Muqim musofirga iqtido qiladimi?
Savol: Muqim kishi safarda yurgan namozxonga iqtido qilsa bo‘ladimi?
Javob: Ha, bo‘ladi. Xoh namoz vaqti ichida, xoh vaqt chiqqanidan keyin bo‘lsin,
muqim kishining musofirga iqtido qilishi durustdir. Musofirning muqimga namoz vaqtida
iqtido qilishi ham durust. Musofir bunday holatda namozni muqim kabi to‘liq o‘qiydi.
Ammo namoz vaqti chiqqach, musofirning muqimga iqtido qilishi durust emas.
Musofir muqimlarga imom bo‘lsa, namozni boshlamasdan avval yoki salom bergach,
«Namozingizni tamomlang, men musofirman», deyishi mustahabdir. Muqim musofirga
iqtido qilganida musofir namozini tamom qilganidan so‘ng qolgan ikki rakatini qiroat
qilmasdan tamomlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |