Junublikda nimalar mumkin emas?
Savol: Junublik paytida nimalarni qilish mumkin bo‘lmaydi?
Javob: Junublikda (ya’ni, jinsiy aloqadan so‘ng yoki uyquda bulg‘anib qolganda)
kindik osti tuklarini tozalash, tirnoq olish makruhdir, bu ishlarni g‘usldan so‘ng bajarish
kerak. Junub kishi tirnoq olishi, tuklarni qirishi, qon oldirishi, kindik osti va qo‘ltig‘ini
tozalashi, vujudidan har qanday parchani uzib olishi mumkin emas. Chunki barcha
a’zolar qiyomatda tirilganida yuvilmay qolgan yoki shu holatda olib tashlangan har bir
narsa junub holda bo‘ladi.
Junub holdagi kishilar avval qo‘llarini, keyin og‘izlarini yuvib ovqatlanishlari, namoz
vaqtini o‘tkazmaslikka ko‘zi yetsa, uxlashlari mumkin. Emizikli ayolning bolasi yig‘lasa,
g‘uslga fursati bo‘lmasa, ko‘kragini yuvib emizsa bo‘ladi.
Junub bo‘lgan odamning uxlashdan oldin tahorat olishini ba’zilar mustahab,
deyishgan («Ayollar fiqhi»).
Do'stlaringiz bilan baham: |