Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 6
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
206
w
www.oriens.uz
July
2021
Tadqiqotchining hammualliflikda tuzgan «Ma’rifiy-irfoniy istilohlar izohli
lug’ati»ni esa bugungi o’zbek dinshunosligi va lug’atshunosligida katta voqea deb
aytish mumkin. Lug’atda hozirgi o’zbek tilida qo’llanilib kekzotik lug`atinayotgan
1500 dan ortiq diniy, diniy-ma’rifiy, diniy-falsafiy, diniy-dunyoviy istiloh va
iboralarning izohi berilgan.
Mualliflarning yutug’i shundaki, barcha musulmon millatlarining ibodat tili arab
tili ekanligidan, diniy istilohlar arab, fors, o’zbek va boshqa tillardan bo’lishidan
qat’iy nazar, ularni o’zbek tilining professional so’z qatlami deb hisoblashadi hamda
masalaga «namoz, ro’za, zakot, azon, haj, nikoh, janoza, taroveh, juma, hayit
namozlari yoki umuman, va’zxonlik, qiroatxonlik kabi ibodatlar, diniy anjumanlar
arabiy matn, oyat va duolar asosida ijro etiladi. Bu jarayonlar, avvalo, diniy
istilohlarni bilish va ularni to’g’ri qo’llashni taqozo etadi» degan nuqtai nazardan
yondashadi. Biz ishimizda lug’at maqolalaridan unumli foydalandik va ular o`zbek
diniy
matnlarda
uchraydigan
atamalarga
funktsionallik
nuqtai
nazaridan
yondashishimizda ko’maklashdi.
Sh.Maxmaraimovaning «O’zbek tili teomorfik metaforalarining qisqacha
kontseptual lug’ati» da tadqiqotimiz mavzusiga doir fikrlar bildirilgan. SHu ma’noda
uning «Mifologik mantiqqa asosan ibtidoiy odam o’zini tabiat hamda jamiyatning
ajralmas bo’lagi deb tasavvur qilgan. …Piravord natijada esa butun tabiatni insonga
xos shakl-shamoyillarda qabul qilish, tabiiy, ijtimoiy, madaniy ob’ektlarni metaforik
qiyoslash yuzaga kekzotik lug`atib, umumiy personifikatsiya jarayoni kechgan»,
degan qarashlari qimmatlidir.
Darhaqiqat, tabiat va jamiyat mahsuli sifatida odamzod bir umr qiyoslashlar va
o’xshatishlar asosida o’zligini va narsa-hodisalarning mohiyatini anglashga urinadi.
Shu boisdan totemizm, fetishizm, animizm, shomonizm kabi diniy e’tiqodlar ham
olamni anglashning o’ziga xos yo’llari sanalgan. Bu e’tiqodlar zamiridagi
bog’lanishlar esa inson va borliq o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri emas, balki metaforik
xarakterda, tasavvurlar asosida bo’lgan.
Faqat insongagina xos bo’lgan metaforik tafakkur tabiat va jamiyatdagi jamiki
mavjudotlar, narsa va hodisalarning nomlanishlarni yuzaga kekzotik lug`attiruvchi
eng qulay usul bo’lishi barobarida, bu atamalarning o’z jarayonida ifodalilik
ko’lamining kengayib borishiga ham turtki bo’lgan. O’zbek tilidagi bir qism diniy
atamalar semantik-stilistik ma’nolari turli-tumanligining sabablaridan biri ham shu.
Sh.Maxmaraimova ushbu lug’atida ajina, Azozil, Azroil-لئارزع, alvasti, anqo-
ىقنأ, arsh-شرع, a’rof-فارعأ, behisht, Dajjol-لاجد, Duldul, do’zax, Jabroil-لئاربج, jin-نج,
iblis- سيلبإ, Isrofil ليفارسإ-, Malak-كلم, Munkar-ركنم , Nakir-ريكن, Odam-مدا Ato-ءاطع,
Do'stlaringiz bilan baham: |