Dinidagi ibratli



Download 49 Kb.
bet1/3
Sana18.07.2022
Hajmi49 Kb.
#819033
  1   2   3
Bog'liq
JAYNIZM TA’LIMOTI


JAYNIZM TA’LIMOTI
Reja:

  1. JAYNIZM TUSHUNCHASI

  2. DINIDAGI IBRATLI, MAROSIMLAR NAMUNALARI

  3. JAYNIZM TA’LIMOTINING YOYILISHI


JAYNIZM


Jaynizm - bu dinning asoschisi sifatida e’tiqod qili-nadigan yarim afsonaviy payg’ambar-jin nomi bilan atalgan bo’lib, bu milliy din Hindistonda eramizdan oldingi VI asrda paydo bo’lgan. Jaynizm braxmanizmdagi (braxmanizm dini Hindistonda er. av. X-XI asrlarda kelib chiqqan edi) kishilarni tabaqalarga ajratish va tabaqalar asosida odam-larning ijtimoiy tengsizligini ilohiylashtirish sistemasiga qarshi paydo bo’lgan1. Jaynizm ta’limotida 24 ta payg’ambarga, ayniqsa, ulardan oxirgisi bo’lgan payg’ambar - Vardhamana Maxaviraga sig’inish talab etilgan. Jaynizmda jonning o’lmasligiga, uning bir moddiy shakldan ikkinchisiga ko’chib yurishiga ishonish g’oyasi markaziy o’rinni egallaydi.
Insonning Yer yuzasida qiladigan har qanday harakati va ishi ana shu jon bilan tana birligida sodir bo’ladi. Jonni gunohdan saqlash uchun hayotda to’g’ri yo’lni tutmoq, ya’ni din targ’ib qiladigan barcha haqaqatlarga, talablarga so’zsiz itoat etish va e’tiqod qilish zarur. Jaynizmda axinsa haqidagi qoida mavjud bo’lib, unga ko’ra dunyodagi barcha tirik mavjudotlarga nisbatan zo’rlik ishlatish qattiq ta’qiqlanadi. Jaynistlar go’sht yemaydilar, eng mutaassib dindorlar esa faqat to’rdan o’tkazilgan suvnigina iste’mol qilib, parda orqali nafas oladilar.
Jaynizm dindorlarga nisbatan qattiq cheklashlar o’rnatganligi sababli hozirgi kunda bu din tugab bormoqda. Shu sababli jaynizmni isloh qilinib zamonga moslashga uri-nishlar bo’lmoqda. Jaynizm tabaqalanishni qoralab, insonlar tengligini ilohiy asosda o’rnatish to’g’risidagi din bo’lganligi uning ijobiy xususiyatidir.
O’rta dengizning sharqiy qirg’oqlariga joylashgan qadim-gi Iudeya va falastin davlatlari territoriyalarida arab va yahudiy qabilalari avlodlari istiqomat qilishadi.
Iudaizm avval yahudiy qabilalarining eng kuchlisi bo’lgan Iuda qabilasining politeistik dini bo’lgan. Iudaizm -qadimgi dinlardan bo’lib, eramizdan oldingi XIII asrda yahudiylarning milliy dini sifatida vujudga keldi. Iudaizm o’zining asosiy aqidalarini bevosita o’sha davrda mavjud bo’lgan totemizm, animizm, fetishizm, sehrgarlik va politeistik dinlarning qorishmasi sifatida, quldorlik davrining xususiy mulkchilik munosabatlariga asoslangan bazisi va yagona davlat hokimiyati, uning boshida turgan podshoning ilohiylashtirgan usqurtmaning in’ikosi o’laroq ishlab chiqilgan dastlabki monoteistik din edi. Demak, iudaizmning paydo bo’lishi va mustaqil monoteistik din sifatida maydonga chiqishi markazlashgan yahudiy davlatining tashkil topishi bilan uzviy bog’liqir2.
Hozirgi davrda Yosir Arofat boshchilik qilayotgan falastin Arab davlatining hududlarida chorvachilik bilan shug’ullangan ko’chmanchi yahudiy va arab qabilalari eramizdan avvalgi 2 mingginchi yillarda osmon jismlarini, ayrim hayvonlarni ilohiylashtirib ularga sajda qilganlar, arvohlarga ishonganlar.
Diniy adabiyotlarda va din peshvolari ta’limotida yahu-diylar oliy nasl-nasabli xalq, shuning uchun ularga oliy irq mumtoz xalq bo’lishini xudoning o’zi ato qilgan, deydilar. Bunday qarashni isbotlash uchun asrlar davomida jamiyatdagi sodir bo’layotgan juda ko’p ijtimoiy hodisalar bu dinga hyech qanday ta’sir ko’rsatmadi, u milliy dinligicha saqlanib qoldi, degan fikr ta’kidlanadi.
Aslida esa hamma narsa va hodisalar o’zgarib turganidek, iudaizm ham o’z mazmun va shakllarini o’zgartirdi, zamonga moslashdi.
Iudaizm
Iudaizm politeizmdan monoteizmga o’tguncha bir qancha tarixiy jarayonni boshdan kechirdi. Bu din tarixi ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik tuzumiga o’tguncha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Mana shu tarixiy davrda yahudiy qabilalari ko’p xudoga e’tiqod qilganlar. Har bir qabila, urug’ alohida xudoning nomi bilan bog’langan. Moddiy olam hodisalarning har bir guruhi, hatto shaharlarning ham o’z xudosi bo’lgan. Masalan, Iudaizm dinining muqaddas kitobi Tavrot yozuvlarida: «Sening shaharlaring qancha bo’lsa, xudolaring ham shunchadir», deyilgan. Iudaizmda Yahudiy millatining yo’lboshchilari va payg’ambarlari hisoblangan Iso (Iisus Xristos), Navin, Ibrohim (Avraam), Muso (Moisey), Is’hoq (Isaak), Yoqub (Iakav), Yusuf (Iosif), Sulaymon, Dovud, Nuh(Noi) va boshqalarga politeistik dinlar hukmronlik qilgan davrlarda mahalliy qabilaviy xudolar sifatida e’tiqod qilingan. Masalan, Moisey (Muso) Iuda qabila-sining payg’ambari, Yahve (Iyegova) esa shu qabila xudosi edi.
Eramizdan avvalgi X asrda yahudiy qabilalari o’rtasida sinfiy tabaqalanish ro’y berishi va quldorlik munosabatlarining vujudga kelishi jarayonida mavjud qabilaviy dinlar asosida iudaizm shakllandi.
Falsafa ta’limotiga ko’ra, yer yuzida sodir bo’ladigan vo-qyea-hodisalar jamiyat hayotining o’zgarishlari, ma’naviyatdagi barcha o’zgarishlar tabiiy-tarixiy jarayon hisoblanadi. Din sohasidagi evolyusion o’zgarishlar ham mana shu obyektiv dialektik tamoyilga bo’ysinadi.
Shunga ko’ra, yahudiy qabilalari o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar taraqqiyoti bilan iudaizmda bo’lgan o’zgarishlar o’zaro bog’liq edi. Qabilalar ittifoqi yuz berishi natijasida qabilaviy xudolar o’rniga bitta xudoga e’tiqod qilish ham shakllana boshlagan. Bunda past va yuqori darajada turadigan xudolar pillapoyasi paydo bo’ladi. Falastindagi Ruvit, Simon, Levin va Iuda singari eng mashhur qabilalari obro’si ko’tarilgan. Bularning ichida Iuda qabilasi kuchli bo’lib, bu qabilarni o’ziga bo’ysindirgach, uning Yaxve xudosi ham barcha xudolardan yuqori turuvchi bosh xudo hisoblandi. Uni yakka-yu yagona xudo deb tan olindi. Bunga qadar politeizmda yaxve tog’lar, chaqmoq, momaqaldiroq va suv xudosi hisoblanardi. Iudeya deb nom olgan quldorlik davlatining paydo bo’lishi munosabati bilan Yaxve ham Osmon va Yer yuzini, barcha narsalar va hodislarni yaratgan, boshqarib turgan yagona xudo deb, tasavvur qilina boshlandi. Shu tariqa Yaxvedan boshqa xudolarga e’tiqod qilishga barham berildi. Yaxve sharafiga atab Quddus (Iyerusalim) shahrida hashamatli ibodatxonasi Nogota qurilgan. Yahudiy milliy davlati iudaizmni rasmiy davlat dini deb qabul qildi. Iudaizm sinfiy va ijtimoiy jihatdan yahudiy millatining hukmronligini muqaddaslash-tirdi. Iudaizmda dindorlar tepasida ravvin deb ataladigan ruhoniy «ota»lar turadi. Iudaizm ibodatxonalari sinogo-galar deyiladi, bular islomdaga masjidlarga, xristianlik-dagi cherkovlarga to’g’ri keladi.
Iudaizmning kelib chiqish tarixi, aqidalari (ta’limotlari, falsafiy-nazariy asoslari), marosim, urf-odatlari, ahloqiy qarashlari, huquqiy va qonun tizimlari, undagi payg’ambarlar, avliyolar to’g’risidagi ma’lumotlar, rivoyatlar, ibodat duolarining barchasi Tavrot kitobida (Tavrot - ilohiy qonun demakdir) bayon etilgan. Tavrot xudo Yaxve tomonidan payg’ambar Musoga osmondan vahiy qilingan muqaddas kitob hisoblanadi. Qur’onda Tavrotni ilohiyligi va muqaddas kitobligi aytilgan. Masalan, Qur’onning «Baqara» (Sigir) deb nomlangan ikkinchi surasining 53-oyatida: «Sizlar haq yo’lini topishingiz uchun Musoga kitob va furqonni (ya’ni Tavrotni) berganimizni eslanglar», deyil-gan. «Baqara» oyatlarining qariyb uchdan bir qismini «ahli kitoblar» (Tavrot va Injilga iymon keltirganlar), xususan yahudiylar haqidagi ma’lumotlar tashkil qiladi». (Qarang:Qur’oni Karim. O’zbekcha izohli tarjima, Tarjima va izohlar muallifi Alouddin Mansur. «Cho’lpon» nashriyoti».Toshkent.1992 yil, 6-7 betlar). Tavrotni «Qadimiy ahd» ham deyiladi.



Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish