilinmoqda. Turli kuchlarning nog’orasiga o’ynayotgan diniy-ekstremistik va terrorchi oqimlar tomonidan u yerlarda amaliyotni o’tab kelgan aqidaparast, diydasi qotgan, mustaqil fikrlashdan mahrum, rahnamolarining har qanday buyruqlarini qonun deb biluvchi zombi-jangarilardan tinch mintaqalarda ham turli nizolar va beqarorliklarni keltirib chiqarishda foydalanish maqsadi bugun ko’pchilikka ayon haqiqatdir.
Internet tarmog’ining chegara bilmasligi, sun’iy yo’ldosh orqali efirga uzatiladigan fazoviy kanallarga to’siq qo’yishning iloji yo’qligini hisobga oladigan bo’lsak, hozirgi kunda bu kabi buzg’unchi g’oyalardan aholini, xususan yoshlarni asrash uchun ularda bu kabi yot g’oyalarga qarshi ma’naviy immunitetni hosil qilish, internet va OAV orqali mazkur guruhlarga asosli raddiyalar berish, sof diniy ta’limotlarni yoshlarga yetkazish, ularni xalqparvarlik, vatanparvarlik, milliy va diniy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyatga ega ekanligi yaqqol namoyon bo’ladi.
Turli buzg’unchi oqimlarning domiga ilinib qolmaslik uchun yoshlarimiz quyidagilarga e’tibor qaratishlari lozim:
- diniy-ekstremistik ruhdagi saytlarga kirmaslik. Bunday saytlarning alomatlari: joylashtirilgan materiallarda “hijrat” va “jihod”ga da’vat qilish, dunyoviy hukumat va tuzumlarni kofirlikda ayblash, davlat mustaqilligi, Yangi yil, Navro’z, 8-mart kabi bayramlarni, tug’ilgan kunni nishonlashni harom deb e’lon qilish, Afg’oniston, Pokiston, Iroq, Suriya kabi mamlakatlardagi jangarilarni madh etish. SHuningdek, Muhammad ibn Abdulvahhob, Ibn Taymiya, Nosiriddin Alboniy, Sayyid Qutb, Ayman az-Zavohiriy, Usoma bin Lodin, Abduvali qori, Obid qori, Rafiq qori, Rashod qori kabi aqidaparast shaxslarning kitoblari, fatvolari, audiomurojatlari, savol-javob shaklidagi ma’ruzalari mavjudligi;
- ijtimoiy tarmoqlar, turli forumlarda diniy mavzuda ilmoqli, nozik savollar berib suhbatga chorlayotgan shaxslar bilan muloqotdan tiyilish, dunyoviy jamiyatni tanqid qilib, mutaasibona diniy turmush tarzini da’vat qilayotgan shaxslar bilan umuman aloqa qilmaslik;
- elektron pochta orqali noma’lum shaxslardan kelgan diniy mazmundagi da’vat va tanishuv haqidagi takliflarga javob bermaslik, yuborilgan elektron materiallarni yuklab olmaslik;
- mobil telefonlarga bilib-bilmay mutassiblik ruhidagi nashidalar (qo’shiqlar), ma’ruzalar, suratlar, videoroliklar yuklab olmaslik va tarqatmasik.
Bu holat aksariyat hollarda maktab, kollej o’quvchilari va institut talabalari orasida kuzatiladi. Mutaassiblik va aqidaparastlik ruhidagi ma’lumotlarni bilib-bilmay yuklab olish, saqlash yoki uni boshqa shaxslarga tarqatish esa O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksining 1842-moddasiga muvofiq, shuningdek Jinoyat Kodeksining 2441-moddasiga ko’ra “Diniy-ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g’oyalari bilan yo’g’rilgan, qirg’in solishga yoki fuqarolarni zo’rlik bilan ko’chirib yuborishga da’vat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash, shuningdek, diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish maqsadida tayyorlash, saqlash” eng kam ish haqining uch yuz baravaridan to’rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilab qo’yilgan;
- ehtiyoj tug’ilgan diniy mavzudagi ma’lumotlarni faqat “uz” domenida rasmiy faoliyat olib borayotgan davlat va diniy tashkilotlar saytlaridan olish.
Yurtimizda tinchlik, farovonlik va millatlararo o’zaro totuvlik hukm surmoqda. Bu bebaho ne’matlarning qadriga yetish barchamizning burchimizdir. Bu tinchlik, taraqqiyot va farovonlik o’z-o’zidan bo’layotgani yo’q, albatta. Bu, avvalambor, Alloh taoloning bizga ravo ko’rgan cheksiz inoyati bo’lsa, ikkinchidan, hukumatimiz tomonidan vijdon erkinligi va diniy bag’rikenglikni ta’minlashda olib borilayotgan oqilona siyosat natijasidir.
Yuqoridagi mulohaza va dalillar, diniy-ekstremizm va terrorizmning nafaqat umume’tirof etilgan zamonaviy qonunlar, balki islom dini asoslariga ham zid ekanini ko’rsatadi.
SHunday ekan, diniy-ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda barchamiz o’z mas’uliyatimizni his etishimiz, ogoh bo’lishimiz, vatanimizning kelajagi uchun javobgar ekanimizni unutmasligimiz lozim.
Terrorizm va diniy terrorizm tushunchasi, shakllari, sabablari va ularga karshi kurash mexanizmlari. Terrorizm bu insoniyatning ashaddiy dushmani. Xalqaro tinchlik va osayishtalikka tahdid solayotgan hozirgi davrning o’ta salbiy ijtimoiy hodisasi. Aniqroq qilib aytganda terrorizm – millati, dini va ma’lum hududi yo’q ofat, XXI asrning dahshatli vabosi. U bugun vujudga kelmagan, qadim-qadimdan mavjud.
Terrorizm so’zi lotincha – terrore so’zidan olingan bo’lib dahshat , vahima, falokat ma’nosini anglatadi. Terrorizm qadim va o’rta asrlar davrida boylik orttirish uchun kurashgan bir guruh qaroqchi, banditlar harakati ko’rinishida bo’lgan. XIX asr o’rtalaridan bu harakat «o’ta inqilobiy harakat», fitnachilar, qo’poruvchilar harakati shaklini oldi.
Masalan Rossiyada narodniklar chiqishi va boshqa XX asr o’rtalaridan boshlab terrorizm keng siyosiy tus oldi, ko’p mamlakatlarga yoyildi, xalqaro xarakter shaklini oldi. insoniyatga behisob fojealar keltirdi. U qaysi mamlakatda sodir bo’lmasin surbetlarcha oddiy xalq va din nomidan ish ko’radi. o’zini go’yo xalq manfaatini va dinning sofligini ko’zlovchilar sifatida ko’rsata boshladi.
Masalan G’arbiy Germaniyada «Q’izil armiya», Italiyada «Q’izil brigada», Ispaniyada basklar tashkiloti, Olg’sterda (Angliya)«Inqilobiy xaloskorlar armiyasi», Peruda «Porloq hayot», Afg’onistonda «Hisb-ut-tahrir», «Al-Q’oida», «Islom lashkarlari» va boshqa nomlar bilan Yuritildi. Xalqaro terrorizmning eng ishonchli tayanchi Afg’oniston, CHechiniston, janubiy Tojikiston bo’lib qoldi.
Halqaro terrorizmning mohiyati va maqsadi nimadan iboratq Terrorizm bu – begunoh odamlarni, xususan davlat va jamiyat rahbarlarini suiqasd yo’li bilan o’ldirish, garovga olish, jamoat binolari, turar joylar, ijtimoiy ob’ektlarni, transport vositalarini portlatish yo’li bilan xalqni hukumatdan narozi qilish, parokandalikni vujudga keltirish orqali hokimiyatni qo’lga olishga qaratilgan jinoiy guruh harakatidir.
Xalqaro terrorizmning hozirgi xususiyatlari nimadan iboratq
Bular tubandagilar:
Terrorizm ilgari ham, hozir ham halq nomidan gapiruvchi go’yo halq manfaatini aks ettiruvchi sohta ko’rinishi saqlab kelayapdi. Bu bosh xususiyat bo’lib, uning barcha ko’rinishlariga xosdir.
Ilgari terrorchilar turli mamlakatlarda bir-birlaridan ajralgan holda harakat qilardi. Endilikda esa ularning faoliyati bir yoki bir nechta qudratli markazlar tomonidan boshqariladigan halqaro jinoyatchi guruhlarning siyosiy harakatiga aylandi.
Hozirgi terroristlar juda katta moddiy, texnika imkoniyatga ega. Eng zamonaviy qurollarga, hatto raketa texnikasi, ximiyaviy va bakterologik qurollarga, aloqa vositalariga ega.
Halqaro terrorizm hozirgi paytda narkobiznes, diniy ekstremizm, diniy millatchilik, separatizm, davlat to’ntarishi kabi globol ijtimoiy illatlar bilan qo’shilib ketdi. Diniy ekstremizm, millatchilik g’oyasi bu harakatning asosiy mavkurasi, terrorizm esa uning amaliyoti bo’lib qoldi.
o’ta havfli retsedevistlar, narkomanlar, jinoyatchilar soxta diniy g’oyalar bilan aldangan, siyosiy saviyasi past yoshlar bu harakatning sotsial bazasidir.
Terrorizmning o’ta havfli harakatga aylanish sababi nimadaq
Ma’lumki XX asr oxiriga kelib ko’pchilik davlatlarida demokratlashtirish jarayoni Yuz beradi. Halqning hohish-irodasini ifodalovchi tizim ustivor bo’la boshladi. Odamlarning ongi, dunyoqarashi va tafakkurida ijobiy o’zgarishlar Yuzaga keldi. Ayni paytda eski tartib tarafdorlari, reaksion guruhlar, diniy ekstrimistlar va aqidaparastlar bundan tahlikaga tushib, ana shu ijobiy jarayonni izdan chiqarishga, hokimiyatga egalik qilish uchun terrorizmdan ishonchli vosita sifatida foydalanishga xarakat qildilar. Bunday harakat nafaqat Evropada, Sharqning Afg’oniston, Pokiston, Tojikiston, Saudiya Arabitoni, Misr, Jazoir, Indoneziya, YAponiya va boshqa joylarda ham kuchayib ketdi. Bu xarakatning kengayishiga jaxonning rivojlangan davlatlari hamda jamoatchilikning beparvoligi, loqaydligi ham sabab bo’ldi.
Hozirgi davrda terrorizm havfi har qachongidan ham daxshatli tus olayapti, avvalgiga nisbatan takomillashib, nihoyatda shavqatsiz bo’lib bormoqda. Ularning qo’lida eng havfli zamonaviy qurollar, hatto ximiyaviy, bakterologik qurollar to’planib, ishga solinmoqda. Dunyoning ko’pchilik davlatlaridan o’ta reaksion guruhlar ularni mablag’ bilan ta’minlamoqda. Afg’oniston jahonda 70% ga yaqin narkotik moddalar etkazayapti. Shundan keladigan daromadning asosiy qismi, Janubiy Afrika Respublika, Rodeziya, Angola olmos konlaridan, Iroq konlaridan olingan foydaning bir qismi terroristlar foydasiga Yuborilib kelingan. Afg’oniston, Janubiy Tojikiston, CHechiniston terroristlar tayyorlaydigan asosiy markazga aylanib qolgan. Bu erlarda terroristlar tayyorlaydigan harbiy maktablar-lagerlar doimiy ravishda ishlab turgan. Bu maktablarda turli millatlarga mansub josuslar, qo’poruvchilar tayyorlangan. Afg’onistonning Mazori Sharif, Q’andaxor, Q’unduz, Q’obul, Jalolobod shaharlari atrofida 20 dan ortiq ana shunday harbiy lagerlar faoliyat ko’rsatgan. Ularga hatto O’zbekistondan (Farg’ona, Toshkent, Xorazm, Namangandan) ham aldangan, saviyasi past yoshlarning jalb qilingani ma’lum. Arab millatiga mansub Usama Ben Laden, Hattob, chechinistonlik Shomil Basaev, Axmad Baraev, O’zbekistonlik Tohir Yo’ldoshev, Juma Namangoniylar halqaro terrorizmning tanilgan raxnomalaridir.
2001 yilgacha Afg’onistonning deyarlik 90% gacha hududiga egalik qilgan Tolibonlar ularni har jihatdan qo’llab kelganlar.
Birinchi sonli terrorchi nomini olgan Ben Laden asli Saudiya Arabistonidan, yirik biznesmen, boy oiladan chiqqan. Saudiya Arabistonida universitetda o’qigan. AQ’Sh da malakasini oshirgan. Kasbi quruvchi injener, dunyoning juda boy odami, boyligi 5 mld. dollardan ziyod. o’tgan asrning 70 yillarida Saudiya Arabistonida islom fundamentalistlari harakatida qatnashgan, 80 yillari Afg’onistonda sobiq Sovet qo’shiniga qarshi kurashda faol ishtirok etdi. U «Al-qoida», «His-bu- tahrir», kabi terroristik tashkilotlarni vujudga keltirdi. Usama Ben Laden 60 dan ortiq mamlakatda terroristik tashkilitlarga boshchilik qilmoqda, ularni mablag’, qurol-aslaha bilan taminlamoqda.
Terrorizm jahon xalqlariga, ularning tinchligi va osoyishtaligiga qanchalik fojia, dahshat keltirganligini quyidagi misollar bilan tasdiqlash mumkin.
Jaxonning o’nlab yirik davlat va jamoat arboblari terroristlar qo’lida halok bo’ldilar. Bular tubandagilar:
Hindistonning mashxur jamoat arbobi Maxatma Gandi, Bosh vaziri Indira Gandi(1984), Rajib Gandi(1992), Angola Prezidenti Lumumba(1982), Misr Prezidenti Anvar Soadat(1981), Shvetsiya Bosh vaziri Uolef Polg’me(1986), Livan Prezidenti Rene Mavvad (1989), Jazoir Oliy davlat Kengash raisi Muhammad Budiaf (1992), Shri-lanka Prezidenti Ranasingxe Premadasa(1993),Ruanda Prezidenti JYuvenalg’ Xabi-YArimana(1994), Brunda Prezidenti Sipriem Ntaryamira(1994), Isroil Bosh vaziri Ishoq Rabin (1995), AQ’Sh Prezidenti Jon Kennedi va ukasi Robert Kennedi(1960 yillar), AQ’Sh negerlar huquqi himoyachisi Martin LYuter King(1970 yillar), va boshqalar.
1994-2003 yillar oralig’ida Rossiya Davlat dumasining o’nga yaqin deputatlari, o’nlab va Yuzlab bank boshliqlari hamda jurnalistlar terrorchilar qurboni bo’ldi. Hatto siyosatga aloqasi bo’lmagan oddiy fuqarolar, Ozarbayjonning mashhur sharqshunos olimi, Sovet Ittifoqi qaxramoni akademik Ziyo Bunyodovga o’xshagan olimlar ham terrorchilar tomonidan o’ldirilgan.
1980-1990 yillarda Jazoirda bir Yuzmingdan ortiq begunoh odamlar terrorchilar qurboni bo’ldi.
1997 yilda Luhsordagi xunrezlik oqibatida Misrga sayoxatga kelgan ko’plab xorijlik turistlar xalok bo’ldi.
Bunday fojealar Afrika, Indoneziya, AQ’Sh, YAponiya, Rossiya shaxarlarida ham tashkil etildi. 1998 yili AQ’Shning Keniya va Tanzaniyadagi elchixonasida, YAponiya metrosida, 2001 yil AQ’Shning NYu-yorkdagi xalqaro savdo palatasi binosida, 2002 yili Moskvada Teatr binosida, Grozniy shaxrida Prezident binosi oldida tashkil etilgan portlashlar bunga misol buladi. NYu- yorkdagi portlatish oqibatida 7 minga yaqin kishi xayotdan ko’z Yumdi. Prezidentimiz Islom Karimov o’zining Oliy Majlisning 2- chaqiriq 9- sessiyasida(2002y. 29 avg.) so’zlagan nutqida istiqlol yo’li oson kechmayotganligini, ichki va tashqi dushmanlar, diniy ekstrimistlarning respublika mustaqqilligiga qarshi qilgan yovuz niyatlari va xurujlarini aniq misollar bilan ko’rsatib berdi. Bunday havfli xurujlar Afg’oniston orqali tayyorlangan edi. Jumladin 1989 yil may iYun oyida Farg’onada, 1990 yil fevral-martida Bo’ka va Parkentda- 1990 yil iYunida o’sh va o’zganda. 1991 yil dekabrda Namanganda, 1999 yil 16 fevralida Toshkentda, shu yil martida Xorazmda Sorimoy hududida, 2005 yil 13 mayda Andijonda qonli fojialar uyishtirildi. 1999, 2000, 2001 yillarning yoz faslida Afg’onistonda uya qurgan terrorchilar chegaramizga bostirib kirib, tarixga aylangan eski mustabid tuzumni qayta tiklashga harakat qildilar.
Terrorchilar o’zlarining qabih harakatlari bilan ko’pgina begunoh kishilarni, ayniqsa yoshlarni qurbon bo’lishiga sabab bo’ldilar. Ming afsuski ana shu terrorchilar safida dushmanlarning chaqa pullariga sotilgan Xorazmlik yoshlar ham bor edi. Ammo dushmanlar o’z niyatiga etolmadilar, O’zbekistonning o’zi tanlagan yo’lidan qaytara olmadilar.
Terrorchilar qilmishiga yarasha jazolandilar.
2001 yil 11 sentabrda AQ’Shda sodir bo’lgan voqea hammani o’ylantirib qo’ydi, shungacha ayrim davlatlar, xatto AQ’Shning o’zi ham terrorizmga deyarli etarlicha e’tibor bermay kelayotgan edi. Terrorizmga qarshi yakkama-yakka kurashish mumkin emas ekanligi ko’pchilikka ma’lum bo’lib qoldi. Ko’pchilik davlatlar hamda nufuzli xalqoro tashkilotlar(BMT, Evropa Havfsizlik va Hamkorlik tashkiloti, NATO, MDH va boshqalar) terrorizmni o’ta xavfli ekanligiga,. biron mamlakat undan qutula olmasligiga endilikda to’la ishonch hosil qildilar. Xalqaro terrorizmga qarshi faqat birgalashib kurashmoq kerakligi ayni xaqiqat bo’lib qoldi.
Respublikamiz hukumati mustaqillikning birinchi kunidan boshlab xalqaro terrorizmning insoniyat uchun, ayniqsa mustaqil rivojlanish yo’liga qadam qo’ygan barcha davlatlar uchun qanchalik xavfli ekanligini chuqur anglab etdi. Shu boisdan diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurash masalasi hukumatimizning milliy havfsizlik strategiyasini ustuvor yo’nalishi bo’lib qoldi. Prezidentimiz I.Karimov o’zining Oliy Majlis 2- chaqiriq 1-sessiyasida (2000 yil 22 yanvar) so’zlagan nutqida «Bugungi kunda bizning barcha tashabbus va sayyi-xarakatlarimiz mintaqamizga tajovvuzkorona xatti-xarakatlar, diniy ekstremizm, aqidaparastlik va xalqaro terrorizmning yoyiliish xavfi kuchayib borayotganligini keng jamoatchilikka tushuntirishga qaratilmoqda», deb qayd qildi. Davlatimiz rahbari xalqaro terrorizmning milliy mustaqillikka, har bir mamlakatning demokratik taraqqiyot yo’liga dushman bo’lgan eng havfli salbiy xodisa ekanligini ko’rsatadi.
YUrtboshimiz xalqaro tinchlik va barqarorlikka rahna soluvchi bu jiddiy havfni bartaraf etish bo’yicha jahon davlatlari bilan hamkorlik choralarini ko’rish bugungi kunning eng dolzarb vazifasi ekanini ko’rsatdi. Darhaqiqat Prezidentimiz I. Karimov terrorizmga qarshi kurashni tashkil etish buyicha xalqaro nufuzli yig’ilishlarda ishtirok etib bir qator takliflarni ilgari surdi. Jumladan, BMT Bosh Assambleyasining 48 sessiyasida (1993 yil sentabr) 2000 yil dekabrda bo’lib o’tgan ming yillik sammitida so’zlagan nutqida, 1999 yil noyabrda Evropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkilotining Istambulda bo’lgan sammitida, 1999 yil aprelda NATO ning 50 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan yig’ilishda , 1999 yil iYulda Toshkentda 6Q2 guruhiga kirgan davlatlar yig’ilishida, 2000 - 2001 yillarda MDH davlat rahbarlarining Moskva sammitida, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining (O’zbekiston, Q’ozog’iston, Q’irg’iziston, Tojikiston) Dushanba, Bishkek va Toshkent uchrashuvlarida (2000- 2001 yil), shuningdek 2003 yil iYunda Shanxay hamkorilk tashkilotiga a’zo bo’lgan davlat rahbarlari sammitida so’zlagan nutqlarida Prezidentimiz I. Karimov xalqaro terrorizmga qarshi bir qator samarali takliflarni maydonga tashladi:
Terrorizmni butun insoniyat uchun xatarli illat ekanligini ko’rsatib unga karshi barcha kuch va imkoniyatlarni birlashtirish lozimligini ko’rsatdi.
BMT qoshida xalqaro terrorizmga qarshi kurash markazini tashkil etish va bu markazning vazifasi faqat terrorizmning o’zi bilan emas, balki uni qo’llab quvvatlayotgan qurol yarog’ va mablag’lar bilan ta’minlayotgan kuchlarga, markazlarga xam qarshi kurashni muvofiqlashtirish zarurligini qayd etdi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deyarlik keyingi barcha sessiyalarida (ayniqsa 2 chaqiriq 7,9,11 sessiyalarida 2001 - 2003 yil) bu masalalaga alohida e’tibor berildi. 2000 yil avgustida Oliy Majlisning jaxon parlamentlari va xalqlariga karata murojatnomasida barcha davlatlarni xalqaro terrorizmga qarshi kurashda birlashishga chaqirdi. O’zbekiston Oliy Majlisi 2000 yil 15 dekabrda 31 moddadan iborat "Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida" gi qonunni qabul qildi. Q’onunda terrorizmga qarshi kurashning asosiy tamoyillari, ularga qarshi kurashning eng oliy vositasi mamlakat fuqarolarining ma’naviyatini Yuksaltirish, huquqiy ongini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish zarurligi, odamlarga islom dinimizning insonparvarlik moxiyatini, vayronagarchilik, genotsidga asoslangan terrorizm va ekstremizmning o’ta zararli illat ekanligini tushuntirish lozimligi qayd etildi.
2001 yil oktabrida AQ’Sh boshliq xarbiy koalitsiya Afg’onistondagi terrorizm o’choqlarini tugatish maqsadida keng miqyosda xarbiy xarakatlarni boshlab Yubordi. AQ’Sh xarbiy kuchlari terroristlar va ularni qo’llab quvvatlagan tolibonlarning xarbiy kuchlari, tayanch punktlariga AQ’Sh qaxshatgich zarba berdi. AQ’Sh boshliq koalitsiyaning aksilterror xarakatiga 40 dan ziyod davlatlar qo’shildi, bir Yuzga yaqin davlatlar xayrixoxlik bildirdi. Xatto Angliya, Germaniya, Kanada, Avstraliya va boshqa davlatlar bu kurashda qatnashdilar. Kurash o’zining ijobiy natijasini berdi, 23 yildan buyon davom etgan va afg’on xalqi boshiga bexisob musibat keltirgan afg’on urushi nixoyat tugadi. Jafokash afg’on xalqi tinch xayot kechirish imkoniyatiga ega bo’ldi. Shu yil 6 oktabrdagi ehlon qilgan bayonotida O’zbekiston Prezidenti AQ’Sh ning Afg’onistondagi antiterrorchilik xarakatiga o’zining xayrixoxligini bildirdi. Shu munosabat bilan respublika matbuotda terrorizmga qarshi maxsus murojat ehlon qilindi. Murojatda terrorizmning moxiyati, basharasi ochib tashlandi, bu xarakat afg’on xalqiga, islom diniga qarshi qaratilgan xarakat ekanligi xalqqa tushuntirildi. O’zbekiston xukumati insoniyat xayotiga jiddiy xavf solayotgan XXI asr bevosiga qarshi, uni tugatgunga qadar jaxon xamjamiyati bilan o’zining birdam ekanligini ehlon qildi. Ma’lumki, Afg’onisondan keyin YAqin Sharqda Iroq davlati diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm o’chog’iga aylanib qolgan edi. Saddam Xusayn boshliq mustabid xukumati ularni moddiy va ma’naviy jixatdan qo’llab quvvatlab kelayotgan edi. Iroqda jaxon xamjamiyati uchun juda xavfli vaziyat Yuzaga keldi. Bu erda BMT tomonidan tahqiqlangan yadroviy, ximyaviy, baktereoloigk qurollar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi, armiyaning soni salkam bir millionga etkazildi. Iroq xukumati BMTning yalpi qirg’in qurollarini ishlab chiqarishni to’xtatish, tugatish va tarqatmaslik xaqidagi talabini bajarishdan bosh tortdi, AQ’Sh xukumati Iroqda Saddam Xusayin diktaturasini ag’darib tashlash, bu erdagi xalqaro terrorizm tayanchini tugatish, Iroqda demokratik boshqaruv tizimini qaror topdirishga qaratilgan xarbiy operatsiyani boshlab Yuborishga qaror qildi. Bu operatsiya 2003 yil 20 martda boshlandi va uch xafta davom qildi. Bu xarakatda Angliya va Ispaniya xarbiy kuchlari xam ishtirok etdi. Koalitsiyaning xarbiy xarakatini jaxonning 40 dan ortiq davlatlari qo’llab quvvatladi. Shu jumladan O’zbekiston xukumati xam AQ’Shning Iroqdagi siyosatiga o’zining xayrixoxligini bildirdi. Natijada Sadam Xusayin diktaturasi ag’darildi, xalqaro terrorizmning yana bir xavfli o’chog’i tugatildi. Endilikda Iroqni demokratlashtirish uchun zarur choralar ko’rilmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov Oliy Majlis 2-chaqiriq 11-sessiyasida so’zlagan nutqida Afg’oniston va Iroq masalasida respublika xukumatining pozitsiyasini chuqur analiz qildi, shu davlatlarni tinch taraqqiyot yo’liga o’tishga xar taraflama yordam berganligini bildirdi. Demak O’zbekiston nafaqat Afg’oniston va Iroq zaminida, balki butun dunyoda terrorizm va ekstrimizm o’choqlarining butunlay tugatilishidan manfaatdordir, chunki buning zamirida Yurtmiz tinchligi, xavfsizligi, Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi mujassamdir. Jaxonda adolat va ezgulik timsoli bo’lgan demokratik kuchlar yovuzlik, jaxolat timsoli bo’lgan diniy ekstrimizm va terrorchilik ustidan muqarrar g’alaba qozonadi, bunga shubha bo’lishi mumkin emas.

Download 34,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish