O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA VA SERVIS INSTITUTI
“TURIZM ” kafedrasi
Malakaviy amaliyoti
HISOBOTI
“DINARA TOUR SERVICE” turistik firmasi ma’lumotlari asosida
MAVZU: O`zbekiston Respublikasining ichki turizmi rivojlanishida Samarqand viloyati hamda “DINARA TOUR SERVICE” turistik firmasining o’rni.
Bajardi: Tft-118-guruh. Isomiddinov Sh
Rahbar: Zohidov F
Samarqand - 2022
REJA:
KIRISH
O’zbekiston Respublikasida turizm sohasining rivojlanish istiqbollari
Samarqand viloyatida turizm sohasi rivoji uchun zarur bo`lgan barcha tabiiy resurslar va tarixiy obidalar
O`zbekiston bo`ylab sayohat dasturlarida “DINARA TOUR SERVICE” turfirmasining o’rni
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Kirish
Bugungi kunda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlardan ko‘zlangan pirovard maqsad mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirishga qaratilgan.
“Turizm – iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, ushbu tarmoqni yanada takomillashtirish zarur, buni davrning o`zi taqozo etmoqda.” – deb O’zbekiston respublikasi prezdenti Sh. Mirziyoyev takidlab o`tganlaridek bugungi kunda turizm iqtisodiyotning asosiy sektori sifatida qaralmoqda1. O‘zbekiston ham sayohat, ham ziyorat uchun qulay mamlakat. Chunki ona zaminimizda butun dunyoga ma’lum va mashhur bo’lgan ajdodlarimiz mangu qo‘nim topgan. Ular qoldirgan boy ma’naviy-madaniy merosga xalqaro maydonda qiziqish juda katta. Sohani yanada rivojlantirish uchun, avvalo, zarur infratuzilmani takomillashtirish shart. Birinchisi, transport, ikkinchisi logistika, deb ta’kidladi Prezidentimiz.
Turizm Samarqand viloyati iqtisodiyotining asosiy yo’nalishlaridan biridir. Viloyatda sayyohlik resusrlaridan samarali foydalanish, ko’rsatilayotgan xizmat turlarni ko’paytirish va sifatini zamon talablariga moslashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar tufayli bugungi kunda Samarqandda 100 dan ziyod mehmonxona va 80 dan ziyod sayyohlik firmasi faoliyat ko’rsatmoqda. Yildan yilga moddiy tehnika bazasi mustahkamlanib, zamon talablari darajasida yuqori sifatli xizmat ko’rsatish imkoniyatlari kengaaymoqda. Sayyohlikning ekologik, sog’lomlashtirish, agro va faol turlarni rivojlantirish, ichki turizmni qo’lab quvvatlash maqsadida viloyat tumanlarida yangi sayyohlik yo’nalishlari ochilmoqda,.
Yurtimizda sodir bo’layotgan turizm sohasidagi bunday yuqori islohotlardan shuni anglash mumkinki so’ngi yillarda turizm sohasiga yurtboshimiz tomonidan ulkan e’tibor qaratilmoqda. Bunday yuksak e’tibordan hozirgi vaqtda yurtimizning barcha hududlarida unumli foydalangan holda turizm sohasini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanilayapti.
Turizm sohasida bugungi kunda yangi dasturlar amalga oshirilmoqda, infratuzilma yaxshilanmoqda va investitsiyalar faol jalb etilmoqda. Turizm va sayyohlik mehmondo'stlik sanoatining ajralmas qismidir.
Amaliy mashg'ulotning maqsadi - nazariy bilimlarni mustahkamlash va ularni amaliy qo'llash uchun kasbiy ko'nikmalarga ega bo'lish.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun qo'yilgan vazifalar quyidagilar:
korxonaning tuzilishi haqida umumiy ma'lumotlar bilan tanishish;
korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini ko'rib chiqish;
korxonani baholash va tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |