Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari



Download 3,74 Mb.
Sana03.07.2022
Hajmi3,74 Mb.
#736491
Bog'liq
Diniy ekstremizm


Agronomiya-biotexnologiya fakultetida Biologiya kafedrasi tomonidan
Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlarimavzusida
tadbir o'tkazildi.

Buxoro tuman
15.03.2022 yil

Qatnashdilar: tadbir mehmonlari Buxoro shahar IIO FMB TEQKB, tezkor vakili leytenant U.R.Boqiyev, Buxoro shahar Mahmud Tarobiy Jome masjidi imom-xatibi Sh.I.Kamolovlar
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari I.R.Barakayev, Biologiya kafedrasi mudiri A.E.Xolliyev, ,o‘qituvchilari M.M.To‘rayev, L.F.Karimova, H.M.Toshov, N.A.Shamsiyev, A.R.Rayimov, Z.T. Safarova, N.A.Azizova, L.T.Yo’ldoshev, R.O.Atoyeva,M.S.Xodjiyeva hamda biologiya ta’lim yo’alishi talabalari


BAYONNOMASI


Tadbir tashkilotchilari: Biologiya kafedrasi o‘qituvchilari M.S.Xodjiyeva, R.O.Atoyeva, M.P.Xondjonova, Tyutor N.N.Yangiboyeva

Kun tartibi



  1. Diniy ekstremizm va terrorizm global muammo

  2. Ijtimoiy tarmoqlardan oqilona va samarali foydalanish

  3. Ogohlik - davr talabi

Tadbirni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari I.R.Barakayev ochib berdilar hamda mehmonimiz Buxoro shahar IIO FMB TEQKB, tezkor vakili leytenant U.R.Boqiyevga so‘z berildi.
Buxoro shahar IIO FMB TEQKB, tezkor vakili leytenant U.R.Boqiyev o‘z nutqlarida radikalizm, terrorizm va jangari ekstremizm mafkurasi nafaqat bir mamlakat yoki muayyan mintaqa doirasida keng tarqalgani, balki ushbu jarayon milliy chegara bilmasligi haqida gapirishar ekan, aynan shu sababli har qanday ko‘rinish va shakldagi terrorizm, ekstremizmga yo‘l qo‘ymaslik muhitini shakllantirish, ushbu xavfli tahdidlarning paydo bo‘lishi va tarqalishiga ko‘maklashadigan sabab sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish barchamizning insoniylik burchimiz ekanligi alohida ta’kidlandi.
Bunga avvalo, hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ko‘plab chora-tadbirlar, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotlar sabab bo‘lmoqda. Ammo, biz bular bilan cheklanib qolmay, xavfsizligimiz va barqarorligimizni saqlash uchun hamisha ogoh bo‘lishimiz, yoshlarimizni bu ma’naviy ofatga yaqinlashib qolmasliklari uchun uzluksiz ravishda tushuntirish ishlarini olib borishimiz kerak. Zero, mamlakat tinch bo‘lsa, xalq baxtli bo‘ladi, yurt osoyishta bo‘lsa, yoshlar o‘z ko‘zlagan maqsadlariga erishadilar.

Buxoro shahar IIO FMB TEQKB, tezkor vakili leytenant U.R.Boqiyev nutqi


Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari I.R.Barakayev tomonidan so’z tadbirning ikkinchi mehmoni Buxoro shahar Mahmud Tarobiy Jome masjidi imom-xatibi Sh.I.Kamolovga berildi.
Buxoro shahar Mahmud Tarobiy Jome masjidi imom-xatibi Sh.I.Kamolov nutqi: Assalomu alaykum hurmatli ustozlar va talabalar sizlarni yaqinlashib kelayotgan Navro’zi olam bayrami bilan tabriklayman hamda ijtimoiy tarmoqlardan diniy saytlardan to’g’ri, oqilona foydalanish borasida to’xtalib o’tamiz.
Hozirgi kunda yoshlarga turli ijtimoiy tarmoqlar, mobil dasturlari va turli vositalardan axborot xurujlari orqali ta’sir qilishga urinishlar ko‘p bo‘lmoqda. Bu esa bizni doim ogoh bo‘lishimiz zarurligi ta’kidlab o‘tildi. Tinchlik har qanday boylikdan ustun ekanligini, uni asrab-avaylash esa har bir insonning burchi ekanligi barchaning diqqat markazida bo‘ldi.
Qachonki inson o‘z qalbiga ma’rifatni, insoniylik va yuksak bilimni jo qilmas ekan, diniy ekstremizm, terrorizm kabi balolarga duchor bo‘laveradi. Shukurki, bizning mamlakatimiz bunday illatlardan xoli, tinch va osoyishtalikda kun kechirmoqda.





Buxoro shahar Mahmud Tarobiy Jome masjidi imom-xatibi Sh.I.Kamolov nutqi

Tadbir oxirida talabalar o’zlari qiziqtirgan savollar bilan tadbir mehmonlariga murajaat qilishdi hamda bildirilgan javoblar, tavsiya va maslahatlar orqali talablarga mafkuraviy immunitet hosil qilindi.



Q a r o r q i l i n d i:

  1. Diniy ekstremizm va terrorizmga nisbatan talabalarda mafkuraviy immunitet hosil qilindi;

  2. Talaba yoshlarda ogohlik- davr talabi ekanligi doimiy ravishda tushuntirib borilsin.



Agronomiya va biotexnologiya fakulteti
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari: I.R.Barakayev
Biologiya kafedrasi o‘qituvchilari: M.S.Xodjiyeva
R.O.Atoyeva
M.P.Xondjonova
Biologiya kafedrasi Tyutori: N.N.Yangiboyeva
Download 3,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish