Dinda savolim bor. 3-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
18
1.
Agar imom ikki martadan ortiq sajda qilib qo‘ysa, jamoat buni qilmaydi.
2.
Iyd namozlarida imom to‘rt takbirdan ko‘proq takbir aytsa, jamoat bunday
qilmaydi.
3.
Agar imom janoza namozida to‘rttadan ziyod takbir aytsa, qavm bunday qilmaydi.
4. Agar imom to‘rt rakatdan so‘ng tashahhud o‘qib turib ketsa, qavm turmaydi.
Agar
beshinchi rakatga sajda qilmay, tashahhudga qaytsa, imom bilan qo‘shilib salom beradi.
Agar imom qaytmasa, jamoatning o‘zi salom berib tugatadi.
Agar imom to‘rtinchi rakatdan so‘ng tashahhud o‘qimay, beshinchi rakatga turib
ketsa, qavm o‘tirib tashahhud o‘qisa, ammo imom qaytmay, beshinchi rakatga sajda
qilsa, hammaning namozi buziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: