Dinamika qonunlari va ishqalanish kuchlari
Reja:
Nyutonning 1-qonuni. Inertlik, inersial sanoq sistemasi.
Nyutonning 2-qonuni. Markazga intilma kuch, markazdan qochma kuch. Impuls.
Nyutonning 3-qonuni
Ishqalanish va ishqalanish turlari.
Nyutonning I-II-III qonunlari. Inertlik, inersial sanoq sistemasi, massa, kuch, harakat miqdori, jism impulsining o’zgarishi,. Inertsiya kuchlari. Ishqalanish kuchlarining namoyon bo’lishi, ishqalanishning turlari, tinchlikdagi ishqalanish kuchi, tayanchning reaksiya kuchi, jismning qiya tekislikdagi harakati, noinersial sanoq sistemasi, noinersial sanoq sistemasida.
Mavzuning maqsadi: O’quvchilarga dinamika qonunlari va ishqalanish kuchlari haqida ma’lumot berish va ularning qo’llanilishnini tushuntirish.
Mavzuning bayoni:
Dinamika jismlarning harakatini u yoki bu xaraktyerdagi harakatlarni yuzaga keltiruvchi sabablar bilan bog’langan holda o’rganadi.
Dinamikaning vazifasi harakatlanayotgan jismga ta’sir etuvchi kuch bilan shu jism massasi orasidagi bog’lanishni aniqlaydi.
1. Nyutonning 1-qonuni. Тezlanishning paydo bo’lish sababini topish uchun tajriba va kuzatishlardan foydalanish kerak. Biroq avvalo jismning qanday sharoitlarda tezlanishsiz harakat qilishini tekshiramiz.
Har qanday jism, harakatda bo’lish yoki tinch turishidan qat’iy nazar, olamda yakka emas. Uning atrofida ko’pgina boshqa jismlar: yaqin va uzoq, katta va kichik, tinch turgan va harakatlanayotgan jismlar bo’ladi. Bu jismlarning ba’zilari, balki hammasi ham, biz tekshirayotgan jismga, uning harakat holatiga qandaydir ta’sir ko’rsatadi. Bu ta’sirning qanday ekanini tajribada kuzatamiz. Quyidagi misolni qarab chiqaylik.
Ipga osilgan sharcha yerga bog’langan sanoq sistemasiga nisbatan tinch turibdi. Sharcha atrofida, turli jismlar bor: sharcha osilgan ip, xonaning devori, undagi va qo’shni xonalardagi ko’pgina buyumlar va Yer ham. Bu jismlarning hammasi ham sharchaga bir xil ta’sir ko’rsatmaydi.
Barcha jismlar Yer ta’sirida pastga tushishni hamma yaxshi biladi. Lekin ip kesilmaguncha sharcha tinch holatda turaveradi. Bu sodda tajriba shuni ko’rsatadiki, sharchaga uning atrofidagi barcha jismlardan faqat ikkitasi: ip va Yer sezilarli ta’sir ko’rsatadi va ularning birgalikdagi ta’siri sharchaning tinch holatda bo’lishini ta’minlaydi. Bu jismlardan birini – ipni yo’qotishimiz bilan tinchlik holati bo’zildi, sharcha tezlanishga ega bo’ladi. Agar biz taranglangan ipning ta’sirini o’zgartirmay, Yerni olib tashlay olsak edi, bu holda ham sharchaning tinchligi buzilgan bo’lar edi: u oldingiga qarama-qarshi tomonga ( yuqoriga) tezlanish bilan harakatlangan bo’lar edi. Bundan biz shunday xulosaga kelamiz. Ip va Yerdan iborat ikki jismning sharchaga ko’rsatadigan ta’siri bir-birini kompensatsiyalaydi.
Biz ko’rib o’tgan misolllardan quyidagi xulosaga kelamiz: agar jismlarning ta’sirlari bir-birini kompensatsiyalasa, jism bu jismlar ta’siri ostida tinch holatda bo’ladi. Bunga o’xshagan ko’p misollar mexanikaning asosiy qonunlaridan biri Nyutonning birinchi qonunini tushunishga yordam qiladi.
Shunday sanoq sistemalari borki, bularga nisbatan ilgarilanma harakatlanuvchi jismga boshqa jismlar ta’sir qilmasa, yoki boshqa jismlarning ta’siri kompensatsiyalansa, jismning tezligi o’zgarmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |