Dinara tour service


O’zbekiston Respublikasida turizm sohasining rivojlanish istiqbollari



Download 28,5 Mb.
bet2/3
Sana06.07.2022
Hajmi28,5 Mb.
#751209
1   2   3
Bog'liq
Hisobot sher

1. O’zbekiston Respublikasida turizm sohasining rivojlanish istiqbollari
Turistik biznes jahon xo‘jaligining eng tez rivojlanayotgan tarmoqlaridan biridir. Xalqaro turizm neft qazib chiqarish va avtomobilsozlikdan so‘ng uchta eng yirik eksport tarmoqlari qatoriga kiradi. Boshqa manbalarga ko‘ra turizm jahon xo‘jaligining eng rentabelli sohasi hisoblanadi. Turizm sanoatida butun jahondagi ishchi kuchining 75 % qismi mehnat qiladi. Butunjahon turistik tashkiloti(BTT) ma’lumotlariga ko’ra bugungi kunda jahon yalpi milliy mahsulotining 10 foizi investitsiyalarini 10 foizi jahon istemol xarajatlarining 11 foizi, soliq tushumlarining 5 foizi har o’nta ish o’rnidan bittasi, jahon eksportining 7 %i yoki 1,4 trillon AQSH dollari turizm sohasi hissasiga to’g’ri keladi2.
Butun jahonda turizmning ahamiyati tobora o‘sib borib, bu turizmning alohida mamlakatlar iqtisodiyotiga ko‘rsatayotgan ta’sirining o‘sishi bilan bog‘liq. Yevropa hamjamiyati mamlakatlari va sanoati rivojlangan boshqa mamlakatlarda turizmdan olinuvchi daromad yalpi ichki mahsulotning 5,5 % qismini tashkil etadi.
Ko‘pchilik mamlakatlar xalqaro turizm vositasi bilan to‘lov balansi muammolarini hal qilishga harakat qiladilar. Xorijdan keluvchi turistlar tovarlar va xizmatlarga haq to‘lash yo‘li bilan turistlarni qabul qiluvchi mamlakat byudjetiga valyuta kelib tushishini ta’minlaydilar va shu tariqa uning to‘lov balansini faollashtiradilar. Shu sababli chet eldan turistlarning kelishi “faol turizm” deb nomlanadi. Turistlarning chetga chiqishi milliy valyutaning chetga chiqib ketishiga sabab bo‘ladi. Mazkur turdagi turistik operatsiyalar bo‘yicha xalqaro to‘lovlar turistlarni eksport qiluvchi mamlakatning to‘lov balansi passivida qayd etiladi hamda bunday turizm “passiv turizm” deb ataladi.
Turizm rivojlanishining zamonaviy bosqichlarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash maqsadida hech bo‘lmaganda turizm yuzaga kelishi tarixining umumiy jihatlarini ko‘rib chiqish zarur. Zamonaviy turizm bir tomondan ikkinchi jahon urushidan so‘ng rivojlanganligi sababli yosh hisoblanadi. Ikkinchi tomondan esa u chuqur tarixiy ildizlarga ega, chunki sayohat qilish insoniyat uchun qadim zamonlardan xosdir.
Hozirgi paytda turizm tobora ommaviylashib, nafaqat jamiyat aslzodalari uchun, balki ishchi sinfi va yoshlar uchun ham dam olish shakliga aylandi. O‘z infratuzilmasiga ega bo‘lgan hordiq sanoati shakllanmoqda. Turistik korxonalar faoliyati jadallashib, ommaviy ravishda mehmonxonalar, dam olish va ko‘ngilocharlik uchun muassasalar qurilmoqda. Turizm jahon iqtisodiyotining eng rentabelli tarmoqlaridan biriga aylanib bormoqda.
Butunjahon turizm tashkiloti (BTT) ning ma’lumotiga ko‘ra o‘z mamlakatidan boshqa davlatga dam olish yoki biznes qilish, boshqa xohlagan maqsadda 24 soatdan ko‘proq vaqtga ketgan shaxslar sayyohlar deb ataladi.
Turizmda xususiylashtirish jarayoni kundan-kunga jadal suratlar bilan amalga oshirilmokda bu jarayonni ham bosqichma-bosqich amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun O‘zbekistonda xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi tashkil qilindi.
Bundan ko‘rinib turibdiki turizmda xususiy tadbirkorlar keng ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ular faoliyatining sayyohlik tizimi va tashqi muhitiga ta’sirini ko‘rib chiqishimiz lozimdir. Iqtisodiyot sayyohlik rivojlanishga ijobiy ta’sir o‘tkazishi bilan birga salbiy ta’sir ham o‘tkazishi mumkin.
Ijobiy ta’sirlar: real daromadning o‘sishi, vaziyatdagi ijobiy kon’yunktura, valyutaning barqaror holati va daromadlarning yanada bir maromda taqsimlanishi.
Salbiy ta’sir omillari: iqtisoddagi inqiroziy holatlar (ishsizlikning o‘sishi, maoshlarning qisqartilishi, inflyatsiya); salbiy kon’yuktura.
O‘z navbatida sayyohlik ham iqtisodga vazifalarni (funksiyalarni) bajarish orqali ta’sir o‘gkazadi:
1. Ishlab chiqarish;
2. Ish bilan ta’minlash (bevosita va bilvosita samara (ta’sir) );
3. Daromad keltirish;
4. Nomutonosibliklarni bartaraf etish funksiyasi;
5. To‘lov balansini muvozanatlashtirish funksiyasi.
4 - 5 funksiyalarni batafsil ko‘rib o‘tamiz.
Nomutonosibliklarni bartaraf etish funksiyasi xizmati sanoati kam rivojlangan hududlar iqtisodiy rivojlanishiga ërdam berishdan iborat.
Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda yutimizda turizm sohasini taraqqiy etishi uchun keng ko’lamli islohotlar olib borilmoqda. Turimni rivojlantirishning Davlat qo’mitasi malumotlariga asosan 2017 yilda mamlakatimizga tashrif buyurgan turistlarning soni 2 mln 520 ming dan ortdi va bu ko’rsatkich o’tgan yilga nisbatan 24,3% ga oshdi. Shu bilan birga turistik xizmatlar eksporti o’tgan yilga nisbatan 24 %ga oshib , 1mlrd 557 mln AQSH dolarini tashkil etdi. 2017 yilda umumiy nomerlar fondi 1355 o’rinni tashkil etgan 101 joylashtirish vositalari barpo qilindi, turoperatorlik xizmatlarini ko’rsatuvchi 128 ta yuridik shaxslar ro’yhatdan o’tdi. Joriy davrga kelib umumiy joylashtirish vositalarining soni 1327 taga, Gidlar 2203 taga, chet ellik sayyohlar soni 234050, mehmon uyari 1509 taga, turoperatorlarning esa 1373 taga yetdi3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda turizmni izchil rivojlantirish istiqbollari, sayyohlik obyektlaridan samarali foydalanish, ko‘rsatilayotgan xizmat turlari sifatini oshirish, yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar oqimini ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.
Bugungi kunda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlardan ko‘zlangan pirovard maqsad mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirishga qaratilgan.
Turizm – iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, ushbu tarmoqni yanada takomillashtirish zarur, buni davrning o‘zi taqozo etmoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston ham sayohat, ham ziyorat uchun qulay mamlakat. Chunki ona zaminimizda butun dunyoga ma’lum va mashhur bo’lgan ajdodlarimiz mangu qo‘nim topgan. Ular qoldirgan boy ma’naviy-madaniy merosga xalqaro maydonda qiziqish juda katta. Sohani yanada rivojlantirish uchun, avvalo, zarur infratuzilmani takomillashtirish shart. Birinchisi, transport, ikkinchisi logistika, deb ta’kidladi Prezidentimiz.


Yig’ilishda qayd etilishicha, 2017-yilning 9 oyi yakuniga ko‘ra, qariyb 1 million 800 ming sayyoh yurtimizga kelgan. Bu 2016-yilning mos davriga nisbatan 17 foiz ko‘pdir. Mamlakatimizda sayyohlik xizmatlari eksporti ham 17 foiz ko‘payib, 1 milliard 86 million dollarni tashkil qilgan. Yil oxiriga qadar mamlakatimizga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni 2,5 milliondan oshishi kutilmoqda.
Mamlakatimizda turizmning yangi istiqbollari ochilib, turli yo‘nalishlarda keng qamrovli loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, keyingi yillarda alpinizm, otda, tuyada, velosipedda sayohat qilish, off-road sayyohatlari, baliq ovi, rafting, xeliski, geoturizm, ta’lim turizmi, tibbiy turizm kabi yangi sayyohlik yo‘nalishlari ommalashmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishni ta’minlash, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish, mintaqalarda turizm salohiyatidan samarali foydalanishda muhim omil bo‘lmoqda.
Farmonda belgilab berilgan maqsadli vazifalar hamda ustuvor yo‘nalishlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashkil etildi.
O‘tgan qisqa davr mobaynida O‘zbekiston turizm salohiyatini kompleks rivojlantirishga qaratilgan 16 normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Ushbu hujjatlar asosida turizm sohasi subyektlariga sezilarli soliq va bojxona imtiyozlari hamda boshqa yengilliklar taqdim qilindi.
Mamlakatimiz turizm tarmog‘ini Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot (ISO) talablariga mos kelishini ta’minlash maqsadida turizm terminologiyasi va mehmonxona xo‘jaliklari xavfsizligi talablari bo‘yicha yangi 2 ta davlat standarti ishlab chiqildi va ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Bulardan tashqari, Prezidentimizning tegishli qarori bilan hududlarda turizm sohasining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari hamda Xiva va Shahrisabz shaharlari hokimlarining turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimi joriy etildi.
O‘tgan davr mobaynida davlatimiz rahbari topshiriqlari asosida Xorazm, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida turizm infratuzilmasini yaxshilash, yangi sayyohlik yo‘nalishlari tashkil etish hamda hududlarning turizm salohiyatini keng targ‘ibot qilishga qaratilgan dasturlar qabul qilindi. Jumladan, Buxoro va Samarqand shaharlarida sayyohlar uchun kunu tun faoliyat ko‘rsatuvchi, har birining hududi 10 gektardan iborat "Qadimiy Buxoro" va "Samarqand siti" turizm hududlarini barpo etish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan.

2. Samarqand viloyatida turizm sohasi rivoji uchun zarur bo`lgan barcha tabiiy resurslar va tarixiy obidalar


Samarqand viloyatida bugungi kunda jami 30 dan ortiq dam olish maskanlari mavjud bo’lib, bir kunda 4700 nafardan ortiq tashrif buyuruvchilarga xizmat ko’rsatish quvvatiga ega.

Hozirda ichki turizmni rivojlantirish, aholining tabiat qo’ynida maroqli dam olishlarini tashkil etish maqsadida viloyatimiz tadbirkorlari tomonidan ko’plab ekoturizm dam olish maskanlari tashkil etilmoqda. Jumladan, Jomboy tumani Zarafshon daryosi bo’yida “Ulug’bek Asr Karvon” MCHJ tomonidan 3 ga maydonda tashkil etilayotgan plyaj mana shunday maskanlardan biridir. Kelgusida ushbu ekoturizm maskanida dam oluvchilar uchun barcha sharoitlar yaratiladi, xususan, maskan hududida baliq ovlash havzasi, katamaran va qayiqlarda sayr qilish, suzish havzasida cho’milish, kempinglar, o’tovlar hamda yozgi va qishki restoranlar tashkil etiladi.


Hozirda maskanda qurilish ishlari davom etmoqda va ob’ekt 2021 yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.



Xo‘ja Doniyor maqbarasi


Xo‘ja Doniyor maqbarasi Samarqanddagi eng mo‘‘tabar va mashhur ziyoratgohlardan hisoblanadi. Xo‘ja Doniyor maqbarasini uch din – islom, xristianlik va iudaizm vakillari bir xil darajada aziz va tabarruk deb ziyorat qiladilar. Doniyor, Daniil, Daniel – bu musulmon, nasroniy va yahudiy adabiyotlaridagi bitta aziz avliyoning nomidir. 
Injilda talqin etilishicha, Daniil yahudiy tilidan tarjimasi «Olloh hakam» ma’nosini bildiradi. Doniyor Iyerusalimda eramizdan avvalgi 603 yilda tug‘ilgan bo‘lib, shoh Dovud va Sulaymon (Solomon) larning avlodiga mansubdir. Er. avv. 586 yilda Isroil, Bobil shohi Novoxudonosor tomonidan bosib olinganidan so‘ng, Doniyor, Bobil (Iroq) ga boshqa zodagonlarning bolalari bilan olib ketiladi. Ular turli xil fanlarni o‘rganishadi. Doniyor eng qobiliyatli yaxudiy yoshlardan hisoblangan. U o‘zining diniy e’tiqodlari mustahkamligini namoyon qilgan, sharob va may ichishdan, go‘shtli ovqatlardan voz kechib faqat sabzavotlarni iste’mol qilgan holda diniy qoidalarga rioya qilgan. Shuning uchun uning donishmandligi, dinga taqvodorligi Injilda talqin etilishicha, Ollohning mukofoti deb bayon etiladi. Shoh Novoxudonosorning tushi ta’birini donishmandlik bilan izohlab bergani uchun uni katta ehsonlar bilan siylaydi va o‘zining yaqin kishilari qatoriga qo‘shadi. Forslar kelishi bilan, shoh Doriy Doniyorni mamlakatni boshqaradigan kishilar qatoriga ko‘tardi. Bunday iltifotlar shohga yaqin saroy xodimlarining rashkini keltiradi. Bu kishilar Doniyorga tuhmat uyushtirib, shoh farmoni bilan uni och sherlar chohiga tashlaydilar, lekin hayvonlar unga tegishmaydi ham. Shunda shoh buyrug‘i bilan bo‘htonchilarning o‘zini chuqurlikka tashlashadi va sherlar ularni tilka pora qilishadi. 
Afsonaviy avliyo yahudiy asirlarning fors shohi tomonidan ozod etilishigacha bo‘lgan davrgacha yashagan, lekin keksayganligi sababli vataniga qayta olmaydi va Suz shahrida hozirgi Mosul (Iroq) shahrida izzat-hurmat bilan ko‘miladi. Shundan avliyoning ko‘milgan joyi to‘g‘risida tarixchilarning ba’zi chalkashishlari kelib chiqqan. Olimlar o‘rtasida haligacha, qachon va qay tarzda Samarqandda Doniyor payg‘ambarning maqbarasi paydo bo‘lganligi to‘g‘risida yagona fikr mavjud emas. 
Keng tarqalgan afsonaga muvofiq, buyuk sarkarda Amir Temur o‘zining Kichik Osiyoga (1397-1404) yetti yillik yurishi vaqtida, buyuk sarkarda bo‘lishiga qaramay, Suzni zabt eta olmagan. Sohibqiron xudojo‘ylardan, shaharni avliyo Daniilning tabarruk xoki asrab keladi deb eshitadi. Shunda Amir Temur qamal qilinganlar bilan ahdlashib, ularning mol-mulkiga tegmaslikka va asirlarni qullikka olib ketmaslikka va’da berib, buning evaziga avliyoning bir qism xokini, ya’ni o‘ng qo‘lini Samarqandga olib ketishni, toki saltanatini har xil ofatlardan saqlasin deb taklif etadi. Avliyo Samarqandga ko‘milganidan so‘ng qabrning bosh tarafidan buloq otilib chiqadi va shahar aholisi, uning atrofidagilar bu suvni tabarruk deb biladilar va undan foydalanadilar. Lekin bu afsona islom dini udum va qoidalariga zid bo‘lib chiqadi, ya’ni o‘tganlarni bezovta qilish mumkin emasdir. Haqiqatga yaqini balki, buyuk sarkarda Samarqandga Suzdan bir qism xoklarini olib kelgan bo‘lsa kerak va uning buyrug‘i bilan maqbara harbiy yurishning muvaffaqiyatli g‘alabasi nishonasi sifatida qurilgandir. 
Amir Temurning tarjimai holi tadqiqotchilraining yozuvlarida ham bu voqea to‘g‘risida hech qanday ma’lumotlar yo‘q. Ba’zi tarixchilarning ta’kidlashicha, fors tarixchisi Istahriy Movarounnahrga, Temur tug‘ilganidan to‘rt yuz yil oldin kelgan va hazrati Doniyor maqbarasi shaharda o‘sha davrda mavjud ekanligini yozadi.
Doniyor payg‘ambar maqbarasi turli davrlarda turlicha ko‘rinishga ega bo‘lgan. Chor Rossiyasi davrida nashr etilgan kitobda Doniyor Payg‘ambarning 1870-1980 yillardagi gravyura surati aks ettirilgan. Undan shu ma’lum bo‘ladiki, o‘sha davrlarda Doniyor Payg‘ambar qabri usti daryo toshlari bilan terilgan va uning atrofida kichik ayvon va xona (masjid) mavjud bo‘lib, qabr atrofida ruhoniy va avliyolarning belgisi bo‘lgan oltita tug‘ o‘rnatilgan. Tug‘lar maxsus toshlarga o‘rnatilgan bo‘lib, hozirda ham ushbu tug‘larni ushlab turgan toshlar bor, lekin tug‘lar saqlanmagan. XIX asr oxirlarida ushbu qabr ustida maqbara qurildi. Unga boradigan asosiy yo‘l qadimiy Afrosiyob shaharchasidan bo‘lib, maqbaradan sal balandroqda kirish darvozaxona-ayvoni qurilgan. Uning qoldiqlari hanuzgacha saqlanib kelinmoqda va u ham maqbara qurilgan paytda bino etilgan. Hazrati Doniyor qabri ustidagi mavjud bo‘lgan maqbara XX asrning boshida Samarqand sovunpazlarining ustozi Mahmud oqsoqol tomonidan bunyod etilgan, chunki Hazrati Doniyor sovunpazlarning piri hisoblanadi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, maqbaraning qurilishida Miroshnichenko ismli rus tadbirkor-savdogar ham o‘z hissasini qo‘shgan. 
Maqbarada ko‘pgina ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Ziyoratgoh atrofi devor bilan o‘ralib, ziyoratgohga chiqish uchun 3 qismli zinapoya qurildi. Shu bilan birgalikda qabr atrofi oniks va qora marmar bilan qoplandi. XX asrning boshlarida olingan bir fotosuratda maqbara olti gumbazli bo‘lgan, hozirgi vaqtda esa gumbazlarining soni beshta bo‘lib, ular keyinchalik buzilib, qaytatdan tiklangan bo‘lishi mumkin. Maqbaraning shimol tomonida imoratning yuqori qismini ikki burchagidan pishiq g‘ishtdan terilgan qubbalar bezatadi. Ular yevropacha uslubda qurilgan. Ichki qismida, o‘sha davrda qo‘llaniladigan, qalqonsimon langarlar, hamda gumbazlarni ko‘tarib turgan ravoqlar ishlatilgan. Arxeologik qazish ishlari davom ettirilmoqda va kelgusida maqbara to‘g‘risida kengroq ma’lumotlar olinadi degan umiddamiz. 1995 yildan boshlab maqbara va uning atrofidagi maydonlarda katta qurilish-ta’mirlash va obodonlash-tirish ishlari olib borildi.
ULUG‘BEK OBSERVATORIYASI(RASADXONASI)
(1424-1428-yillar)
Bu joy XV-asrning 20-yillarida qurilgan, shuningdek, dunyo astronomiya maktabining rivojini ta’minlashga xizmat qilgan maskan hisoblanadi. Mirzo Ulug‘bek 1409-yilda taxtga o’tirdi. Samarqand Mirzo Ulug‘bek davlatining poytaxti edi. Ulug‘bek davrida shahar yanada obodonlashtirilib, Movarounnaxrning ilmiy va madaniy markazi bo‘lib qoldi. Ulug‘bek asosiy vaqtini ilmga bag‘ishlab, Samarqandda matematika va astronomiya fanining eng ilg‘or olimlarini to‘pladi. Uning farmoniga binoan Samarqandning shimoliy-sharqida observatoriya quriladi. Ulug‘bek observatoriyasi Samarqanddagi XV-asr me’morchiligining nodir namunalaridan biri hisoblanadi. Bino uning farmoyishi bilan 1428-1429-yillarda Ko‘hak (Cho‘ponota) tepaligida, Obirahmat arig‘i bo‘yida bunyod etilgan. Observatoriya silindr shaklida uch qavatli, balandligi 30,4 metrdan iborat o‘lkan bino bo‘lib, unda radiusi 40,2 metrli gigant sekstant (ba’zi manbalarga ko‘ra kvadrant) bo‘lgan. Sekstantning janubiy qismi yer ostida joylashgan bo‘lib, qolgan qismi shimol tomonda yer sathidan 30 metr baland bo’lgan. Asbob aylanasida bir gradus yoy 701,85 mm va bir minut yoy 11,53 mm ga mos keladi.
Mirzo Ulug‘bekning o’limidan keyin observatoriyaning ilmiy ishlari bir qancha vaqt davom etib, keyinchalik vayronaga aylangan. Uzoq vaqtgacha rasadxonaning joyi ma’lum emas edi. 1908-yilda arxeolog V.L. Vyatkin tomonidan uning joyi topildi.
XIX asr 90-yillarida V.L.Vyatkin observatoriya haqida «Boburnoma»dagi (XVI asr) va XIX asrning 30 yillaridagi tarixiy asarlardan bo’lgan Samariya» asarining ma’lumotlardan foydalanadi. Bu ikkala asar rasadxonaning Obi-Raxmat arig‘iga yaqin Ko‘hak tepaligida joylashganligi to‘g‘risida xabar beradi. XV asr vaqf hujjatlarini o‘rgana turib, V.L. Vyatkin observatoriyaning Naqshi-jahon, Obi-Raxmat suvi oldida Tollirasad (poi-rasad) yerining eslatilishini uchratadi.
Observatoriya ichida. Samarqandda ma’lum bo‘lgan astronomlarning ilmiy kengashi to‘planib, unda Ulug‘bek astronomik jadval tuzish zarurligini, observatoriya qurilishi ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni ko‘taradi (1417-y.) va o‘sha yilning o‘zida Samarqandda astronomik kuzatuvlar boshlaydi. Kuzatuvlar 30 yil davom etadi, ya’ni barcha sayyoralarning quyosh atrofida aylanishi kuzatiladi va 1447-yilda tugatiladi. Bu davrga kelib (1447-y.) «Ziji Ko‘ragoniy» asari tugatiladi. Observatoriyadagi kuzatuvlar oddiy ko‘z bilan, ya’ni optik asboblarsiz o‘tkazilgan. Teleskop XVIII asrning boshida ixtiro etilgan.
Observatoriyaning asosiy asbobi sekstantning (kvadrant) radiusi 40 metr, yoyning uzunligi 63 metrga yetgan. Bu Sharqdagi ma’lum asboblardan eng yirigi bo‘lib, Marog‘adagi (Ozarbayjon) sekstantning radiusi 3 metrga yaqin edi. Beruniy o‘lkan radiusli sekstant haqida (15 tirsak) ma’lumot beradi.
Quruvchilar bunday o‘lkan asbobni joylashtirishning qulay usulini qo‘llaganlar. Uning yarmini (450) transheyaga o‘rnatib, zilzilalar kuchli zonada uning mustahkamligini ta’minladilar. Sekstant (kvadrant) ikkita parallel joylashgan yarim aylanadan iborat bo‘lib, janubdan shimolga to‘g‘irlangan. Sekstant marmar bilan ishlangan bo‘lib, unda graduslar belgilangan. Unda yuqoridagi gradus raqamlaridan 570, pastroqda 800, undan ham pastda 100 saqlanib qolgan.
Observatoriya o‘rta asrlarda asbob-uskunasi jihatidan ham beqiyos bo‘lgan. Asbob astronomiyaning asosiy doimiyliklari-ekvator va ekliptika orasidagi burchakni o‘lchash, yillik jarayoni doimiysini, tropik yil davomiyligini va boshqa fundamental astronomik doimiyliklarni aniqlashga imkon bergan. Unda sayyoralar va oy harakati tekshirilgan.
Observatoriyada kichik o‘lchamli asboblar: armilyar sfera, 2,4 va 7 xalqadan iborat o‘lchash asboblari, tropik, quyosh va yulduz soatlari, astrolyabiya va boshqalar bo‘lgan. Jahon astronomiyasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan «Ziji Ko‘ragoniy» asari shu yerda yaratilgan. Qurilishga zamonasining mashhur olimlari - astronom, matematik, me’morlar (masalan Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi va boshqalar) jalb qilingan.
1908-yilda arxeolog V.L.Vyatkin xaroba bo‘lgan observatoriya qoldiqlarini tarixiy hujjatlar asosida topdi. Uzoq va sinchiklab tekshirish natijasida bino silindr shaklida bo‘lganligi aniqlandi. Uning katta zallari, turli katta-kichik xonalari bo‘lgan.
Ulug‘bek observatoriyasi muzeyi .Ulug‘bek yodgorlik muzeyi 1964 yilda tashkil topgan. Ekspozitsiyani bezashda O‘zbekiston xalq rassomi Chingiz Axmarov ishtirok etgan. Mualliflari A.O. Buryakov F., Upfal E.Ya., Davidyan Yu.S.-muzeyning yetakchi mutaxassislari. Ekspozitsiya Amir Temurning nabirasi, 1409-1449 yillarda Mavoraunnaxrning hukmdori, astronomi va davlat arbobi .
Hazrati Xizir masjidi
Hazrati Xizr masjidi Samarqand shahrining muqaddas ziyoratgohlaridan biridir. U Samarqanddagi birinchi musulmon masjidi va me’moriy obidasi sifatida e’tirof etiladi. Masjid Qutayba ibn Muslim tomonidan qurilib, Hazrati Xizr nomi bilan atalgan. Ma’lumotlarga ko’ra, dastlab sajdagohi mavjud bo’lgan. VIII asrda arablar tomonidan otashparastlarning ibodatxonalari buzib tashlanadi. Shu tepalikdagi ibodatxona o’rniga Qutayba ibn Muslim tomonidan birinchi masjid binosi quriladi va Hazrati Xizr nomi bilan ataladi. Hoja Doniyor, Qusam ibn Abbos va Hazrati Xizr ziyoratgohlari aslida bitta majmua bo’lgan. Masjidga kiraverishdagi marmar toshda ko’rsatilgan “ 1854 yil ” yozuvi uning Buxoro amiri Amir Muzaffarxon tomonidan tiklanganligiga ishoradir. 1899 yilda masjidning ayvon va darvozaxona qismi qayta qurilgan. Darvoza yuzasiga yozilgan hijriy 1336 yil (melodiy 1916-1917 yillar) yozuvi darvozaxona va minoraning qayta tiklangan vaqtini anglatadi. Fikrimizni xonaqoh mehrobidagi 1274 yil hijriy (1854 melodiy yil), 1302 hijriy yil (1884 melodiy yil) degan yozuvlar isbotlaydi.
Mustaqillik yillarida hazrati Xizr masjidi mamlakat rahbariyati qo’llab-quvvatlashi bilan bir necha bor mukammal ta’mirlandi, masjid yonida joylashgan Arzis qudug’i qayta tozalanib, qadimiy holiga qaytarildi.
Bibixonim jome maschidi
Samarqandning ko’hna qismida, Amir Temur jome’ masjidining kunchiqar tomonida, bundan olti asrlar ilgari barpo qilingan, mo’jazgina, asrlar yukidan beli bukchayib qolgan bir me’moriy obida qad rostlab turibdi. Bu obidaning gumbazi ostida Amir Temurning suyukli xotini, u bilan ko’plab issiq-sovuqlarni birga baham ko’rgan, zukko, tadbirkor, oqila Katta xonim-Saroymulkxonim-Bibixonim abadiy uyquda yotibdi. Har xil ofatlar, qarovsizlik va asrlarning zalvorli yukidan uning gumbazi yiqilib tushdi, ammo butunlay yo’q bo’lib ketmadi. 
Shuni aytish lozimki, ushbu maqbaraga dafn etilganlar, marmartoshlardan yo’nilgan tosh tobutlarga kumilganlar. Ushbu tosh tobutlar dastlab maqbaraning pastiga, ya’ni, sag’anaga qo’yilgan edi, sag’ananing tomi yiqilib tushganidan so’ng esa tosh tobutlar tokchalar ichiga joylashtirilgandir. Arxeologlar dastlab shimoliy tokchada turgan tosh tobutni ochishga kirishdilar. Tosh tobutni yopib turgan tosh qopqoq ko’tarib olingach, uning ichida paxta, gazlamalarga aralashib yotgan suyaklar ko’rindi. Mumiyolangan suyaklar shu darajada aralashtirib tashlanganki, oyoq suyaklari bosh suyaklari bilan birga yotardi. Antropolog M.Gerasimovning aniqlashiga ushbu suyaklar 25-30 yoshli ayol kishiga tegishli ekan. Tosh tobutning qopqog’ida hyech qanday yozuvlar bo’lmaganligi uchun malikaning shaxsiyatini aniqlab bo’lmadi. Shundan so’ng olimlar, shimoliy tokchaga qo’yilgan ikkinchi tosh tobutni ochishga kirishdilar. Bu tobutning uzunligi 1 m 90 sm, eni 47-66 sm, balandligi 37sm, bo’lib u ham yaxlit, kulrang marmartoshdan yasalgan edi. Tosh tobutning qopqog’i ochilgach, uning ichida aralash quralash bo’lib yotgan suyaklar, tuproq, paxta va gazlama qoldiqlari ko’rindi. Tobut ichidagi suyaklar shu darajada ezilib ketgan ediki, uni yoshini aniqlashni iloji bo’lmadi, faqatgina antropolog M.Gerasimov ushbu suyaklar keksa ayol kishiga tegishli ekanligini aniqladi. Shundan so’ng, maqbaraning sharqiy tokchasida tur¬gan tosh tobutlarni ochishga kirishildi. Bu yerda uchta tosh tobut yonma-yon qo’yilgan bo’lib, ular ham yaxlit marmartoshlarning ichini yo’nib tayyorlangan edi. Sharqiy tokchadagi uchala tosh tobutning ikkalasi bo’m-bo’sh bo’lib, faqat bittasining ichida jasad saqlangan ekan. Bu tobutdagi jasad ham titib tashlanganli uchun anchayin tartibsiz holatda yotar edi. Jasad dafn qilinishidan oldin mo’miyolangan, jasadnig yonidan bir necha taqinchoq, rayhon barglari va kafanning qoldiqlari topildi. 1941 yilda ushbu tosh tobut ochilayotganda, uning qopqog’i ustida hyech qanday yozuvlar uchratilmadi, ammo, tarixchi S.A. Lapinning yozishicha, u 1889 yili maqbaraga kirganida, ushbu tobutning usida yozuv bitilgan tosh qopqoqni ko’rganligini yozib qoldirgan. Uning yozishicha, qopqoqning ustida, Qur’ondan ko’chirilgan oyat va pastroqda esa: “Majnunning o’limidan so’ng ming yil o’tsa hamki, uning kafanidan hamon ishq dardi taraladi” degan yozuv bo’lgan. 1926 yili rassom I.Mrachkovskiy maqbarada tadqiqot o’tkazganida, bu yozuvli taxta o’g’irlanib, uning o’rniga oddiy, yozuvsiz qopqoq qo’yilganligini yozgan edi. Shu o’rinda, nega toshtobutlardagi jasadlar titib tashlangan, uni kimlar, qachon qilishgan? – degan savol tug’ilishi mumkin. Bu savolga javob topish uchun gapni ilgariroqdan boshlamoq lozimdir.

Samarqand me’morchilik yodgorliklarni o’rgangan arxeolog M.Ye.Massonning arxeolog YA.Fulomovga aytishicha, Bibixonim maqbarasidagi tosh tobutlar dastlab 1871 yili Samarqand Rossiya imperiyasi tomonidan istilo qilinganidan so’ng ochilgan. Ammo, tobutlar qanday maqsadda ochilganligini M.Ye.Masson ham bilmagan. Tosh tobutlar ikkinchi marta 1926 yili bir guruh o’g’rilar tomonidan ochilgan. O’g’rilar tobutlarni titib marhumlarni taqinchoqlarini va boshqa bezaklarini o’g’irlaganlar. Shu tufayli, toshtobutlar 1941 yili uchinchi marta ochilganida uning ichidagi suyaklar ag’dar-to’ntar bo’lib yotardi. Bibixonim maqbarasidagi tosh tobutlarning qopqoqlarida hyech qanday yozuvlar bo’lmaganligi uchun bu yerga dafn etilgan marhumlarning shaxsiyatlarini aniqlash ancha mushkul bo’ldi. Olimlar birinchi bo’lib ochilgan tosh tobutdagi malikaning shaxsiyatini aniqlay olmadilar, ammo, uni temuriylar xonadoniga mansub oliy martabali malika bo’lganligini e’tirof etdilar. Shimoliy tokchadagi ikkinchi tosh tobutga dafn etilgan marhumani Bibixonimning onasiga tegishli ekanligi aytildi. Sharqiy tokchada joylashgan, uchinchi bo’lib ochilgan maqbaradagi eng yirik tosh tobutga dafn etilgan jasadning shaxsiyati haqida ancha bahslar bo’ldi. Shun¬ing uchun ko’plab tarixiy manbalar o’rganildi, har xil taxminlar farazlar tahlil qilindi, antropologlar jasadning yoshini aniqladilar. Skulptor M.Gerasimov marhumaning hujjatli portretini yaratdi. Barcha dalillar, taxminlar va ilmiy xulosalar jamlanib muhokoma etilgach, tadqiqotchilar bu suyaklar Amir Temurning suyukli xotini Katta xonim-Bibixonimniki, degan qarorga keldilar. Shu o’rinda Bibixonim shaxsiyati haqida ham ozgina to’xtalmoq lozimdir. Tarixchilarning yozishlaricha, Bibixonim, XIV asrning 40yillarida Movorounnahrga xonlik qilgan Chig’atoy xonadoniga mansub amir Qozonxonning qizi bo’lgan. Taxminlarga ko’ra u 1341 yili hozirgi Qashqadaryo vohasidagi Zanjirsaroyda tavallud topgan. Amir Qozonxon davlatda tartib o’rnatish yo’lida har xil qarshiliklarga uchrab 1346 yili bir guruh beklar tomonidan o’ldiriladi. Bu fojea yuz berganida Bibixonim 5-6 yoshlarda edi. U balog’atga yetgach amir Qozog’onning nabirasi Husayn¬ga turmushga beradilar. 1370 yili amir Xusayn Xuttalon amiri Kayxusrav tomonidan uldirilgach, Bibixonimga Amir Temur uylanadi. U xonning qizi bo’lganligi tufayli Amir Temurning haramida Katta xonim degan unvonga ega bo’ladi. Bibixonimning go’zalligi, aql-farosati, nozik didi, keng va shafqatli qalbi haqida xalq orasida necha-necha afsonalar saqlanib qolgan.

O’sha davrda yashagan bir shoir Bibixonimning go’zalligi haqida: “Uning go’zalligini so’z bilan anglatish mushkul, chunki ul har qanday go’zal so’zdan-da go’zaldir”-deb yozgan ekan. Bibixonimni aql-farosati, mehribonchiligini Amir Temur yuksak baholar edi, shu sababli, sohibqiron oqila malikaga temuriy shahzodalarning tarbiyasini ishonib topshirgan edi. Bibixonimga tabiat ona bo’lish baxtini bermagan edi, u bor mehr-muhabbatini Mirzo Ulug’bek, Muhammad Sulton, Xalil Sulton kabi suyukli nabiralariga baxsh etdi.


Bibixonim o’z sarmoyasidan Samarqandda ulug’vor madrasa bunyod qildi, olimlar shoirlar va me’morlarga g’amxo’rlik qildi. Arab tarixchisi Ibn Arabshohning yozishicha, uni Xalil Sultonning xotini Shodimulk yashirin ravishda zaharlab o’ldirgan… Hozirgi kunlarda Bibixonim mangu uyquda yotgan maqbara ta’mirlanmoqda, yana o’z asliga qaytmoqda, bu yerga ziyoratga kelayotganlarning soni kundan kunga oshib bormoqda…
REGISTON MAYDONI
Registon maydoni o‘zining uchta katta peshtoqi va baquvvat arklarni ushlab turuvchi ikki oshiyonli oynasiz devorlari bilan butun dunyodan keluvchi turistlarni hayratga soladi.
ULUG‘BEK MADRASASI (1417-1420-yillar)
Ulug‘bek madrasasi peshtoqi. Hurmatli ekskursantlar! 1417-1420-yillarda aynan shu joyda olim, matematik, astronom Mirzo Ulug‘bek Ko‘ragoniy sayi-harakati bilan musulmon oliy o‘quv yurtiga asos solingan. «Bu ilm binosining asoschisi ulug‘ sulton, sultonning o‘g‘li, dunyoning va asrlarning mutaffakkiri Ulug‘bek Ko‘ragoniy, ...balandligi osmonga qadar ikki o‘lcham, og‘irligidan yer yuzining cho‘qqisi titraydi», degan so‘zlar madrasa peshtog‘ida yozilgan. Bu yerda boshqa madrasalarga o‘xshab, faqat ilohiyot fanlari o‘rgatilmagan. Ulug‘bek aniq fanlarga ko’proq qiziqqan. Birinchi darslarni Ulug‘bekning ustozi, ulug‘ astronom Qozizoda Rumiy o‘tkazgan. Birinchi mudarris (professor) etib olim Muhammad Havodiy tayinlangan. Ulug‘bek ushbu madrasaga ta’lim berish uchun eng mashhur ilm namoyondalarini to‘plagan. Talabalarining soni yuztaga yetgan va ular madrasa ichidagi 48 ta hujralarda yashashgan.
Ulug‘bek madrasasining saqlanib qolgan qiyofasining o‘zi, o‘tmish me’morchilik san’ati naqadar yuksak ekanligidan darak beradi. Madrasa to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, sathi 56x81 metr. Registonga qaragan tomoni bosh tomon bo‘lib, u «qo‘sh» uslubidagi peshtoq, yon tomondan mahobatli minoralardan iborat.
Peshtoqqa e’tiboringizni qaratmoqchiman! Ulugbek davrida qurilgan bu madrasaning asosiy ornamental bezagi sifatida biz markazda «yulduzlar»ni ko‘rishimiz mumkin, shuningdek peshtoq «morpech» (ilon tovlanishi) naqshlari bilan xoshiyalangan bo‘lib, bu ham o‘z navbatida sharq falsafasining bir ma’nosini o‘zida mujassamlashtirgan. «Har bir talaba doim yodida tutishi lozim bo‘lgan aqida, u ham bo‘lsa har bir inson bu dunyoga keladi, komillik sari intiladi, komillikka erishadi, ammo xohlaydimi yo‘qmi, baribir bir kunmas bir kun, qariydi va nihoyat bu dunyoni tark etadi. Aynan shu orqali har birimiz doim faqatgina bu dunyoda qoldiradiganimiz yaxshi nom ekanligini unutmasligimiz lozim».
Endi esa hurmatli ekskursantlar madrasaning ichiga yo‘l olamiz!
Ulug‘bek madrasasidagi hujralar. Hurmatli ekskursantlar! Siz ko‘rib turgan to‘rtburchak hovlining sathi 30x40 metr. Mana bu xonachalar «hujralar» deb nomlanadi. Aynan shu xonalarda Ulug‘bek madrasasida yuzga yaqin tahsil olgan talabalar yashashgan. Hujralarga mana shu kichkina eshiklardan kirilgan. Nima sababga ko‘ra eshiklar bunday kichkina? degan savol sizni qiziqtirgan bo‘lsa kerak. E’tiboringizni har bir eshikning ustidagi oyatga qaratmoqchiman! Har bir shu yerda tahsil olgan talaba birinchi navbatda oyatga hurmatini bildirgan holatda, o‘zi yashagan va tahsil olgan bilim dargohiga, xonaga hurmat yuzasidan egilib kirgan. Hujralarning sathi 3x3,7 metr yoki 3,2x4,6 metr bo‘lib, to‘rida yordamchi xona ham bor. Havo va yorug‘lik hujralarga eshik orqali yoki eshik tepasidagi panjarali oynachalardan kirgan. Qish kunlari isitish uchun sandal ishlatilgan. Devorlarning qalinligi yoz kunlari issiqdan saqlab, qish kunlari issiq yo‘qolishiga yo‘l qo‘ymagan, lekin zahlikdan saqlay olmagan. Shuning uchun uxlash joylari yog‘ochdan yasalib, pastdan ikki metr balandlikda bo‘lgan. Ustiga chiqish uchun hujra ichida yog‘och zinapoya o‘rnatilgan. Ikkinchi qavatdagi hujralarga devor ichiga g‘ishtdan taxlangan o‘rama zinalar orqali chiqilgan. Ikkinchi qavatdagi hujralarni bir-biri bilan tokchasimon peshayvonlar bog‘lagan. O‘rama zinalar orqali madrasa tomiga va minora ustiga ham chiqish mumkin. Madrasa devorlari pishgan g‘ishtdan taxlanib, oralari ganch qorishmasi bilan to‘ldirilgan. Darsxona va xususan ichki xonalardagi bezak izlari qolmagan. Bularning hammasi ganch bilan suvalgan va ko‘p marotaba oqlangan. Taxmin qilish mumkinki, hujralarning ichki bezagi yelimli bo‘yoqlar bilan ishlangan.
Hurmatli ekskursantlar madrasa ichida ko‘rib turganlaringizdek, yozgi darsxonalar, katta darsxona, masjid hamda mudarrislar xonasi ham mavjud bo‘lgan.
Hovlidagi haykallar. E’tiboringizni mana shu yerdagi haykalga qaratmoqchiman! Ko‘rib turganingizdek, o‘tirgan holatda ko‘rsatilgan Mirzo Ulug‘bek hamda uning atrofidagi madrasa mudarrislari, uning zamondoshlari to‘planishgan.
SHERDOR MADRASASI (1619-1636-yillar)
Sherdor madrasasi peshtoqi. Hurmatli ekskursantlar! Qqarshingizda Sherdor madrasasi. Sherdor madrasasi 1619-yili Mirzo Ulug‘bek xonaqosining vayronalarga aylangan joyida, Bahodir Yalangtush amri bilan boshlanib, 1636-yilida qurib bitkazildi. Qurilish 17 yil davom etgan. «Ushbu inshoot me’mor Abdul Jabbor san’ati bilan barpo etildi» degan so‘zlar peshtoqning ichki arkida qora ustidan oq harflar bilan yozilgan.
Me’mor Abdul Jabbor Sherdor madrasasini O‘rta Osiyo me’morchiligiga xos uslubda yaratdi. Bu binoning rejasi Ulug‘bek madrasasiga o‘xshash bo‘lib, lekin undagi katta darshona va masjid bu binoda mavjud emas. Sherdor madrasasidagi naqshdor ohanglar Ulug‘bek madrasasidagidek bo‘lib, boshqa uslubda, ayrim joylarida esa yangi mavzuda qo‘llanilgan.
E’tiboringizni madrasa peshtoqiga qarating! Bosh peshtoq gulobasi tillasimon sariq ohangda bo‘lib, unda g‘aroyib binafsha rang, qora yo‘l-yo‘l yo‘lbarslar, kulrang - ko‘k dog‘li oq kiyiklarni quvib yetishi, yo‘lbarslar ortida esa nurli quyosh tasvirlangan. Bu tasvirni ikki xil tarzda ta’riflash mumkin. Birinchisiga ko‘ra, qora yo‘l - yo‘l yo‘lbarslar bu Bahodir Yalangtushbiy, oq kiyiklar uning dushmanlari, quyosh esa doimo uning yo‘lini ochib berguvchidir. Ikkinchi ta’rifga ko‘ra esa, yo‘lbarslar bu - talabalar, oq kiyiklar bu - bilim, quyosh esa ularning bu yo‘llarini doimo nurafshon etuvchidir.
Muhammad Qotong‘uning qabri oldida. Siz ko‘rib turgan qabr Muhammad Qotong‘uning qabrlari hisoblanib, bu inson qassoblik bilan shug‘ullanganlar, ma’lumotlarga qaraganda aynan Sherdor madrasasining qurilishida ustalarga go‘sht ta’minotiga homiylik qilganlar. Aynan shu ishlari sharafiga vasiyatlariga ko‘ra shu joyda ko‘milganlar. Rivoyatlarga ko‘ra bu inson barcha qassoblarning piri hisoblanib, mahalliy aholi bu insonning qabrlari oldiga kasalmand uy hayvonlarini olib kelib qo‘yishar, uy hayvonlari esa sog‘ayishar ekan.
E’tiboringizni mana bu archasimon tarzda terilgan g‘ishtli yo‘lakchaga qaratmoqchiman. XV asrda aynan shu maydondagi barcha yo‘lakchalar shu ko‘rinishda bo‘lgan. Hozir esa siz ko‘rib turgan yo‘lakchaning bir bo‘lagi bizgacha XV asrdan yetib kelgan.
Sherdor madrasasi hovlisi. Hurmatli ekskursantlar! Siz bilan Sherdor madrasasining ichki qismidamiz. Hovli o‘lchovi katta bo‘lib, sathi 37x37 metrni tashkil etadi. Hovlining peshayvonidagi moviy sirsopol naqshlari foniga Sherdor madrasasi haqidagi she’r oq harflar bilan yozilgan. Uning tarjimasi quyidagicha: «Lashkarboshi, qo‘mondon, odil Yalangto‘sh! Garchi kamon o‘qidek balandlarga ko‘tarilgan uning kamoloti bo‘lsa bu durlardan terilgan so‘zdir. U shunday madrasa yaratadiki, yer bilan osmon qo‘shilishi birla ularning bo‘ysunish timsolidir. Aql burgutining shiddatli va mohir qanotlarining parvozi, uning cho‘qqilariga yillar ichra yeta olmas. Uning mamnun minoralar cho‘qqisiga g‘aroyib fikrlar arqonida mohir darboz ham asrlar ichra chiqa olmas. Peshtoqning kamonsimon arkini me’mor yaratganda, falaklar uni yangi oyga o‘xshatib lol qoldirar. Garchi Yalangtush Bahodir uning asoschisi ekan, uning asos sanalari Yalangtush Bahodir so‘zlaridan boshlanur». Haqiqatan ham, Yalangtush Bahodir ismidagi harflarni o‘rniga to‘g‘ri keladigan raqamlarni qo‘ysak, Sherdor madrasasi asos solingan hijriy 1028, melodiy 1619-yilni ko‘ramiz.
Ulugbek madrasasi bilan taqqoslaganda Sherdor madrasasining hovlisidagi g‘arb devorlari sirsopol qoplamalaridagi bezaklarida umuman yangicha mavzu qo‘llanilgan. 200 yil davomidagi aynan Samarqand naqshinkor bezaklaridagi o‘zgarishlarni farqlash oson. Naqshlarda ochiq sariq rang ko‘p ishlatilgan. Ulug‘bek madrasasida ochiq sariq rang deyarli ishlatilmagan. Sherdor madrasasining ichki hovlisi katta - katta bo‘laklardan iborat marmar toshlar bilan qoplangan. E’tibor qaratgan bo‘lsangiz tashqaridagi shovqin ichkariga ya’ni, madrasaga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi. Ko‘rib turganingizdek, bino panjara bilan to‘silgan bo‘lib, o‘sha paytlarda hamma madrasalarda dars davomida hamma eshiklar berkitilib, tashqarida shovqin -so‘ron bo‘lib turgan bo‘lsada, ichkarida faqat tinchlik muhiti saqlanishiga alohida e’tibor qaratilgan.
TILLAKORI MAJMUASI (1646-1660-yillar)
Tillakori majmuasi peshtoqi. Hurmatli ekskursantlar! Qarshingizdagi masjid-madrasa Registonning uchinchi tarafida Bahodir Yalangtush farmoniga binoan 1646-1660-yillarda (14 yil davomida) qurilgan, Tillakori nomi bilan atalgan yangi masjid-madrasa binosi hisoblanadi. Binoning bosh tomoni maydon tomonini yopib, Registon maydonining ko‘rinishini mukammalashtirishi lozim edi. Asta-sekin to‘kilayotgan Bibixonim jome’ masjidining holati shunday darajada yomon ediki, unda nomoz o‘qish xavfsiz emas edi. Shuning uchun Tillakori madrasasi va hovlining g‘arb tarafida masjid qurilishi haqida qaror qabul qilindi. Tillakori masjidining qurilishi o‘n yilga yaqinlashganida Yalangtush Bahodir olamdan o‘tadi. Boshlangan qurilishning nihoyasiga yetkazish e’tiborsiz qoldi. Masjid qurilishi oxirigacha yetkazilmasdan, ikkinchi qavat bilan gumbaz berkitilmay qoldi. Registonning qolgan ikki madrasasidan bu madrasa yoni old tomoni yo‘llanmasi, ikki qator peshayvon mavjudligi, burchaklarda minoralar yo‘qligi bilan ajralib turadi. Minoralar o‘rnini moviy gumbazchalar bilan yopilgan chiroq o‘rinli kichik bo‘yli burjlar egallagan. Old tomonida peshayvonlar o‘rnatish uslubi ikki tomondan yopiq o‘lkan devor va arkli peshtoqlar orasida mavjud binoning maydon muhitidagi ma’nosini yanada kuchaytiradi.
O‘ng tomonda Shayboniylar dahmasi, keyin esa Chorsu «Toqi telpakfurushon» ya’ni bosh kiyimlar sotiladigan rastani ko‘rishingiz mumkin.
Hurmatli ekskursantlar keling Tillakori majmuasiga kirsak!
Tillakori majmuasi hovlisi. Hurmatli ekskursantlar! Tillakori majmuasining qurilish va bezak uslublari O‘zbekiston me’morchilik obidalaridagi boy an’analarning biridir. Tillakori masjid-madrasa qurilishining asosiy sababi Bibixonim jom’e masjidining xaroba holatiga aylanganligi va shaharda namoz o‘qish uchun katta masjid kerakligi sababli, aynan shu masjid-madrasa qurilishi Samarqand hokimi Bahodir Yalangtush tashabbusi bilan boshlanadi. Noto‘g‘ri shakldagi to‘rtburchak reja Registon maydoni tarafidan kirish peshtoqi va uchta eshiklardan iborat. Hujralar hovlining uch tarafida va maydon tomonda joylashgan. Masjidning boy naqshlarida tilla suvi yuritilgan va katta o‘rta xonadan iborat (Tillakori so‘zi «tilla bilan qoplangan» degan ma’noga ega) bo‘lib, yana ikkita yonbosh xonalardan tuzilgan, ularning tepasi ark va g‘isht ustunlaridagi gumbazlar bilan yopilgan.
Aytib o‘tganimizdek, masjid-madrasa Samarqand hokimi Bahodir Yalangtush farmoniga binoan quriladi. Ammo, Bahodir Yalangtush vafoti tufayli, Tillakorining qurilishi oxirigacha yetkazilmaydi. Natijada yillar o‘tgan sayin masjid-madrasaning umumiy ko‘rinishida nuqsonlar ko‘payib boradi. Ammo shunga qaramasdan, Tillakori masjid-madrasasi Registon maydonining shakllanishiga bugungi kundagi takrorlanmas ansambl tashkil etilishiga olib keladi.
Hurmatli ekskursantlar! Marhamat endi Tillakori masjid-madrasasining «Tilla bilan qoplangan» deb nom olgan masjidi tomon yo‘l olsak.
Masjid ichi. Hurmatli ekskursantlar! Ko‘rib turganingizdek, biz mahobatli hamda juda ham chiroyli tarzda bezatilgan Tillakori masjididamiz. E’tiboringizni masjidning ichki bezaklariga qaratmoqchiman. Masjid gumbaziga e’tibor qiling, ko‘rib turganingizdek, masjidning gumbazi ustma- ust joylashgan ikkita gumbazdan iborat, Siz hozir ko‘rib turgan gumbaz pastki gumbaz hisoblanib, e’tibor qiling pastdan gumbazga qaraganda uning sirti dumaloq bo‘lib ko‘rinsada, aslida gumbazning sirti tekis hisoblanadi. Masjid gumbazining dumaloq bo‘lib ko‘rinishiga esa bezaklarning markazga qarab kichrayib borishi natijasida erishilgan. Yon devorlarda ko‘rib turganingizdek yulduzsimon muqarnaslar bilan bezatilgan bo‘lib, qubba tomoni bezaklari ham o‘z tuzilishi jihatidan bir kompazitsiyani tashkil etadi. Siz ko‘rib turgan qo‘sh uslubidagi bezak «qubba» deb nomlanib, Makka va Madina tomoniga qaratilgan. Siz ko‘rib turgan zina esa, juma namozi kunlari ishlatilgan. Umuman olganda aynan shu joyga 2 kilogrammga yaqin miqdorda maxsus tilla ishlatilgan.
Samarqandning tabiati noyob va xilma-xildir, undagi turli landshaftlar o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu yerda dam olish uchun har xil dam olish maskanlari, sanatoriylar va bolalar sog’lomlashtirish oromgohlari mavjud. Samarqand viloyatidagi Oqbo’yro qishlog’i inson tabiat qo’yniga sho’ng’ib, shahar shovqinidan chalg’ishi mumkin bo’lgan yorqin misollardan biri hisoblanadi.
Oqbo’yro qishlog’i shahar markazidan 20 km janubda, Zarafshon hamda Ohalik tog’ tizmalari orasidagi kichik vodiyda joylashgan. Samarqandliklar va boshqa hududlardan tashrif buyurgan sayyohlar orasida ushbu joy tabiat qo’ynida dam olish va pikniklar uchun mashhur hisoblanadi.
Oqbo’yro qishlog’ida oilaviy dam olish uchun bir nechta yirik sayyohlik komplekslari mavjud.
Bu kabi maskanlarga tashrif buyurib, siz tabiat go’zalligidan bahramand bo’lishingiz mumkin, toza havoda dam olib, ekologik sof mahsulotlardan tayyorlangan milliy taomlarni ta’tib ko’rishingiz mumkin, Shunigdek, oqar daryo suvida, yoki bo’lmasa yozgi suzish havzalarida cho’milish imkoni mavjud.
Mintaqamizning ushbu qulay maskani har doim boshqa hududlar va mamlakatlardan kelgan mehmonlarni kutib olishdan mamnundir.



3. O`zbekiston bo`ylab sayohat dasturlarida “DINARA TOUR SERVICE” turfirmasining o’rni

Turfirma 2015 yilda tashkil topgan bo’lib ushbu turistik firma Samarqand viloyatida o’z faoliyat yuritishadi. Turfirma asosan O’zbekistonlik mahalliy mijozlar bilan sayohatlar tashkil qilib kelmoqda.


“ Dinara Tour Service” turfirmasi ichki va tashqi turizmga ko’p yillardan buyon o’z hissasini salmoqli qo’shib kelmoqda. Ichki turizm yo’nalishi bo’yicha ham o’z turpaketlarini keng ommaga taqdim etgan holda O’zbekiston bo’ylab va aynan Samarqand shahriga o’z turlarini tashkil etib kelmoqda.

DINARA TOUR SERVICE” turfirmasini bosh direktor boshqaradi. U butun jamoaning ishini tashkil qiladi, kompaniyaning holati va uning faoliyati uchun to'liq javobgarlikni o'z zimmasiga oladi. Kompaniyada menejer yo'qligida menejer funktsiyalarini bajaradigan, shuningdek boshqaruv oldida turgan asosiy vazifalarni bevosita bajaradigan menejer mavjud: xodimlarni umumiy maqsad atrofida birlashtiradi; o'z faoliyatidan o'zini qoniqtirish muhitini yaratadi; xodimlarni tayyorlashni yaxshilaydi. Lavozim ta'rifi rahbarning funktsional majburiyatlari, huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi. U to'g'ridan-to'g'ri sayyohlik agentligi menejeriga hisobot beradi. Menejer vaucherlarni sotishni tashkil etish texnologiyasi, xodimlarni boshqarish asoslari, shuningdek, kompaniyaning tashkiliy tuzilmasi, profili, ixtisosligi va rivojlanish istiqbollari, kadrlar siyosati va korxona strategiyasi bo'yicha maslahat beradi. Keyingi va yakuniy daraja - bu tashkilot tomonidan belgilangan barcha rejalarni bevosita bajaradigan va mahsulot sotish hajmiga qarab, mos ravishda pasayish yoki o'sish yo'nalishi bo'yicha o'zgarishi mumkin bo'lgan uch kishidan iborat ishchi xodimlar. Ularning vazifalari ish majburiyatlari bilan juda keng ta'minlangan: mijozlarni qidirish; mijozlar bilan muzokaralar olib borish; mijozlardan buyurtmalarni qabul qilish; mijozlar bilan shartnoma tuzish; buyurtmani bajarilgunga qadar kuzatib borish. Ushbu bo'lim xodimlari butun kompaniya faoliyatining asosiy natijasini ta'minlaydilar. Menejer va menejerning vazifasi xodimlarning mavjud kontingentini tashkil etish va boshqarish va belgilangan maqsadlarga erishishdir.


Xulosa:
O’zbekistondagi har bir viloyatlarning turistik imkoniyatlarini chuqar tahlil qilish va uning resurslari bo‘yicha mukammal darajadagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
Viloyatlarning turistik resurlaridan yetarli darajada foydalanish yo‘l-yo‘riqlarini ishlab chiqish;
O’zbekiston Respublikasidagi har bir viloyatning turistik infratuzilmasini yanada takomillashtirish va turistik marshrutlar ishlab chiqishni yanada rivojlantirish kabi ishlarni amalga oshirish lozim.
Men o’z o’quv tanishuv amaliyotim davomida shuni chuqur his qildimki hozirgi vaqtda faoliyat yuritayotgan turistik firmalar o’z faoliyatini juda yaxshi yo’lga qo’ya olgan. Aynan men amaliyot o’tagan DINARA TOUR SERVICE turistik firmasi ham Turizm sohasida o’z o’rniga ega va ichki turistlarga yetarlicha xizmat ko’rsatib kelmoqda.
Xulosa o’rnida shuni alohida ta’kidlab aytishim mumkinki ushbu turistik firma faoliyati bilan yaqindan tanishib kelajakda o’zim yirik turoperator bo’lib O’zbekiston Respublikasining turizmini yanada rivojlantirish turizmning barcha turlarini O’zbekiston Respublikasida tashkil etish va hozirgi kunga qadar foydalanilmayotgan turistik obyektlardan samarali foydalanilgan turpaketlar yaratib yurtimiz rivojiga o’z hissamni qo’shaman. Ushbu amaliyot bizga "Bon Root" MChJ sayyohlik agentligining tuzilishi va tashkiliy faoliyatini o'rganishda mavjud bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga, unga bo'lgan qiziqishni rivojlantirishga imkon berdi va shu orqali o'zimizga ushbu kasbni to'g'ri tanlashni aniqlashga imkon berdi.

“DINARA TOUR SERVICE” sayyohlik agentligi yaxshi shakllangan kompaniya bo'lib, turizm bozorida mustahkam turadi, chunki Raqobatbardoshlikka ijobiy ta'sir ko'rsatuvchi va doimiy turistlarga kafolat beradigan ketma-ket 4 yil davomida eng yaxshi sayyohlik kompaniyasi.


“DINARA TOUR SERVICE” sayyohlik agentligi - bu turistik xizmatlarni taqdim etish bozorida ma'lum yutuqlarga erishgan turoperator, ammo shuni ta'kidlash kerakki, sayyohlik agentligi ichki va tashqi turizmni yanada rivojlantirish va chegirmalar dasturini takomillashtirishga e'tibor qaratishlari kerak. Kompaniyaning tashqi va ichki muhitini tahlil qilib, strategiyani amalga oshirishning asosiy vazifasi sayyohlik kompaniyasining kuchli va zaif tomonlarini aniqlab, raqobat muhitini o'rganishdir, degan xulosaga kelish kerak.





Download 28,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish