Diniy bag'rikenglik mutaasiblik



Download 82,02 Kb.
bet1/2
Sana04.06.2022
Hajmi82,02 Kb.
#635631
  1   2
Bog'liq
DINIY BAG\'RIKENGLIK MUTAASIBLIK


DINIY BAG'RIKENGLIK MUTAASIBLIK
Yurtimiz hududida qadim davrlardan etnik va diniy xilma-xillikka hurmat bilan qarab kelingan.
Haqiqatan asrlar davomida yirik shaharlarimizda masjid, cherkov va sinagogalar faoliyat ko‘rsatib, turli millat va dinga mansub qavmlar o‘z diniy amallarini erkin ado etib kelganlar. Tariximizning eng murakkab, og‘ir davrlarida ham ular o‘rtasida diniy asosda mojarolar bo‘lmagani, xalqimizning diniy bag‘rikenglik borasida katta tajriba to‘plaganidan dalolat beradi.
O‘zga xalqlar tili, urf-odatlari va an’analariga chuqur hurmat, ularning o‘zligini saqlab qolish, madaniy-ma’rifiy ehtiyojlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratish va har tomonlama yordam ko‘rsatish bag‘rikenglikning yorqin xususiyatlaridandir. Aynan mana shunday bag‘rikenglik, sabr-bardoshlilik madaniyatimizning benazir namunalarini saqlab qolish, asrlar sinovidan olib o‘tish, kamol toptirish hamda o‘zga madaniyatlarning ahamiyatli natijalari bilan boyitishga sharoit yaratdi.
IX asrdan boshlab hozirgi O‘zbekiston hududida islom dini sunniy yo‘nalishining hanafiy mazhabi qaror topdi. Albatta, bu bejiz emasdi. Zero, Imom A’zam mazhabi o‘zga dinlar va mahalliy urf-odatlarga nisbatan erkinlik berishi bilan ajralib turadi. Hanafiylik ta’limotini takomilga yetkazgan vatandoshlarimiz – Imom Moturidiy, Abul-Mu’in an‑Nasafiy va al-Marg‘inoniy kabi allomalar musulmonlar orasidagi g‘oyaviy tarafkashliklikka barham berish, islom dinining “ahli sunna val-jamoa” yo‘li barqaror bo‘lib qolishiga katta hissa qo‘shdilar.
Diyorimizdan yetishib chiqqan allomalarning asarlarida diniy bag‘rikenglik bilan bog‘liq qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi g‘oyalar keng yoritib berilgan. Buyuk alloma, moturidiya aqidaviy yo‘nalishi asoschisi Abu Mansur al‑Moturidiyning asarlarida bayon etilgan bag‘rikenglik g‘oyalari bunga misol bo‘la oladi. Jumladan, Moturidiy Qur’oni Karim oyatlarining tafsiriga bag‘ishlangan, islom olamida juda keng tanilgan “Ta’vilot ahli sunna” asarida “Haj” surasi 40‑oyat tafsirida: “Cherkov va sinagogalarni vayron etish man etiladi. Shuning uchun ham, musulmonlar yurtida shu davrgacha ular buzilmay saqlanib qolgan. Bu masalada ahli ilm orasida ixtilof yo‘qdir”,– deb qat’iy ta’kidlaydi.
Samarqandlik faqih, mufassir Abu Lays Samarqandiy esa o‘zining “Bahr al‑ulum” nomli tafsir kitobida Qur’oni Karimdagi “Mumtahana” surasining 8, 9‑oyatlari sharhida “Sizlar bilan dinda urush qilmagan o‘zga din vakillari bilan bordi‑keldi qiling, ular bilan adolatli muomala qiling”,- deb yozadi.
Movarounnahrlik yana bir mashhur faqih, mufassir Abul Barakot an‑Nasafiy o‘zining “Madorik at‑tanzil” asarida mazkur oyatlarni “O‘zga din vakillariga ehtirom ko‘rsating hamda ularga so‘zda va amalda yaxshilik qiling”, ‑ deb sharhlaydi.
Ma’lumki, musulmon mamlakatlarida yashovchi boshqa dinga e’tiqod qiluvchilarni shariat hukmi bo‘yicha ularning barcha moddiy va ma’naviy huquqlari, ya’ni mol-mulki, hayoti, diniy e’tiqodi, urf-odatlari, tili, madaniy merosi dahlsizligi musulmonlar zimmasida bo‘lgan. Shu tufayli o‘rta asrlardayoq musulmon xalqlari, jumladan, diyorimizda yashovchi xalqlar ham diniy murasasozlik va bag‘rikenglikning huquqiy asoslarini ishlab chiqib, hayotga tatbiq etganlar.
Buning isboti sifatida islom qonunchiligining eng nufuzli asoschisi, vatandoshimiz Burhoniddin Marg‘inoniyning butun musulmon dunyosida o‘rta asrlardan boshlab shu davrgacha islom qonunchiligi bo‘yicha eng mo‘’tabar manba hisoblanuvchi “Hidoya” asaridan ayrim fikrlarni keltiramiz: “Chunonchi islomning beshta farzidan biri bo‘lgan “Zakot” ni olishga islom diniga e’tiqod qiluvchilar haqli deb hukm chiqarilgan bo‘lsa, boshqa dinga e’tiqod qiluvchilar ichida ham moddiy yordamga muhtoj kishilarga xayr-ehson, sadaqaning boshqa hamma turlari berilishi mumkin, deb hukm chiqariladi. Buning dalili Rasululloh (s.a.v)ning: “Barcha dinlarning ahllariga sadaqa beraveringlar”, -degan hadislaridir ”.
Yuqorida bayon qilingan fikr-mulohazalarni hamda yurtimizdan yetishib chiqqan mutaffakkirlarning asarlaridan keltirilgan ma’lumotlarni umumlashtirgan holda quyidagi xulosaga kelish mumkin: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev xalqimizning dunyoqarashida tobora chuqur va mustahkam o‘rin egallayotgan bag‘rikenglik tamoyili to‘g‘risida shunday deydi: "Bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda ko‘p asrlar davomida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan. Mehmondo‘stlik, ezgulik, qalb saxovati va tom ma’nodagi bag‘rikenglik bizning xalqimizga doimo xos bo‘lgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi”. O‘zbekistonning kelajagi tinchlik va bag‘rikenglik, madaniyatlararo uyg‘unlik va millatlararo totuvlik kabi omillar bilan chambarchas bog‘liqdir.
O‘zbekistonda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, barcha fuqarolarga o‘z e’tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular o‘rtasida qadimiy mushtarak an’analarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
"Yozni "Kamalak" bilan" loyihasi doirasida, "Milliy va diniy bag‘rikenglik – millatlararo totuvlik”, "O'zbekiston islom madaniyati markazi"  mavzularida Mirzo Ulug'bek MFY binosida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida Navbahor tuman bosh imom xatibi F.Toshev, 9-maktab yoshlar yetakchisi J.Maxamatov, Mirzo Ulug'bek MFY raisi Yu.To'rayev, Mirzo Ulug'bek MFY oila, xotin-qizlar va ma'naviy-marifiy ishlar bo'yicha rais o'rinbosari D.Safarova hamda "Kamalak" sardorlari va ota-onalar ishtirok etdilar. Davra suhbatini tuman bosh imom xatibi ochib berib, yurtimizda millatlararo va dinlararo munosabatlar sohasida yuritilayotgan oqilona siyosat asosida har bir shaxsning vijdon va e’tiqod erkinligi, diniy qarashlaridan qat’i nazar teng huquqliligi ta’minlanayotgani, shuningdek, respublikamizdagi diniy tashkilotlar jamiyatda tinchlik, osoyishtalik, millatlar va dinlararo totuvlikni mustahkamlash borasida sermahsul faoliyat olib borayotganligi, shuningdek yurtimizda diniy ekstremizm va murosasizlikka qarshi mafkuraviy kurashning muhim omili sifatida yoshlarda bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish ekani qayd etildi hamda bag‘rikenglik madaniyatini kamol toptirish yo‘llari, imkoniyatlari va bu boradagi ustivor vazifalar yoritib berildi. Tinchliksiz taraqqiyot va demokratiya bo‘lmagani kabi, bag‘rikengliksiz tinchlik ham bo‘lmaydi, deb ta’kidlandi

Mamlakatimiz tom ma’noda diniy bag‘rikenglikning tarixiy merosxo‘ri sifatida jahon hamjamiyatida e’tirof etilmoqda. Zero, yurtimizda doimo “diniy bag‘rikenglik” g‘oyasi ilgari surilgan. Xususan, diyorimizdan yetishib chiqqan Zamaxshariy, Marg‘inoniy, Moturidiydek buyuk allomalarimizning asarlarida “diniy bag‘rikenglik” g‘oyasi, shu zaminda yashovchi turli e’tiqodga mansub xalqlarni yurt farovonligi yo‘lidagi intilishlarini ta’minlovchi muhim omil bo‘lib kelganligi ta’kidlanadi.


Shu sababdan ham, biz har bir inson bashariyatning turli-tuman madaniyatlardan iborat ekanini anglashimiz va hurmat qilishimiz juda zarurdir. Zero, bag‘rikengliksiz tinchlik, tinchliksiz taraqqiyot bo‘lmaydi.

Download 82,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish